Oqsillar. Aminokislotalar


Download 420.62 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi420.62 Kb.
#249948
Bog'liq
bialopgiya

Oqsillar. Aminokislotalar

Hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va ahamiyati jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gidroliz qilinsa, aminokislotalarga parchalanadi. Oqsillarningelementar tarkibi uglerod 50–54 %, vodorod 6,5–7,3 %, kislorod 21–23 %, azot 16 % hamda oltingugurt 0,5 % dan iborat.

Oqsillarning tuzilishi. Organik moddalar ichida eng murakkabi oqsillardir. Ular polimerlar guruhiga kiradi. Polimer molekulasi uzun zanjirdan iborat bo‘lib, bu zanjirda nisbatan oddiy bo‘ladigan monomerlar bir necha marta takrorlanadi. Monomerni A harfi bilan belgilaydigan bo‘lsak, u vaqtda polimer strukturasini quyidagicha A-A-A-A-...A tasvirlash mumkin.

Tabiatda oqsillardan tashqari, boshqa polimerlar ham ko‘p, masalan, sellyuloza, kraxmal, kauchuk.

Oqsillar tarkibidagi aminokislotalar Halqasiz (asiklik) aminokislotalar Halqali (siklik) aminokislotalar 1. Glitsin 8. Leysin 15. Fenilalanin 2. Alanin 9. Izoleysin 16. Tirozin 3. Serin 10. Treonin 17. Triptofan 4. Sistein 11. Lizin 18. Gistidin 5. Sistin 12. Arginin 19. Prolin 6. Metionin 13. Asparagin kislota 20. Oksiprolin 7. Valin 14. Glutamin kislota

Oqsil molekulalari ipsimon yoki yumaloq shakllarga ega bo‘ladi (21- rasm).

Aminokislotalar — quyi molekulali organik birikmalar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalaridir.

1) molekulaning bir uchida karboksil guruhlar (COOH) joylashgan; 2) karboksil guruh yonida aminogruppa (NH2) joylashgan. Barcha aminokislotalarda amino-karboksil guruh bir xil bo‘ladi, ular bir-biridan faqat radikallarining tuzilishi bilangina farqlanadi.

Shunday qilib aminokislotaning umumiy formulasini quyidagicha yozish mumkin: R | H-C-NH2 | COOH 3) uchinchi tarkibiy qism radikal deyiladi va R harfi bilan belgilanadi.

Aminokislotalar o‘rtasida peptid bog‘ vujudga keladi. Hosil bo‘lgan aminokislotalar birikmasi peptid deb ataladi. Ikkita aminokislotadan hosil bo‘lgan peptid dipeptid, uchta aminokislotadan hosil bo‘lgani tripeptid, ko‘p aminokislotalardan hosil bo‘lgani polipeptid deb ataladi.

Polipeptid tarkibida aminokislotalar 50 tadan kam bo‘lsa, polipeptid deb ataladi. Agar polipeptid tarkibida aminokislotalar soni 50 dan ortiq bo‘lsa shartli ravishda oqsillar deb ataladi.

Yuqorida bayon etilganidek oqsil tarkibidagi aminokislotalar 20 xil bo‘lib shundan 10 tasi almashtirib bo‘lmaydigan 10 tasi esa almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar hisoblanadi.

E’TBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 420.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling