6-variant Organizmning davrlari va ta'rifi, yosh davrlarga ajratish masalasi va bu davrlarga ta'rif?
Download 28.58 Kb.
|
6-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qobiliyat
- 3. Ovqat normasi Ovqatlanish
6-variant Organizmning davrlari va ta'rifi, yosh davrlarga ajratish masalasi va bu davrlarga ta'rif? Aqliy va jismoniy ish qobiliyat? Ovqat normasi? 1.Organizmning davrlari va ta'rifi, yosh davrlarga ajratish masalasi va bu davrlarga ta'rif? Odam yoshini davrlarga ajratilish asosiy sababining poydеvorida barcha organ va sistеmalarning anatomo-fiziologik hususiyatlari va ijtimoiy kritеriyalari ya'ni bolaning yasli, bog`cha va maktabdagi tarbiyalanish sharoiti yotadi. Masalan, yaslida tarbiyalansa, yasli yoshi, bog`chada bog`cha yoshi, maktabda ta'lim olsa, maktab yosh davrlari dеb ataldi. Fanda rus gigiyеnisti N.P.Gundobin tuzib bеrgan yoshlik davrlari sxеmasi qo`llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o`z ichiga bir nеcha yillarni qamrab oladi va har bir davrda o`ziga xos jarayonlar sodir bo`ladi. 1.Ona qornidagi rivojlanish davri. Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas olishi tana harorati va boshqalar bеvosita ona organizmiga bog`liq bo`ladi. 2.Yangi tug`ilgan chaqaloqlik davri. 1 kundan — 10 kungacha (kindik tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mustaqil ravishda nafas oladi. Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi. 3. Ko`krak yosh davri 1 yoshgacha. Bu davr bola hayotidagi katta ahamiyatga ega bo`lgan davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning bo`yiga o`sishi 1,5 marta, og`irligi 3 martaga oshadi, nutq paydo bo`ladi. Qalqonsimon, ayrisimon va gipofiz bеzlarining funktsiyasi kuchayadi. Ba'zi tizimlarning funktsional jihatdan mustahkam bo`lmasligi, jumladan ovqat hazm qilish va nafas olish, bu yoshdagi bolalar orasida oshqozon—ichak kasalliklari va nafas olish organlarining kasalliklarining tarqalishiga olib kеladi. 4. Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr (1-3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi biroz susayadi. So`z boyligi ortadi, o`zligini taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi. 5. Bog`cha yosh davri (3-6, 7 yoshgacha). Bu davrda xotira, fikrlash tasavvur qilish protsеsslari rivojlanadi, intizom paydo bo`ladi, miya po`stlog`i juda ko`p shartli bog`lanishlar vujudga kеla boshlaydi. 6. Kichik maktab yosh davri, (7-12 yosh). Skеlеtning suyaklashuvi davom etadi, tana proportsiyasi o`zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy bеzlarning gormonal ta'siri orta boradi. 7.O`rta maktab yosh davri (12-15 yosh). Bu davrda ikkilamchi jinsiy bеlgilar paydo bo`ladi, tormozlanish va qo`zg`alish protsеsslari muvozanatlashadi, umumlashtirish protsеsslari ortadi. 8. Katta maktab yosh davri yoki balog`at yosh davri. Qizlar uchun 15 –yosh, o`g`il bolalar uchun 15-20 yoshgacha. Bu davrda jinsiy bеzlar kuchaygan bo`ladi, ikkinchi darajali jinsiy bеlgilar rivojlanadi, tananing bo`yiga o`sishi va og`irligining ortishi tеzlashadi. Barcha organ va siеtsmalarning funktsiyasi takomillashadi. Bolaning ruxiy xolati o`zgaradi.
rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o‘sishi va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog‘langandir. O‘sish deganda, tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, yaʻni bo‘yning cho‘zilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola maʻlum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‘sishi (bosh, oyoq, qoʻl suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to‘qima va hujaylarda yaʻni organlarda o‘sish bir vaqtda ayollarda o‘rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda, o‘sayotgan organizm to‘qima, hujayra va organlarining shakllanishi, yaʻni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o‘smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo‘lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo‘lishiga aytiladi. Organizm o‘sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o‘smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o‘tadi. O‘sish bu organizmning miqdor ko‘rsatkichi, rivojlanish esa sifat ko‘rsatkichi, bu ikki jarayon notekislik, yaʻni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Rivojlanishdagi akseleratsiya (lotincha acceles-tezlashtirish) yoki tezlashgan rivojlanish muammosi butun dunyo biologlari, tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilgan. 2. Aqliy va Jismoniy qobiliyatlarningumumiy tavsifiQobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Q. bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Q. shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Q. koʻnikma, malakatssh farq qiladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan Q. aynanlashtiriladi. Q. inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday Q. turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun Q. deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha Q. uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Q.ning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda q. ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Q. umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy q. deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Q. tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Q.ni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, Q.ni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Q.ning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi. Shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida shug’ullanuvchilar harakatlarni va ular bilan bog’liq bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay, o’z jismoniy qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar [18]. Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarini tavsiflash uchun “jismoniy qobiliyatlar” va “jismoniy sifatlar” atamalaridan foydalaniladi. Bu tushunchalar ma`lum ma`noda o’xshash bo’lsalarda, lekin bir xil emaslar. Afsuski, adabiyotlarda mazkur tushunchalarning ta`rifi va o’zaro aloqasi haqida birmuncha qarama-qarshi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta`sirini belgilaydigan funksional tizimlar layoqatining namoyon bo’lish shakllari sifatida tushuniladi, boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imkoniyatlar nazarda tutiladi; uchinchisida qobiliyatlar deganda, organizmning ruhiy-fiziologik va morfologik xususiyatlariga asoslanuvchi rivojlangan tug’ma qobiliyat nishonalari tushuniladi [10]. Jismoniy qobiliyatlar insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta`minlaydigan ruhiy-fiziologik hamda morfologik xususiyatlari majmuasidir [8]. Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifodalash uchun uzoq vaqt "jismoniy (harakatlantiruvchi) sifatlar" degan atama qo’llanilgan. Hozir ayrim mualliflar uni "jismoniy sifatlar" tushunchasining sodda formalastik mazmuni tufayli ilmiy muomaladan chiqarib yuborishni va ularning o’rniga faqat "jismoniy qobiliyatlar" atamasini qo’llashni taklif qilmoqdalar. Shunga qaramay, kundalik nutqda va ilmiy-usuliy adabiyotlarda mazkur atama ancha keng tarqalgan. Shuning uchun, ehtimol, bu ikki tushuncha orasidagi o’xshash va farqli tomonlarni aniqlash, ulardan foydalanish vaziyatlarini belgilab olish o’rinlidir [11]. Eng avvalo, qayd etib o’tish kerakki, "sifat" tushunchasi har doim biron-bir narsaga nisbatan qo’llanilib, uning boshqa narsalardan farqlab turadigan, mohiyatiga xos belgisini ifodalaydi, xususan, buyum, xom-ashyo, oziq-ovqat mahsuloti, hayot sifatlari, shaxsning, bilimning sifati va hokazo haqida shunday gapiriladi. Jismoniy tarbiya sohasida ham bu atamadan xuddi shu ma`noda foydalanish lozim [18]. Demak, insonning jismoniy sifatlarini uning harakat imkoniyatlariga xos ba`zi xususiyatlar singari jismoniy qobiliyatlar namoyon bo’ladigan u yoki bu shakllarga nisbatan qo’llab tekshirish, ya`ni ular to’g’risida amalga oshirib bo’lingan qobiliyatlar asosida fikr yuritish mumkin [11]. Inson sifat jihatidan bir-biridan farq kiluvchi turli-tuman qobiliyatlar egasi bo’lishi mumkin. Aynan shu turli jismoniy qobiliyatlarning sifatiy o’ziga xosligi uning jismoniy sifatlari to’g’risida guvohlik beradi. Turmushda, jismoniy tarbiya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlar "kuchli", "tezkor", "chakqon", "egiluvchan" degan iboralarda o’z aksini topgan. Bu sifatlarning hayotdagi ahamiyati ularni ayirib ko’rsatish mezoni hisoblangan. Aslida, jismoniy sifatlar alohida jismoniy qobiliyatlarning erishilgan darajasi, ularning aniqligi, o’ziga xosligi, ahamiyati ifodasi sanaladi. Masalan, insonning kuch qobiliyatlarini olaylik. Ular mushaklarning zo’riqish darajasi yuqori, qisqarish tezligi esa nisbatan uncha katta bo’lmagan kuch mashqlarida namoyon bo’ladi. Asli kuch qobiliyatlari "sust kuch'', "siquvchi kuch", "statik kuch" kabi kuch sifatlarini tavsiflaydi. Tezlik-kuch qobiliyatlari mushaklarning jiddiy zo’riqishi va ularning yuqori qisqarish tezligini talab etuvchi mashqlarda yuzaga chiqadi. Tezlik-kuch qobiliyatlarining rivojlanishi, eng avvalo "portlovchi" kuch deb ataladigan sifatda aks etadi [8]. Yuqorida tilga olingan kuch sifatlari insonning kuch qobiliyatlarini yaxlit tarzda aniqlash va farqlashga imkon beradi. Xuddi shunday boshqa jismoniy qobiliyatlarning ham sifat tafovutlarini ifodalash mumkin. Jismoniy qobiliyatlar va sifatlar orasida ko’p ma`noli bog’liqlik bor. Bir xil qobiliyat turli jismoniy sifatlarni namoyon qilishi, turli qobiliyatlar esa ulardan faqat bittasini tavsiflashi mumkin. Masalan, «epchil» sifati asosida ko’pgina qobiliyatlar: muvofiqlash, tezkorlik , kuch va boshqalar yotadi. Tezlik-kuch qobiliyatlari faqat «kuch» emas, «tezkorlik» sifatida ham o’z aksini topadi [11]. Shunday qilib, insonning jismoniy sifatlari jismoniy qobiliyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli harakatlar chog’ida ularning namoyon bo’lish xususiyatlari bilan belgilanadi, jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish va namoyon bo’lish darajasiga bir tomondan atrof-muhit omillari (turmushning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, iqlimiy va geografik sharoit mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning moddiy ta`minlanganligi, ularni rivojlantirish uslubiyati va h.k.), ikkinchi tomondan esa organizmning turli ta`sirlarga o’ziga xos reaksiyasi bilan bog’liq bo’lgan irsiy omillar («motor» qobiliyat nishonalari) ta`sir o’tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizmining anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida "motor nishonalar" organizmning moslashish o’zgarishlari asosida takomillashib, tegishli jismoniy qobiliyatlarga aylanadi [10]. Ta`kidlash zarurki, "motor nishonalar" ko’p funksiyali bo’lib, mushak faoliyati sharoitlariga qarab u yoki bu yo’nalishda rivojlanishi va u yoki bu shakldagi jismoniy qobiliyatlar rivojini ta`minlashi mumkin. Bunday shakllar harakat faoliyati turlari qancha bo’lsa, shuncha ko’p bo’lishi mumkin, chunki ularning har biriga o’ziga xos tuzilish, harakatlarning maqsadli yo’naltirilganligi, mushaklar muvofiqlashi, organizm faoliyati rejimi hamda uning quvvat bilan ta`minlanishi kabi xususiyatlar xosdir. Shu sababli ham organizmdan chidamlilik yoki harakatlar tezkorligini rivojlantirishga javobgar bo’lgan qandaydir alohida mexanizmlarni izlash befoyda. Ularning takomillashuvi asosida inson organizmining morfofunksional ixtisoslashuviga olib keladigan moslashtiruvchi ta`sir, butun bir adaptiv reaksiya yotadi. Morfofunksional qayta qurishlar organizmni to’laligicha qamrab oladi. Biroq bu eng ko’p darajada va birinchi navbatda asosiy ish yuklamasini ko’taradigan mushak guruhlari hamda ularning ish qobiliyatini ta`minlovchi fiziologik tizimlarga taalluqlidir. Funksional ixtisoslashuvning bunday tanlash xususiyati, asosan, organizmning ma`lum faoliyat sharoitidagi ish rejimiga, uning yaqqol namoyon bo’lish darajasi esa jismoniy yuklamalarning shiddati va hajmiga bog’liq [8]. Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajratish qabul qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat faoliyatining har xil turlarida xilma xil shakllarda namoyon bo’ladi. 3. Ovqat normasi Ovqatlanish — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri O. barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda O. rejimi davo shartlaridan hisoblanadi (qarang Parhez bilan davolash). Ovqat organizmning uygʻun ravishda rivojlanishi hamda bir meʼyorda ishlab turishini taʼminlay oladigan boʻlishi kerak, buning uchun ovqat ratsionining miqdori va sifati, kishining kasb-kori, yoshi, jinsiga tegishli ehtiyojlarga monand kelishi lozim. Organizmning fiziologik ehtiyojlari turli shart-sharoitlarga bogʻliq. Bularning koʻpchiligi doimo oʻzgarib turadi. Shu sababli hayotning har bir fursati uchun aniq toʻgʻri keladigan ovqat boʻlishi amalda mumkin emas. Biroq odamda maxsus regulyator (bosh-qaruv) mexanizmlar boʻlib, ular maz-kur paytda oʻziga kerakli miqdordagi zarur oziq moddalarni yeyilgan ovqatdan ajratib oladi va oʻzlashtiradi. Lekin organizmdagi moslashtiruvchi regulyator qobiliyatlarning ham maʼlum chegarasi bor; bolalar va keksalarda ular ancha cheklangan. Bundan tashqari, bir qancha oziq moddalar, mas, vitaminlar, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarni (qarang Oqsillar) odam organizmi moddalar almashinuvi jarayonida hosil qila (sintezlay) ol-maydi. Bu moddalar organizmga ovqat bilan tayyor holda kirib turishi kerak, aks holda sifatsiz O. natijasida kasalliklar paydo boʻladi. O. jarayonida organizm hayot faoliyati uchun muhim oziq moddalar (oqsil, yogʻ, uglevod, vitaminlar, mineral tuzlar)ni olib turadi. Bular esa oʻzlash-tirilishi jarayonida organizmning energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirib boradi. Biror xil oziq-ovqat maxsu-loti organizmda oʻzlashtirilganida ajralib chiqadigan energiya miqdori shu mahsulotning kaloriyasidir. Turli oziq moddalar va energiyaga boʻlgan ehtiyoj odamning yoshi, jinsi hamda mehnat tarziga qarab har xil boʻladi. Mehnat faoliyati harakterini hisobga olgan holda ovqat ratsionini toʻgʻri tuzish uchun ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi mutaxassis olimlar katta yoshdagi kishilarning hammasini 4 gu-ruhga boʻlishadi. Birinchi guruhga jis-moniy kuch sarf qilmaydigan yoki kam jismoniy kuch sarflab ishlaydigan kishilar: akliy mehnat xodimlari, ishda asabiga zoʻr keladigan xodimlar; boshqarish pultlarining xodimlari: dispetcherlar, barcha xizmatchilar ki-radi. Ikkinchi guruhga mexanizatsiyalashtirilgan korxona xodimlari va jismoniy zoʻriqmasdan ishlovchi xodimlar: hamshiralar, sanitarkalar, sotuvchi, aloqachi, tikuvchi, avtomatlashtirilgan jarayonlarda band ishchilar va boshqa kiradi. Uchinchi guruhga meh-nat sharoitlari qisman mexanizatsiyalashtirilgan korxonalar va xizmat koʻrsatish sohasida ancha jismoniy kuch sarflab ishlaydigan xodimlar, sta-nokchi, toʻquvchi, poyabzalchi, metro poyezdi, avtobus, tramvay, trolleybuslarning haydovchilari, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari (maʼmuriy boshqarma apparatidan tashqari) va boshqa kiradi. Toʻrtinchi guruhga yarim mexanizatsiyalashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilmagan korxonalarda oʻrtacha ogʻir va ogʻir mehnat qiladigan xodimlar: kon ishchilari, shaxtyorlar, yuk avtomobillari haydovchilari, metallurglar, temirchilar, qishloq xoʻjaligi xodimlari va mexanizatorlar, yogʻoch tayyorlashda band boʻlgan ishchilar va boshqa kiradi. Ovqat ratsionini toʻgʻri tuzish uchun, albatta, oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini bilish lozim. Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ovqatda oqsillar yetishmasa, organizm yukumli kasalliklarga koʻproq moyil boʻlib qoladi, qon yaratilishi susayadi, oʻsib kelayotgan orga-nizmning rivojlanishi sekinlashadi, nerv sistemasi, jigar va boshqa aʼzolar fa-oliyati buziladi, ogʻir kasalliklardan keyin hujayralarning tiklanishi qi-yinlashadi, shuningdek, ratsionda oqsillarning ortiqcha boʻlishi ham organizmga ziyon. Ovqatlanishning Oʻzbekistonda qabul qilingan fiziologik meʼyorlarida ratsiondagi umumiy kaloriyalarning 14% chasi oqsillar hisobiga qoplanadigan boʻlishi tavsiya etilgan. Oʻsimlik mahsulotlari — don, dukkaklilar, kartoshka va boshqa organizmni oqsillar bilan taʼminlab turadigan qimmatli va muhim manbadir. Goʻsht va balikda boʻladigan azotli estraktiv moddalar ovqatlanishda juda muhim ahamiyatga ega. Goʻsht va baliq shoʻrvalarida ekstraktiv moddalar mavjudligi koʻproq hazm shiralari ishlanib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi. Uglevodlar. Normal hayot faoliyati uchun zarur energiyaning yarmidan koʻprogʻini odam organizmi uglevodlardan oladi. Ular, asosan, oʻsimliklardan oldinadigan mahsulotlarda boʻladi. Uglevodlar non, yormalar, kartoshkada kraxmal va qand holida, qandolat mahsulotlari, shirin mevalarda esa qand holida koʻp uchraydi. Nerv sistemasi, muskullar, yurak, jigar va boshqa aʼzolar faoliyatida uglevodlar muhim rol oʻynaydi. Yormalar, makaron yoki dukkaklilardan tayyorlangan, kartoshka yoki sabza-votlardan pishirilgan taom va garnirdan kuniga ikki mahal yeb turish, 400— 500 g non va 90—100 g atrofida qand hamda shirinliklar isteʼmol qilish katta yoshli odamning uglevodlarga boʻlgan sutkalik ehtiyojini bemalol krndiradi. Oʻsimlik mahsulotlarida organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan uglevodlar bilan birga oziq hisoblanmaydigan uglevod — kletchatkalar ham boʻladi. Kletchatka taxminan 25% miqdorida oʻzlashtirilib, ovqat ratsionida energiya manbai sifatida amaliy ahamiya-ti yoʻq. Biroq u ichakning normal ishlashiga yordam beradi: ichak devorlariga taʼsir etib, ularni harakatga kel-tiradi — ichak peristaltikasini qoʻzgʻatadi. Kletchatkasi yoʻq ovqat yeyil-ganda peristaltika susayib ich krti-shi mumkin. Kishi har kuni sariq magʻiz bugʻdoy non, javdar non, sabzavotlardan ta-novul qilib turishi kerak, Hoʻlligi-cha va xomligicha yeyiladigan sabzavot va mevalar juda foydali, shuningdek, ularda pektin moddalar ham bor. Bu moddalar uglevodlar toifasidan boʻlib, oziqdi qimmatga ega. Ularning ovqat hazm boʻlishidagi asosiy ahamiyati peristaltikani kuchaytirib, ichakning yaxshiroq boʻshalib turishiga yordam berishidir. Yogʻlar organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan tayyor yonilgi materialidir; ular organizm tomonidan oqsillar, baʼzi mineral tuzlar, shuningdek, yogʻda eriydigan vitaminlarning normal oʻzlashtirilib borishi uchun ham zarur. Ovkat ratsionida yogʻlar boʻlishi taomning mazasini yaxshilay-di va ishtahani ochadi. Ovqat bilan birga qabul qilinadigan yogʻlar organizmda qisman yogʻ zaxirasi hosil qilishga sarflanadi. Yogʻlarga boʻlgan ehtiyojning qondirilishi yogʻning turi va sifatiga bogʻliq. Hayvon va oʻsimlik yogʻlari bir-birining oʻrnini bosa oladi. Ovqat ratsionidagi yogʻlar meʼyori odamlarning yoshi, mehnat faoliyati va iklimiy xususiyatlarga qarab belgilanadi. Oʻzbekiston aholisi uchun taklif etilgan ovqat meʼyorlarida kaloriyalarning 30% ini yogʻlar hisobiga qondirish koʻzda tutilgan. Sutkalik ovqat ratsionidagi yogʻlarni normalashda har 1000 kkal ga 35 g yogʻ moʻljallanadi. Ovqat ratsioniga kiradigan yogʻlarning sifat tarkibi maʼlum ahamiyatga ega. Ovqatga har xil hayvon, parranda va baliqlar yogʻi, shuningdek, oʻsimlik moyi qoʻshish foydali. Kunlik ratsionda 70—85 g cha hayvonlar yogʻi (shulardan, 40 grammi tabiiy holda, qol-gani har xil oziqovqat, tabiiy mah-sulotlar tarkibida) boʻlishi lozim. Ovqat ratsioni tarkibiga baʼzi yogʻsi-mon moddalar — xolesterin va letsitin ham kiradi. Hayvonlar yogʻi, tuxum sarigʻi, baliq tuxumi (uvildiriq), miya, jigar, buyraklarda koʻp miqdorda boʻladigan xolesterin organizmning hayot faoliyatida, xususan, nerv sistemasi faoliyatida katta rol oʻynaydi. Letsitin tarkibida fosfor va xolin borligi tufayli bu modda xolesterinning biologik antago-nisti hisoblanadi. Letsitin oʻsib kelayotgan organizmning rivojlanishi, kon yaratilishini stimullaydi, nerv sistemasi, jigar faoliyatiga foydali taʼsir koʻrsatadi, organizmning zaharli moddalarga koʻrsatadigan qarshiligini kuchaytirib, yogʻlarning singishini yaxshilaydi, aterosklerozning paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Grechixa yormasi, salat, bugʻdoy kepagi tarkibida talaygina letsitin bor. Qon va toʻqimalarda normal miqdorda suyukdik saklab turish uchun osh tuzi boʻlishi shart, u siydik ajralib chiqishiga, nerv sistemasi faoliyatiga, qon aylanishiga taʼsir qiladi, meʼda bezlarida xlorid kislota hosil boʻlishida ishtirok etadi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha toʻqimalar tarkibiga kiradi va organizmning hayot faoliyati jarayonida toʻxtovsiz sarflanib boradi. Odam xilma-xil ovkatlar isteʼmol qilsa, organizmning mineral tuzlarga boʻlgan ehtiyoji toʻla-toʻkis qondirib boriladi. Bunday tuzlar orasida osh tuzi mu-him oʻrin tutadi. Kon va toʻqimalarda normal miqdorda suyuklik saklab turish uchun osh tuzi boʻlishi shart, u siydik ajralib chiqishiga, nerv sistemasi faoliyatiga, qon aylanishiga taʼsir qiladi, meʼda bezlarida xlorid kislota hosil boʻlishida ishtirok etadi. Suyak skeleti odam gavdasi ogʻirligining taxminan 1/2—1/3 qismini tashkil etadi, suyaklarning 2/3 qismi esa mineral tuzlardan tashkil topgan. Odam organizmida boʻladigan jami kalsiyning 99% suyak toʻqimasi tarkibiga kiradi: qolgan 1% kalsiy moddalar almashinuviga taalluqli xil-ma-xil jarayonlarda ishtirok etadi. Kalsiy tuzlari deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarida bor, lekin odam organizmi ularni hamma mahsulotlardan ham oʻzlashtirib olavermaydi. Orga-nizmni zarur miqdorda kalsiy tuzlari bilan taʼminlab turish uchun ovqat ratsioniga tarkibida organizmga yaxshi singadigan kalsiy koʻp mahsulotlar: sut va sut mahsulotlari, pishloq, tu-xum sarigʻi va boshqalarni qoʻshish kerak. Fosfor suyak toʻqimasining hosil boʻlishida ishtirok etish bilan birga, bu-tun organizmning hayot faoliyatida ham muhim oʻrin tutadi. Nerv toʻqimasi tar-kibiga koʻpgina miqdorda fosfor ki-radi, shuning uchun u nerv sistemasining normal ishlab turishida katta ahamiyatga ega. Deyarli barcha oziq-ov-qat mahsulotlarida fosfor tuzlari bor, yongʻoq, non, yormalar, goʻsht, miya, jigar, baliq, tuxum, pishloq, sutda fosfor koʻp. Magniy tuzlari yurak-tomir siste-masining normal ishlab turishini taʼminlaydi. Bu tuzlar keksa kishilarga ayniqsa zarur, chunki organizmdan ortiqcha miqdor xolesterinni chiqarib tashlashga yordam beradi. Magniy tuzlari kepakda, jaydar undan yopilgan nonda, grechixa, arpa yormalarida, dengiz baligʻida koʻp. Kaliy tuzlari yurak-tomir sistemasining normal ishlab turishini taʼminlashda ayniqsa muhim, chunki u siydik ajralishini kuchaytiradi. Yurak kasalliklari, gipertoniya ka-salligi bilan ogʻrigan kishilarga qovoq, tarvuz, olma, bargak, mayiz yeb turish tavsiya etiladi, chunki ular tarkibida talaygina kaliy tuzlari bor. Organizmning temir va misga boʻlgan ehtiyoji juda kam, sutkasiga grammning mingdan bir ulushiga toʻgʻri keladi, lekin bu elementlar kon yaratilishida muhim rol oʻynaydi; yodga boʻlgan ehtiyoj ham nihoyatda kam, lekin oziqovqat mahsulotlarida yod boʻlmasa, qalqonsimon bez faoliyati buzilib, endemik buqoq kasalligi vu-judga keladi. Mikroelementlarga ki-radigan kobalt tuzlarining qon yara-tilishida roli katta; kobalt vitamin V2 tarkibiga kiradi. Noʻxat, lavlagi, kizil smorodina, qulupnayda kobalt tuzlari koʻp boʻladi. Suv oziq moddalarning organizmda sarflanishida energiya hosil qilmasa ham, lekin suvsiz hayot yoʻq. Ovqat ratsionida zarur miqdorda suyuklik boʻl-sa, ovqatning hajmi (ogʻirligi) ke-rakli darajaga yetadi va toʻyganlik hissi vujudga keladi. Suvga boʻlgan sut-kalik ehtiyoj gavda ogʻirligining har1 kg vazniga 35—40 ml ni, yaʼni taxminan 2,5 l ni tashkil etadi. Shu normaning talaygina qismi (1 l ga yaqini) oziq-ovqat mahsulotlarida boʻladi. Kishining suvga boʻlgan ehtiyoji iqlim sharoitlariga va jismoniy ishning ogʻirengilligiga bogʻliq. Download 28.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling