656 geografik axborot tizimlari ma’lumotlar bazasi tuzilishi
-jadval Toshkent viloyati tumanlari haqida ma’lumot
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
geografik-axborot-tizimlari-ma-lumotlar-bazasi-tuzilishi
1-jadval
Toshkent viloyati tumanlari haqida ma’lumot ID Rayonlar Markazi Obyekt kodi Rayon maydoni, ming ga Aholi soni, ming kishi 1 2 3 Bekabod Bо‘ka Bо‘stonliq Zafar Bо‘ka G‘azalkent 101 102 103 75.6 59 493 25 67 78 ….. ……….. ……….. ….. ………… 15 Quyi Chirchiq Dо‘stobod 115 55.9 46 ТЕХНОЛОГИЯ МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 158 Har bir jadval о‘ziga tegishli oldindan ma’lum darajada nomlangan ustunlar tо‘plamiga ega. Jadval hoshiyalari odatda ob’yektlar atributlariga mos keladi, jadvalda qatorlar sonlari cheklanmagan, har bir yozuv biror-bir ob’yekt haqidagi axborotlarni о‘zida mujassamlaydi. Hozirgi kunda ma’lumotlarning relyatsion bazasi axborotni saqlash uchun ommabop bо‘lgan model hisoblanadi, chunki u о‘zida tasvirni kо‘rgazmali tasvirlashni, ular bilan ishlashni ma’lum darajada soddalashtirishni ta’minlaydi. Natijalar Kartografiyada GATdan foydalanishda, ma’lumotlar bazasining relyatsion modelida ikki turkum ma’lumotlar saqlanadi – grafikli va atributli (mazmunli). Ma’lumotlarning grafikli bazasida kartaning grafikli yoki о‘lchamli asosi raqam kо‘rinishida saqlanadi. Ma’lumotlarning mazmunli bazasida esa kartaning mazmuni va kartaga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kiritilishi mumkin bо‘lmagan fazoviy ma’lumotlarga tegishli qо‘shimcha axborotlar saqlanadi. Ularga obyektning sifati tavsifini ifodalovchi mintaqaning matni kiradi, ob’yekt atributlarini о‘z ichiga olgan jadval atributiv jadval deyiladi. Kartografik atributiv axborot - bu ob’yekt yoki hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tavsifi haqidagi raqamli yoki matn – grafikli kо‘rinishidagi axborotlardir. Masalan, qishloq xо‘jalik ekinlarini ifodalaydigan atributlarni quyidagicha berish mumkin (2-jadval). Xuddi shunday qilib shaharlar bо‘yicha aholi soni, teatrlar, konsert zallari, avtomobil va aloqa yо‘llari uzunligi ma’lumotlarini jadvalda tо‘plash, rayonlar bо‘yicha esa uning umumiy maydoni, yerlardan foydalanuvchilar soni, korxona xodimlarining ismi-sharifi, jinsi, yoshi, ish staji, oylik maoshi va h.k. haqidagi ma’lumotlarni saqlash uchun atributiv jadvallar ishlatiladi. GATda ma’lumotlarni saqlashdan tashqari, ularni tasvirlash va ta’riflash uchun ma’lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar ham mavjud. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanish jarayonida axborotlarni qidirish, tanlash, bir-biriga qо‘shish va xatoliklarni tuzatish ishlarini bajarish mumkin. Bu modul yangi atributiv jadvallar tuzish, ularni tо‘ldirish va karta bilan bog‘lash imkonini ham beradi [4]. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling