Mavzu: Bug‘ mashinalari. Karno sikli


Download 1.88 Mb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1413190
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

KARNO SIKLI
KARNO SIKLI — navbatma-navbat oʻzaro almashinib turuvchi ikki izotermik jarayon va ikki adiabatik jarayondan iborat kaytar aylanma issiqlik jarayoni. Uni birinchi boʻlib NL. S. Karno oʻrgangan (1824). Rasmda Karno sikli koordinatalari r (bosim) va V (hajm) da koʻrsatilgan. Karno siklida ish jismi t-ra G, li issiq jism bilan taʼsirlashib, Qt issiklikni oladi (bunda bugʻ kengayadi va ish bajaradi, izoterma 1—2). Soʻngra ish jismi adiabatik kengayib, t-ra T2 gacha soviydi (adiabata, 2—3). Shu t-ra T2 da ish jismi izotermik siqiladi va u Q2 issiqlikni sovitkichga beradi (izoterma, 3—4). Nihoyat, ish jismi Tt t-rali boshlangʻich holatga qaytadi (adiabata, 4—1). Bunday jarayonda ish jismi bajargan foydali ish pV tekislikda izoterma va adiabata chiziqlar bilan chegaralangan yuzaga teng.
Issiklik mashinasining f. i. k. quyidagicha aniqlanadi: Q[-Q2 A K. s. ning f. i. k. faqat isitkich bilan sovitkichning t-rasiga bogʻliq boʻlib ish bajaruvchi jismning xossalariga bogʻliq emas.
Karno siklini taxlil qilib, quyidagi muhim xulosalarga kelish mumkin: a) aynan bir xil sharoitlarda, yaʼni isitkich va sovitkichlarning t-ralari bir xil boʻlganda barcha qaytuvchan mashinalarning f. i. k. bir xil boʻladi; b) qaytmas mashinaning f. i. k. ish sharoiti oʻxshash boʻlgan qaytuvchan mashinaning f. i. k. dan hamisha kichik boʻladi. Karno sikli termodinamika va teplotexnikaning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.
Karno siklida ish bajarish siklik, ya‘ni aylanma jarayon natijasida amalga oshiriladi. Bu sikl birin – ketin boradigan to’rta qaytar jarayondan iborat:
а) gazning izotermik kengayishi – АВ izotermasi; b) gazning adiabatik kengayib, sovishi – ВС adiabatasi; v) gazning izotermik siqilishi – СД izotermasi; d) gazning adiabatik siqilib, isishi – ДК adiabatasi.
Agar Karno sikli bir qancha kichik sikllardan tashkil topgan deb faraz qilinsa, bunda siklning sovutkichi ikkinchi siklning issiqlik manbai bo’lib, bu manba olgan issiqlikning hammasini ikkinchi siklga bersa, ikkinchi siklning sovutgichi uchinchi siklning issiqlik manbai bo’ladi

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling