Uzluksizlik va Akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi
Download 14.7 Kb.
|
1-savol. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari Javob.O’shish deganda tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm o’lchamlarining ortishi, yani bo’yning cho’zilishi, og’irlikning ortishi tushuniladi.O’sish bir vaqtda ayollarda o’rtacha 18-19 yosh- gacha ,yigitlarda 19-20yoshgacha tugallanadi.O’sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi kuzatiladi.Bu rivojlanish jarayonidir.Rivojlanish deganda o’sayotgan organizm to’qima,hujayra va organlarning shakllanishi, yani bola organizmi hujayralarining takomillashib,o’smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo’lishiga aytiladi.O’sish bu organizmining miqdor ko’rsatkichi rivojlanish esa sifat ko’rsatkichi bo’lib bu 2 jarayon notekislik yani Geteroxroniya, uzluksizlik va Akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. 2-savol.Turli yosh davrlarining ta’rifi Javob:Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi.Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan:1.Ona qornidagi rivojlanish davri.2.Yangi tug’ilgan davri {bu davr 2-3 haftani } 3.Chaqaloqlik davri {1 yoshgacha} 4.Yasli yosh davri{1-3 yoshgacha} 5.Maktabgacha yosh davri{3-7 yoshgacha} 6.Kichik yosh maktab davri 7-12 yoshgacha 7.O’rta maktab yosh davri 8.Yuqori maktab yoki o’spirinlik davri{qiz bolada 13-18 yosh ,o’g’il bolada 19-20 yosh oralig’i} va boshqa davrlarga ham bo’linadi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki inson tug’ilganidan to vafot etganga qadar turli yosh davrlari bo’yicha o’zgarishlarni boshdan kechiradi. 3-savol.Nerv tolasining xususiyatlari Javob: Nerv sistemasi asosan tashqi muhitdan ,ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi.Nerv sistemasi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog’lab , organizmning bir butunligini ta’minlaydi.Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi.Nerv tolasining asosiy xususiyati o’ta qo’zg’aluvchanlik va labillilik, moddalar almashinuvining sekin borishi ,nisbatan charchamaslik hisoblanadi. 4-savol.Shartli va shartsiz reflekslar Javob:Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi.Ichki va tashqi muhit ta’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi REFLEKS deb ataladi.Tashqi ta’sirlar eng avvalo o’ta sezgir periferik nerv uchlari – retseptorlar orqali qabul qilinadi.Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko’rsatiladigan xilma-xil reflektor reaksiyalar shartli va shartsiz reflekslarga bo’linadi.Shartsiz reflekslar tug’ma bo’lib ,evolutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o’tadi. Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo’lib hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi.Shartli reflekslar hosil bo’lishi uchun ma’lum sharoit bo’lishi shart. Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari ishtirokisiz ham hosil bo’lishi mumkin,lekin shartli reflekslarning hosil bo’lishi uchun orqa miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko’proq bosh miya katta yarimsharlari ishtirok etadi.Shartli reflekslar organizmning tashqi muhitga moslashishida muhim ahamiyatga ega , ular hayot mobaynida tormozlanib , yangilari hosil bo’lib turadi. Download 14.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling