60 metr yoki 100 metrga yugurish Reja: Start paytida oyoqlar holati


Download 24.65 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi24.65 Kb.
#141933
Bog'liq
60m. yoki 100 m.ga yugurish


Aim.uz

60 metr yoki 100 metrga yugurish

Reja:

  1. Start paytida oyoqlar holati.

  2. ,,Diqqat!“ buyrug‘i berilgach, sportchi.

  3. ,,Marsh!“ buyrug'iga binoan, yuguruvchi.

Start paytida oyoqlar yaxshi tiralishi uchun start tirgagichi yoki kolodkalari qo‘llaniladi Gavda uzunligi va yuguruvchining yugurish texnikasini qancha o‘zlashtirilganligiga bog‘liq holda oldingi tirgagich (kuchli oyoq uchun) start chizi- g‘idan 35—45 sm masofada o‘rnatiladi (1—1,5 panja), orqadagisi esa 70—85 sm (yoki oldingi tirgagichdan boldir uzunligi oralig‘ida). Ayrim yuguruvchilar tirgagichlar orasidagi masofani bir panja qisqartiradilar: a) oddiy start, ya’ni bunda oldingi tirgagich orqaga siljitiladi: b) cho‘zilgan start yoki orqadagi tirgagich oldingisiga yaqinlashtiriladi; d) yaqinlashtirilgan start. Start tirgagichlari, yugurishni boshlash paytida ikki oyoq bilan bir vaqtda depsinishni ta’minlaydi. Oldingi tirgagichning tayanch maydoni 45°—50° burchak ostida, orqasidagisi esa 60°—80°ga egilgan bo‘ladi. Tirgagichlarning o‘qi o‘rtasidagi masofa (eniga), odatda, 18—20 sm ga teng bo‘ladi. Burilishda start tirgagichlarining — joy- lashishi (200, 400 m yugurish) Bunday holatlarda, tirgagichlar yo‘lak- chaning tashqi cheti (burilishga tegadigan yoni)gajoylashadi.Past start shunday ketma-ketlikda bajariladi. Bunda tirga- gichlar o‘rnatilib, yuguruvchi 2—3 m orqaga ketadi va bor diq- qatini oldinga yugurishga qaratadi. ,,Startga!“ buyrug‘iga binoan, tirgagich yoniga kelib o‘tiradi va qo‘llarini yo'lakchaga qo‘yadi. So'ngra nisbatan zaif oyoqlarini orqadagi tirgagichning tayanch maydoniga tiraydi, boshqa oyoq kafti oldingi tirgagichga va orqada turgan oyoq tizzasiga qo'yiladi. Oxiri, qo‘llami start chizig'i orqa- siga yelka kengligida yoki biroz kengroq qilib qo‘yiladi. Start chizig‘idagi qo‘llar bosh, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarga tayanadi, bosh barmoqlar bir-biriga qaratiladi hamda qo‘llar tirsakdan to‘g‘rilanadi. Bosh to‘g‘riga qara­tiladi, gavda og'irligi qisman qo'llarga tushiriladi.



,,Diqqat!“ buyrug‘i berilgach, sportchi oyog‘ini yozadi, tiz- zasini yerdan va tosini ko‘taradi hamda yelkasini biroz oldinga chiqaradi Gavda og‘irligining asosiy qismi qo'llarga o'tkaziladi, oyoq kafti tirgagichga kuchli tiraladi. Gavda oldinga yengilgina egilgan, bosh pastga tushirilgan bo‘lib, past- oldinga qarab turadi. Yuguruvchi bu holatning navbatdagi buyruqqacha saqlab turishi shart. Oyoq uchi hamda qo‘l barmoqlari





start oluvchining yo‘lakcha chizig‘iga tegib turishi zarur. ,,Diqqat!“ buyrug'i o‘rtasidagi oraliq vaqt va yugurishni boshlash ishorasi uchun qoida chegaralanmagan. Oradagi vaqtda start beruvchi tomonidan belgilanadi. Bu esa yuguruvchiga start ishorasini his etib, diqqatni bir joyga to‘plash mas’uliyatini yuklaydi.



,,Marsh!“buyrug'iga binoan, yuguruvchi oyoqlari bilan shiddatli depsinadi va qo'llarini tirsakdan bukib, harakatni tez bajaradi (37- rasm). Depsinish o‘tkir burchak ostida amalga oshiriladi. Startdan cjiiqish paytida harakat o‘ta tez bajariladi.

Start yugurishi birinchi 10—14 yugurish qadamida bajariladi. Masofaning bu bo‘lagida yuguruvchi katta tezlikda harakatlanishi kerak. U depsinib, birinchi ikki-uch qadamda oyoqlarini juda tez to‘g‘rilashga intiladi, chunki kaftlar yo‘lakchada uncha yuqori ko‘tarilmasligi kerak. Qadam uzunligi asta-sekin oshib boradi. Birinchi qadamning uzunligi 4,5—5 kaftga teng bo‘ladi, beshinchi qadam —oltinchi qadam — 5,5 kaftga to‘g‘ri keladi. Demak, qadamlar 8—9 kaftgacha oshib boradi. Qadam uzunligi, ko‘pincha, yuguruvchining individual xususiyatlariga ham bog‘liq, ya’ni u oyoq kuchiga, gavda uzunligiga, jismoniy tayyorgarligiga bog‘liq bo'ladi va u tezkor qadam uzunligi doimiy birday bo‘lishi bilan yakunlanadi. Bu yaxshi yugurish qadami hisoblanadi. Chunki qadam uzunligi yuguruvchining gavda uzunligidan 30—40 sm oshadi. Gavda asta- sekin to‘g‘rilanib boradi, qo‘l harakatlari zarur tezlikni oladi.







Tayanch so’zlar.

Yurish


Yugurish

Sakrash


Dеpsinish
Adabiyotlar.

T.Usmonxo’jayev,B.Yusupov,J.Akromov,“Jismoniy tarbiya”O'qituvchi Nashriyot ijodiy uyi. Toshkent - 2008 yil."Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari"T.S.Usmonxo'jayev F.Xo’jayev"O'qituvchi"Nashriyot ijodiy uyi.Toshkent-1996yil "Jismoniy tarbiya" T.S.Usmonxo'jayev "O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi

Download 24.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling