6-Topshiriq mavzu: Qadimgi Hindiston
Download 188 Kb.
|
faqat shu kompyuterda boldi
Jaynizm ta’limoti.
Bu ta’limot miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lib, unga vidaxi (hozirgi Bihar) kshatriylaridan bo‘lgan Vardxamana asos soldi. 28 yoshida u o‘gay ota xonadonini tashlab ketib, o‘rmonda umr kechirdi va tarki dunyo qilib, haqiqatga erishishga intildi. U oddiy hayot tarzidan voz kechib, o‘zini azob-uqubatlarga duchor qilib, ochlik va tashnalik bilan badanini chiniqtirdi. Hindiston viloyatlarida targ‘ibot ishlarini yuritdi va atrofiga ko‘plab muridlar to‘pladi. Hindistonning uzoq o‘lkalarida ham uning ta’limot markazlari paydo bo‘ldi. U 80 yil yashadi. Yangi ta’limot asoschisini Maxavira, ya’ni “buyuk qahramon” yoki Jina - «g‘olib» deb atay boshladilar. Bunday faxriy unvon alohida hurmat e’tiborga sazovor bo‘lgan diniy murabbiylarga berilardi. Yangi ta’limot nomi – jaynizm jina iborasidan kelib chiqdi. Rohiblar kabi hayot kechirgan yangi din namoyondalari qatoriga ko‘p sonli oddiy hayot kechiruvchilar, ya’ni mol – mulki va oilasidan judo bo‘lmagan, jaynizm rasm-rusumlariga amal qiluvchilar qo‘shildilar. Vaqt o‘tishi bilan bu ta’limot Hindistonning nafaqat madaniy, balki ijtimoiy hayotidagi muhim hodisaga aylandi. Jaynizm ta’limotiga ko‘ra butun tabiat jonli. Jaynlar gunohkor odam toshga aylanishi mumkin bo‘lgani kabi, pirovardida tosh ham insonga aylanishi mumkin deb ishonadilar. Boshqa diniy ta’limotlar singari jaynizmning ham asosiy maqsadi diniy qonun-qoidalarni amalda tatbiq etishdan iborat. Tarki dunyochilik tanani bo‘ysundirishdan iborat. Jayn axloq qoidalarining muhim xususiyati – aximsa, ya’ni biror jonzotga ziyon yetkazmaslikdir. Jayn rohibi jonivorlarni o‘ldirish emas, balki nogoh biron hasharotga ziyon-zahmat yetkazmaslikka intildi. Jaynlar, to‘g‘rilik, vazminlik, o‘g‘rilik qilmaslik kabi 28 qoidaga amal qilganlar. Oddiy hayot kechiruvchi aholi ychun bu qoidalar majburiy bo‘lmagan. Guptalar va ulardan keyingi davrlarda budda dini o‘z ta’siri va ahamiyatini asta-sekin yo‘qota boshladi. Buddaviy ibodatxonalar harobaga aylanib, kohinlar ham e’tibordan chetta qola boshladilar. Buddizm shimolda va Kashmirdagina o‘z mavqeini saqlab qolib, Gang vodiysida vishnu va shiva dinlari taraqqiy etdi. Natijada mamlakat hududida yangi din – hinduizm vujudga kelib rivojlandi. Shimolda saqlanib qolgan budda dini ham tobora hinduizm bilan qo‘shilib, yagona dinga aylandi. Yangi din jamiyatda tez tarqaldi. Ibodatxonalarda hind ma’budalari qad ko‘tardi. Hinduizmning ikki asosiy yo‘nalishidan biri vishnuizm bo‘lib, u mauriylar davridayoq tarkib topgan edi. Guptalar davrida bu din yana ham taraqqiy etdi. Bunda yana bir ma’bud – Krishnaga e’tiqod qilina boshlandi. Mazkur diniy ta’limotning boshqa dinlardan farqi – uch ma’budaga birday ibodat qilinishida edi. Bu «uchlik» hindularda «Trimurti» nomini oldi. Ular olamni yaratuvchisi – Brahma, olamni saqlovchisi – Vishnu va vayron etuvchisi – Shiva ma’budalaridir. Vayron qilish – Shivaga xos xislat bo‘lib, ikkinchi tomondan u odamlarni tarkidunyochilik va hayr-ehson qilishga da’vat etadi. Maurilar davridan so'ng, g'isht va toshdan qurilishda keng oydalaniladi. Hozirgacha saqlangan obidalar g'arbiy Hindistondagi budda monastirlari diqqatga sazovor. Yer ustidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida tepalik ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir. Maurilardan so'ng, haykaltaroshlikning mahalliy maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari shimoliy-g'arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi ellin va Rim madaniyati ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar davrida markaziy va sharqiy Osiyoning budda madaniyatiga ta'sir qildi. Madxura va Dekan maktablari Hind tasviriy san'ati an'analari bilan ko'proq bog'langan. Ana shu maktablar asosida o'rta asrlar hind va janubiy-sharqiy Osiyc mamlakatlari madaniyati shakllandi. Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind tasviriy san'atining noyob yodgorligi g'ordagi Ajanta ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi. Monastirlarning ba'zi zallari devorlarida budda afsonalaridan manzaralar tasvirlangan. Ajantadagidek noyob taSvirlarga o'xshash tasvirlar Shri-Lankadan ham topilgan. Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga tegishli bo'lib, asrlar davomida og'zaki shaklda yashab keldi. Aynan muqadJas matnlarni eslab qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika. falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo'ldi. Janubiy Osiyoda Maurilardan so'ng, turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning noyob yodgorliklarni yaratilishiga sabab bo'ldi. I ming yillikning o'rtalarida (shimoliy Hindiston Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo'ldi.
Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling