Mavzu: Bug‘ mashinalari. Karno sikli
Mavzu:Elektr sig‘imi.Kondensatorlar
Download 1.88 Mb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kondensator Kondensator
- Mavzu:O’zgarmas tok qonunlari.Turli muhitlarda elektr toki
Mavzu:Elektr sig‘imi.Kondensatorlar
Kampyuter injinering 02-guruh Muzaffarov Inomjon Elektr sigʻimi Elektr sigʻimi — oʻtkazgichning elektr zaryad toʻplash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik. Miqdor jihatidan yakkalangan oʻtkazgichning potensialini bir birlikka oʻzgartirish uchun zarur zaryad miqdoriga teng. Amalda kondensatorlarni parallel, ketma-ket yoki aralash ulash yoʻli bilan zarur Elektr sigʻimi olinadi.Yakkalangan o'tkazgichning elektr sig'imi - o'tkazgichdagi zaryadning maydon potensialiga nisbatiga teng. Kondensator sig'imi, zaryadning ya'ni Q ning kuchlanish(U)ga nisbatiga teng Kondensator Kondensator (lotincha: condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. Kondensatorning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i Kondensatorda suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt Kondensatorda suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday Kondensatorlar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr Kondensator — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. Kondensatorning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. Kondensatorlar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi. Mavzu:O’zgarmas tok qonunlari.Turli muhitlarda elektr tokiOʻzgarmas tok Oʻzgarmas tok— tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunidan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi. Turli muhitlarda elektr toki fizikaning asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda o’quvchi va talabalar elektr tokining turli muhitdagi asosiy xususiyatlarini o’rganadi. Elektr toki asboblarni o‘rganish esa o‘quvchilarni mikro jarayonlar texnikasida foydalanishga tayyorlaydi va o‘rganilayotgan mavzuning politexnik ahamiyatini belgilaydi. Nihoyat, har xil muhitlarda elektr tokini o‘rganish o‘quvchilarning fizika kursida o‘rganishi lozim bo‘lgan qator asboblar va qurilmalarning tuzilishi va ishlashini tushunish uchun asos soladi. Bunday asboblarga vakuumli fotoelement, rentgen trubkasi, elementar zarrachalar gazorazryad schyotchigi, to‘g‘rilagich, lampali radio-priyomnik, so‘nmas tebranishlar generatori, radiolokatsion qurilma va boshqalar tegishlidir. Turli muhitlarda elektr tokini o‘rganish asosida tok kuchining kuchlanishga bog‘lanishi (volt-amper xarakteristikasi) va muhitlarda o‘tkazuvchanlik mexanizmini taqqoslashga asoslangan yagona metodik kontseptsiya (ta’limot) yotadi. Ta’lim metodlarini didaktik jihatdan asosan uch guruhga ajratish mumkin. Ular: ilmiy izlanish xulosa chiqarish va o‘qitish metodlaridir. Axborotlarning globallashuvi ta’lim jarayoni zichligini oshirishdagi asosiy omil hisoblanadi. Keyingi yillarda pedagogik texnologiya, modulli o‘qitish kabi terminlar tez-tez uchramoqdaki, bu metodlar tizimining mohiyatini anglashga undaydi. Pedagogik texnologiyada kafolatli ta’lim berilar ekan, unda yuqorida ta’kidlangan metodlarni yakka-yakka holda emas balki, bularni nomlarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Ta’limda, metodlarni o‘zaro bog‘liq holda qo‘llash axborotlar zichligini kamaytirib asosiy tushunchalar sistemasini shakllantirish imkonini beradi. Pedagogik texnologiyaning asosini ilmiy izlanish, xulosa chiqarish va ta’lim metodlarini o‘zaro bog‘lovchi yaxlit ketma-ketlik tashkil etadi. Ta’lim tizimini qayta qurishning hozirgi bosqichida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tizimli fikrlash faoliyatini shakllantirish, ijodiy yaratuv-chilik, faoliyat metodologiyasi masalalari alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Yarim o‘tkazuvchanlikka oid bilimlarni quyidagicha sistemalashtirish mumkin: Turli muhitning o‘tkazuvchanlik mexanizmini o‘rganish o‘ziga xos qiyinchilikka ega. O‘quvchilarga zaryad tashuvchilarning o‘zini ham ular harakatning tabiatini ham ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Bu qiyinchilikni o‘quv kinofilmlaridan to‘liq foydalanib yengish mumkin. Kinofilmlarda multiplikatsiya vositasi bilan turli muhitlarda zaryad tashuvchilarning tabiati shartli qilib ko‘rsatiladi. Bundan tashqari filmlarning barchasida bu qonuniyatlarga asoslangan ko‘pchilik asbob va qurilmalarning ishlatilishiga oid ko‘pgina misollar ko‘rsatilgan. Mavzuni o‘rganishda demonstratsion va laboratoriya tajribalariga keng asoslanishi kerak. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling