Mavzu: Bug‘ mashinalari. Karno sikli


Download 1.88 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1413190
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

Mavzu:Bug‘ mashinalari.Karno sikli

Kampyuter injinering 02-Guruh

Muzaffarov In’omjon


Bug‘ mashinasi
XVIII-asrning ikkinchi yarmiga qadar odamlar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosan suv dvigatellaridan foydalanishar edi. Lekin, suv g‘ildiragidan mexanik harakatni uzoq masofalarga uzatish imkoni bo‘lmaganligidan, barcha fabrikalarni daryo qirg‘oqlariga qurishga majbur bo‘linar edi. Bu har doim ham qulay bo‘lmagan. Bundan tashqari, suv dvigatelining samarali ishlashi uchun, to‘g‘onlar yoki sun'iy havzalar qurish, katta hajmdagi qo‘l mehnati va anchayin qimmatga tushadigan tayyorgarlik ishlari talab qilinar edi. Suv g‘ildiraklarida boshqa kamchiliklar ham yetarlicha bo‘lib, masalan ular kam quvvatli, sozlash murakkab va yil fasllariga bog‘liq holda ishlardi. Asta sekinlik bilan, ko‘p quvvatli, arzon, oson boshqariladigan va inson aralashuvisiz o‘zi ishlay oladigan dvigatelga bo'lgan ehtiyoj ortib bordi. Aynan shunday dvigatel sifatida esa, sanoat uyg‘onishi davri ibtidosida bug‘ dvigateli katta sahnaga chiqdi.
Mashinaning ilk modellari 1690-yilda Papen tomonidan loyihalangan va tayyorlangan. 1702-yilda o‘z bug‘ nasosini Severi ham yasab namoyish etgan. Biroq, XVIII-asrda nisbatan keng ko‘lamli qo‘llanishda bo'lgan bug‘ mashinasi bu - Nyukomen ismli muhandisga taalluqli bo'lgan va ilk marotaba 1711-yilda ishlatib ko‘rilgan bug‘ mashinasi modeli bo'lgan edi.
1718-yilda ixtirochi Beyton bug‘ va suvni silindrga avtomatik ravishda ochib yopadigan mexanizm va saqlovchi klapanlarni o‘ylab topdi. Uning ixtirolari orqali Nyukomen bug‘ mashinasida xavfsizlik va ishlash tezligi bir oz ortdi. Lekin, baribir Nyukomen mashinasining prinspial sxemasi keyingi 50 yil davomida aytarli ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishlarga uchragani yo‘q edi.
Nyukomen mashinasining nusxalaridan biri Shotlandiyaning Glazgo shahri universitetida mavjud bo‘lib, uning tez-tez ishdan chiqishi odatiy hol bo'lgan. Mazkur universitet mexanik mutaxassisi Jeyms Uatt bug‘ mashinasini tuzatishga ish vaqtining ancha qismini sarflar edi. Xususan, 1763-1764 yillar davomida, Uatt aynan Nyukomen mashinasining universitetdagi nusxasi ustida ter to‘kishga majbur bo'lgan. Uattning amaliy yutug‘i shunda ediki, u universitetga tegishli ehtiyot qismlar va asbob uskunalardan erkin foydalanish bilan birgalikda, o‘zi mehnat qilayotgan jamoadagi yetakchi fizik va mexanik professor olimlardan doimo qimmatli maslahatlar olib turishi mumkin edi. Tez orada Uattning o‘zi ham qo‘l ostida mavjud material va ehtiyot qismlardan o‘z bug‘ mashinasini yasab oldi va uning ishlash jarayonidagi ro‘y beradigan fizik hodisalarni diqqat bilan kuzatib o‘rganib chiqa boshladi. Buning natijasida Uatt bug‘ mashinasining muammolariga kengroq nazar tashlab, ularni chuqurroq tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Pirovard natijada Uatt o‘zigacha bo'lgan mexaniklarning nazaridan chetda qolgan katta-kichik nuqsonlarni bartaraf etib, Nyukomen modeliga qaraganda ancha mukammalroq bo'lgan bug‘ mashinasi yasashga muvaffaq bo'ladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling