603-a guruh talabasi Jo’rayeva Zuhra
Download 16.77 Kb.
|
603-A.Joraeva Zuhra.1-mavzu
603-A guruh talabasi Jo’rayeva Zuhra № 1 Мавзу Назорат саволлари 1. Жисмоний ривожланиш нима? 2. Жисмоний ривожланишни аниқлаш ва баҳолаш усуллари? 3. Жисмоний ривожланиш кўрсаткичлари? 4. Антропометрия нима? 5. Антропоскопия нима? Javoblar: 1.Jismoniy rivojlanish – bu individni tekshirish davridagi morfo-funksional ko‘rsatkichlar yig‘indisi. Jismoniy rivojlanish tana shakli va faoliyatining o‘zgarishi jarayoni sifatida asta sekinlik bilan, lekin turlicha kechadi. Uning yuqori tempi 18-20 yoshgacha kuzatiladi. 2. Odamning jismoniy rivojlanishi hayot davomida o‘zgaradi. Jismoniy rmvojlanishning asosiy o‘zgarishi bolalik, balog‘at va o‘smirlik davrlarda asosan 18 yoshgacha namoyon bo‘ladi. Jismoniy rivojlanishning o‘zgarishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: Endogen (ichki) ta’sirotlar nasl, irsiyat, konstitutsional xususiyatlar, tug‘ma nuqsonlar. Atrof-muhit yoki tabiat ta’sirotlari muhit, ekologiya, suv-tog‘, o‘rmonlar Ijtimoniy-iqtisodiy ta’sirotlar (ijtimoiy-iqtisodiy omil, yashash sharoiti, ovqatlanish va kun tartibi, ovqatlanish ratsioni, mehnat faoliyati, ma’naviy yetukligi.) Sport bilan shug‘ullanish, boshdan kechirgan kasalliklar. Pedagogdan jismoniy rivojlanishni aniqlash va uni to‘g‘ri baholash talab etiladi, chunki uning shug‘ullanuvchidagi o‘zgarish dinamikasi o‘quv-pedagogik jarayonning to‘g‘ri tashkillantirilishi haqida baho beradi. Jismoniy rivojlanishni tekshirish usullariga: Anamnez (so‘rab-surishtirish), tekshiriluvchining hayoti va sport faoliyati haqida so‘rab-surishtiriladi. 2. Somatoskopiya (tashqi ko‘rik). Somatoskopiya so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, somato-shaxs, skopiya-ko‘rish degan ma’noni anglatadi. Tashqi ko‘rik yordamida tana o‘lchamlarning mutanosibligi, tana tuzilishning konstitutsional turlari, qaddi-qomat va tayanch- harakat apparatining hususiyatlari aniqlanadi. Qo‘shimcha usullari: fotografiya, rentgenografiya, kifoskoliozometriya- umurtqa pog‘onasini egilmalarini aniqlash, goniometriya – bo‘g‘imda harakat burchagini aniqlash. 3. Salomatlik holati va odamning jismoniy rivojlanishning ko’rsakichi- bu shunday omillardan biri bo‘lib, odamning jismoniy mashqlar bilan shug‘illanish xususiyatlarini ifodalab beradi. Tana tuzilishi va tayanch-harakat apparatining holati-shaxsni qaysi sport turi bilan shug‘ullanishi mumkinligini, tanlashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 4. Antropometriya- odam gavdasining morfologik belgilarini o‘lchab aniqlash. Antropos- odam, metriya-o‘lchash, ma’nosini bildiradi. U odam organizmi aʼzolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va h. k.) oʻzgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan maʼlumotlar organizm ning ayrim boʻlaklari (bosh, boʻyin, koʻkrak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qoʻl va oyoqlar)ga taqqoslanib, oʻsishi yoki oʻzgarishi kuzatib boriladi. 5. Antroposkopiya - bu odam izlarini (qo'llar, oyoqlar, poyabzallar, tirnoqlar, tishlar, lablar, quloqlar, kiyimlar) o'rganadigan aniqlash uchun va ularning muammolarini hal qilish ,ularni to'plash va tadqiq qilish vositalarini o’rganadi.Asosan,jinoyatlarni tergov qilish va oldini olishda qo’llaniladi. Download 16.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling