6-variant 1-topshiriq. Savollarga yozma tarzda javob bering
TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING MUHIM BELGILAR VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Download 0.52 Mb.
|
TARBIYA
1.3. TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING MUHIM BELGILAR VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Innovatsion tarbiya taxnologiyalari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda treninglaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o’qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o’qitish, ish faoliyatini ifodalovchi turli rolli o’yinlar, treninglar, bahs-munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish jarayonida esa tarbiyaviy treninglarning o’rni beqiyosdir. Sababi trening o’tkazish jarayonida o’quvchilarning nutqi o’sadi, tafakkuri rivojlanadi, muloqotga tez kirisha oladigan bo’ladi. Shu sababli trening verbal va noverbal ko’rinishda tashkil etilishi mumkin. Treningni noverbal (so’zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hokazolar) ko’rinishida tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko’z ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi odamlarga xayrixoh bo’lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qilish (tez-tez va maqsadsiz yurishdan qochishi, shuningdek, guruhga o’zi ko’rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo’ladi. Qatnashuvchilarning bosh qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga, xohishi borligiga e’tibor berishi kerak bo’ladi. Trening verbal ko’rinishida tashkil etilsa, guruh rahbari savollarni shunday tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar yordam beradi: “Siz bu haqida nima deysiz?”, “Nimaga?”, “Qanday?”, “Agar…” va hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo’q” deb javob bersa, “Nimaga shunday gapiryapsiz?” deb so’rash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari boshqa qatnashuvchilardan ham so’rash kerak, tasdiqlangan fikrga qo’shiladimi? O’qituvchi trening o’tkazish jarayonida o’z ovozining ohangiga e’tibor berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo’ladi, qatnashuvchilarni ko’proq gapirishga undash kerak. Tarbiyachi o’zining va qatnashuvchilarning so’zga chiqish vaqtini hisoblashi lozim bo’ladi. Hamma savollarga faqat o’zi javob bermasligi, qatnashuvchilar bir-birining savoliga javob berishi mumkinligini unutmasligi lozim. Bahs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg’ulot qatnashchisining muhokama qilayotgan muammoning mohiyatini to’g’ri tushunayotganini aniqlab, keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur bahsga mos kelsa, qatnashuvchilar fikrlarini mustahkamlab, “Bu menga o’tgan yilgi voqeani eslatadi” – deyishi mumkin. O’quvchi sifatlarini tarbiyalashda treninglarning ahamiyati katta. Masalan o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalshda ularning xatti-harakatlaridagi ijobiy o’zaro munosabatlarni to’g’ri tanlay olishida muhim o’rin tutadi. “Muammoli bola” treningni o’tkazish texnologiyasi. Treningning maqsadi: Qatnashuvchilarga muammoli bolalar bilan o’zaro til topishning hamda ular bilan bo’ladiga turli vaziyatlarda yo’g’ri yechimni topishga yordamlashish. Muammoning mohiyatini aniqlashda malakani shakllantirish. Tarbiyaning ba’zi usullari bilan tanishtirish, bolalar va o’smirlar bilan ishlashda ushbu uslublarni to’g’ri tanlashga o’rgatish. Muammoli bolalarning paydo bo’lisg sabablari va yetakchi tarbiyachining ushbu muammoni yechishdagi xatti-harakatlarini to’g’ri aniqlashni o’rgatish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar barkamol shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar o’quvchilarning qiziqishiga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil etiladi. Singdan tashqari ishlar barkamol shaxsdagi ma’naviy madaniyat, ijtimoiy faolligi, ijtimoiy ong hamda axloqiy odarlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, turli konferensiya va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram tadbirlari va hokazolarni o’z ichiga oladi. Innovatsion tarbiya texnologiyalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarda quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Og’zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar. Amaliy ish olib boorish usullari. Turli joylarga sayohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, yosh tabiatshunoslar shanbaliklari. Ko’rgazmali ish usullari. Urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitob yoki rasmlar ko’rgazmalari. Tarbiyaviy ishlar guruh rahbarlaridan butun qobilyatini ishga solishi, tinmay izlanishini taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, ma’nan yetuk, axloqan pok, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim. Sinf rahbarining faoliyati ko’p ma’noli va sermazmundir. U o’zi rahbarlik qilayotgan sinf o’quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o’quv yili davomida nimalar qilish kerakligini o’quvchilar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kasbiy ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. Sinf rahbarining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi ham bu o’rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shunday tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o’tkazadi. Chunki tarbiyachilik qobilyati juda ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yishi, o’quvchilarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, oqil va adolatlilik, vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo etadi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo’shimcha ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik taxnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o’quvchilarni o’zaro bog’lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtayi nazarini hisobga olish, harakatlarni bir markazga birlashtirish, o’zaro aloqalarning to’g’ri bo’lishiga ta’sir o’tkazish va ayni vaqtda o’zining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling