Pteridin qator dori moddalari


Download 445.72 Kb.
Sana27.06.2023
Hajmi445.72 Kb.
#1657063
Bog'liq
PTERIDIN QATOR DORI MODDALARI


PTERIDIN QATOR DORI MODDALARI
Pteridin hosilalari guruhiga foli kislotasi va metotreksatlar kiritilgan.
Foli kislota Acidum folicum N- {4'-[(2-amino-4-oksi- 6-pteridil)-metil] amino} benzoil- 1 (+)-glutamin kislota.

Metotreksat Methotrexatum 4-dezoksi-4-amino-N10- metilfoli kislota

Foli kislota og‘ir metall tuzlari bilan turli rangga bo'yalgan cho‘kma holida kompleks birikma hosil qiladi. Masalan Uning natriy gidroksid eritmasida eritilgan natriyli tuzi mis (II) sulfat bilan yashil, kumush nitrat bilan to‘q sariq kobalt nitrat bilan sariq-qoramtir, temir (III) xlorid bilan esa qizil-sariq rangli cho‘kma hosil qiladi:

Bu reaksiyani soat shishasi ustida olib boriladi. Farmakopeya maqolasining ko‘rsatmasi asosida foli kislotaning miqdori fotokolorimetrik va polyarografik usullar yordamida aniqlanadi. Fotokolorimetrik usul azobo‘yoq hosil qilish reaksiyasiga asoslangan bo'lib, bunda avval preparatni ammiakdagi eritmasining dikaliy fosfat tuzi ishtirokida kaliy permanganat bilan oksidlab, pterin
kislota va paraaminobenzoilglutamin kislotagacha parchalanadi:

So‘ngra reaksiya natijasida hosil boMgan n-aminobenzoilglutamin kislotani xlorid kislota ishtirokida natriy nitrit bilan diazotirlab, diazoniy xloridga o‘tkaziladi:

Bunda bir vaqtning o‘zida kaliy permanganatning reaksiyaga kirishmay qolgan ortiqchasi ham parchalanib ketadi:

Suyulikdagi natriy nitritni reaksiyaga kirishmay qolgan ortiqchasini ammoniy sulfomat yoki sulfamin kislota ta’sirida parchalanadi. Bu maqsadda mochevina ham olish mumkin:

So‘ngra eritmadagi diazoniy tuziga N-(l-naftil)-etilen-diamin digidroxlorid eritmasi ta’sir ettirib, binafsha rangli azobo‘yoq hosil qilinadi va uning optik zichligini 550 nm toMqin uzunligida fotokolorimetrda yoki spektrofotometrda oMchab, preparatning miqdori aniqlanadi:


Preparatning miqdorini polyarografik usul bo'yicha aniqlashda uning 0,05 mol/1 natriy karbonatdagi eritmasini, ammoniy xloridning 30 %li spirtdagi 0,1 mol/1 eritmasi ishtirokida va erkin azot oqimi
sharoitida polyarogrammasi olinadi. Polyarogramma jarayonida foli kislota 7,8-digidrofoli kislotagacha qaytariladi:

Download 445.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling