64-17Mguruh talabasi Dehqonova Kamolaning 1-topshirig`i 1- mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 51.62 Kb.
|
1-D.Kamola MvS
64-17Mguruh talabasi Dehqonova Kamolaning 1-topshirig`i 1– mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari 1. Moliya arab tiliga xos so’z bo’lib, o’zbek tiliga tarjima qilinganda “pul mablag’lari” degan ma’noni anglatadi. Ushbu so’zni yana qanday ko’rinishda ishlatish mumkinligini quyidagi chizmada ifodalang va foydalanilishi mumkin bo’lgan ko’rinishni quyida tavsiflang: 1.ya’ni maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va foydalanish kabi jarayonlarda yuzaga keladigan munosabatlarni ifodalovchi sifatida qo’llanilishi mumkin 2. biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari (masalan, korxona moliyasi) 3. shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi davlat organi (so'zlashuv tilida) 2. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. (Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini quyidagi chizma asosida tavsiflang) 3. Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi (chizmani yakunlang): 4. Moliya funksiyalarini yoriting. J: Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'Jadi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 1. Taqsimlash; 2. Nazorat. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o'zida am alga oshiriladi -moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, «asosiy yoki birlamchi daromadlan> deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon bo'ladi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo'linadi: • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.Larning daromadlari; • moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsirnlashga emas, balki ishiab chiqarishga, kapitalning jamg'arilishiga, iste'mol sohasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi -nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resursiarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo'nalishiga bog'liq holda u jamiyatning pul mablag'larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o'z vaqtida kelib tushishi qanday ta'minlanayotganligi xususida ma'iumotga ega bo'lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda to'g'ri yo'lga qo'yilmasa, moJiya taqsimlash funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini ko'rsatadi 5. Moliya taraqqiyotini tavsiflang. J: jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o'tishi munosabati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliya umumiylikxususiyatiga ega bo'ladi. Biroq hatto ana shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulga bog'liq bo'lmagan usullari saqlanib qolishi murnkin. Buning mumtoz misoli sifatida yoppasiga harbiy majburiyatni ko'rsatish mumkin. Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o'z funksiyalarini amalga oshirishi uchun zarur fondlarnishakllantirish va ulardan foydalanish tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq fondlarni shaklIantirish manbalari cheklangan va hech bir davlat o'z ehtiyojlarini qoplash uchun daromadlarning yangi manbalarini ixtiro qilishi mum kin emas. Bu yerda gap undirish shakllari emas, balki uning ob'ektlari to'g'risida ketayapti. Ana shunday ob'ektlar sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari to'g' risida gapiriladigan bo'lsa, u holda hatto qadimgi grek davlatlaridayoq to'g'ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bo'igan. To'g'ri (bevosita) soliqlar yer va mol egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliqjoriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga solingan soliq shakllarida maydonga chiqqan. Download 51.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling