64-17M guruh talabasi Dehqonova Kamola Amaliy mashg’ulot “Tashkiliy hulq” fanining predmeti, ob’ekti va metodi
Download 18.86 Kb.
|
1-t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotning maqsadi
- KEYS-STADI: O’Z VAZIFANGNI O’ZING BAJAR! Vaziyat bayoni
- Muhokama va mulohaza uchun savol va topshiriqlar.
64-17M guruh talabasi Dehqonova Kamola Amaliy mashg’ulot “Tashkiliy hulq” fanining predmeti, ob’ekti va metodi "Tashkiliy xulq" fani mohiyati va vazifalari. “Tаshkiliy хulq” fаnining prеdmеti Tаshkilоtlаrning ijtimоiy sоhаsi Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Tashkiliy hulq haqida tushuncha, uning mohiyati va vazifalari; menejment –boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos turi sifatida ekanligi; fannng predmeti va metodi; menejmentning boshqa fan sohalari bilan aloqadorligi, tаshkilоtlаrning ijtimоiy sоhаsi; Mashq. Yaxshi menejer qanday bo‘ladi degan so‘roq biznesni boshqarish soxasidagi muhim savolldan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib kelmoqda. Yutuqqa erishish sabablarini aniqlash u ko‘p yillar davomida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib kelgan. Masalan Konfutsiy, raxbar birinchi navbatda o‘z safdoshlarini hxarakter va hissiyotlariga noziklik va epchillik bilan kirib borishi zarur deb hisoblagan. Gomer ideal raxbarga zarur bo‘lgan quyidagit to‘rt xislatni eslatib o‘tadi: Nestorning donishmandligi. Agememnonning xaqiqatgo‘yligi. Odiseynig xiylakorligi. Axillesning serg‘ayratligi. Raxbar har doim o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini esda tutishi kerak, aks xolda u o‘zining yukori mavkiedan qurbon bo‘lishi mumkin XX asr oxiriga kelib ba’zi olimlar zamonaviy menejer quyidagit fazilatlarga ega bo‘lishi kerak degan xulosaga kelishgan: jismoniy fazilat – faollik, sergayratlilik, kuchlilik, soglomlik; Shaxsiy fazilat – moslashuvchanlik, obro‘lilik, o‘ziga ishonch, yutuqqa intilish; intellektual fazilat – aql, kerakli qaror qabul qilishga qodirlik, sezgirlik, ijobiy yondashish; qobiliyat – boshqalaralar bilan aloqa o‘rnata olishlik kirishimlilik, xushmuomalalik, muomalaga ustalik; Lekin bu nuqtai nazarga qo‘shilmaydigan olimlar, amaliyotchilar ham bor. Ular quyidagi e’tirozlarni ilgari suradilar: yuqorida keltirilgan fazilatlarga ega menejer hali samarador boshqaruvchi degani emas; bu xususiyatlarning hammasini o‘zida mujassamlashtirgan kishilar ko‘p emas; yaxshi boshqarishni o‘rganib bo‘lmaydi (yoki o‘rganish amalda mumkin emas) va x.k. Bularga yana bir qator boshqalarga e’tirozlarni ham qo‘shish mumkin. Zamonaviy menejer egallashi zarur bo‘lgan fazilatlar tizimini o‘ylab ko‘ring va bayon qiling. Bizning sharoitda faoliyat ko‘rsatayotgan menejer yana qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini ayting. KEYS-STADI: O’Z VAZIFANGNI O’ZING BAJAR! Vaziyat bayoni Informatsion kompaniyaning loyihalash bo’limida ikki xodima-Zokirova N. va Maxmudova L.injener bo’lib ishlaydilar. Ular kompaniyaga bir vaqtda ishga kelganlar, lekin ularning ishlash stili bir-biridan tubdan farq qiladi. Zokirova N. punktual, vijdonan ishlaydi va boshqalardan ham buni talab qiladi. Rejadan tashqari ishlardan ham bosh tortmaydi. Maxmudova Z. esa bir maromda ishlamaydi, uning kayfiyati bilan ishlash layoqati hech bir-biriga to’g’ri kelmaydi, u qon bosimi yoki yuragining urishidan doimo shikoyat qiladi, ammo davolanish ta’tiliga (byulletenьga) chiqmaydi, oylik maoshini qisqarishini hoxlamasligini ro’kach qiladi. Rahbar Zokirova N. ga tayangani uchun Maxmudova Z.ga yon bosardi. Maxmudova L. o’zini yomon his qilayotganini ro’kach qilib mayda topshiriqlardan bosh tortganda, bo’lim boshlig’i uning ishlarining bir qismini Zokirova N.ga yuklardi. Bu ikki xodimalarning birinchi to’qnashuviga Maxmudova Z.ning ishidagi xatolari bo’ldi. Zokirova N. Maxmudova Z. ishlarini bir qismini bajargani uchun u Maxmudovadan ishlarini sifatli va o’z vaqtida bajarishini talab qila boshladi. Zokirova N. o’zining talab va shikoyatlarini Maxmudovaga Z.ga guvohlarsiz aytdi, Maxmudova Z. esa bu intsidentni (holatni) bo’limda muhokama qilinadigan muammoga aylantirdi. Bu nizo xamkasblarni bir-biriga nisbatan nafratli bo’lishiga sabab bo’ldi. Ularning rahbari ayollar ishiga aralashmaslikka qaror qilib, birinchi imkoniyatning o’zida ularning ish funktsiyalarini ajratib, Zokirova N.ga qo’shni bo’limdan boshqa ish joyini egallashini taklif qildi. Zokirova N. boshqa funktsional topshiriqlarni bajarishdan bosh tortdi va rahbardan Mahmudova Z.ni boshqa bo’limga o’tkazishini talab qildi. Bunda faqat u ishdan qochishini va bu holatga aynan u aybdor ekanligini ta’kidladi.
1.Keys ishtirokchilarini pozitsiyasini tushuntiring. Sizning fikringizcha, kim vaziyatga yuqori darajada ta’sir qiladi? J:Yuqoridagi holat bo`yicha Mahmudova Z ning o`z ishiga nisbatan noto`g`ri munosabat bn yondoshganligi sabab bo`lyabdi.Agar u o`z vaqtida sog`ligini tiklashga kirishganida ish vaqtida masuliyat bn ishlagan bo`lar edi
Rahbarning yechimlarida xatoliklar bormi? Qanday xatolar? J: Ha bor.Hodimlar hoh ayollar hoh erkaklar bo`lishidan qat`iy nazar rahbar har qanday vaziyatni o`z vaqtida tushunib qaror qabul qilishi kk.Bu holatda Mahmudova Z ni boshqa lavozimga o`tkazishi kk edi.Zokirova N ni ham bu holatda ishga bo`lgan yondashuvi buziladi. Paydo bo’lgan muammoni yechish uchun, ishtirokchilar qanday yo’l tutishlari kerak? J:Mahmudova Z o`z aybini tushunishi ahvoli yomonlashganida Zokirova N aybdor emasligini, qo`shimcha yordam berganini va qolgan vazifalarni Masluliyat bilan ishlashi kk edi Muammoni yechish uchun kompaniyaga taklifingiz. J:Bu vaziyat uchun shuni xulosa qilishim mumkinki,ayb Mahmudova Z davolanishi va ishga yana masuliyat bn qaytishi lozim.Uni boshqa bo`limga o`tkazish zarur.Layoqat bilan ishlayotgan hodim Zokirovani esa rag`batlantirish lozim. Download 18.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling