003 "Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar" schoti
003 "Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar" schoti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan to‘lanmaydigan va qayta ishlash uchun olingan (berilgan xom ashyo) buyurtmachining xom ashyo va materiallarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qo‘shimcha ishlov berish (buyurtmachining xom ashyo va materiallarining qiymatidan tashqari) xarajatlarining hisobi shu bilan bog‘liq xarajatlarni (buyurtmachining xom ashyo va materiallarining qiymatidan tashqari) ishlab chiqarishga xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarda yuritiladi. Qayta ishlovga qabul qilingan buyurtmachining xom ashyo va materiallari 003 "Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar" schotida shartnomada ko‘rsatilgan baholarda hisobga olinadi.
Qayta ishlov berish uchun materiallar qabul qilinishida mazkur schot debetlanadi, qayta ishlov berilib va buyurtmachiga topshirilgandan keyin esa kreditlanadi.
Tahliliy hisob buyurtmachilar, xom ashyo va materiallarning turlari, navlari va ularni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Qayta ishlov berish uchun qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar aks ettirilgan
|
003
|
|
Yukxat
|
2
|
Qayta ishlov berish bo‘yicha xarajatlar aks ettirilgan
|
2010, 2310,
2510, 9400
|
1010, 6710,
6520
|
Shartnoma, hisobvaraq-faktura, buxgalteriyaning hisob-kitobi
|
3
|
Mahsulotning buyurtmachiga berilishi aks ettirilgan
|
9130
|
2010, 2310
|
Bajarilgan ishlar dalolatnomasi
|
4
|
Qayta ishlov berish uchun qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar hisobdan chiqarilgan
|
|
003
|
Yukxat
|
Do'stlaringiz bilan baham: |