Debet- 2800 Kredit- 2010 2010, 2310, 2510 schotlari mazmunini yozing


Download 14.72 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi14.72 Kb.
#1022314
Bog'liq
Uroqov Bekzod MXVKM


Uroqov Bekzod MXVKM-90 14-variant

  1. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot olinganda qanday provodka beriladi

Debet- 2800
Kredit- 2010

  1. 2010, 2310, 2510 schotlari mazmunini yozing

  1. Asosiy ishlab chiqarish. Asosiy ishlab chiqarish jarayonini yuritish uchun bir qancha schotlar qo’llanilib ularning asosiysi 2010. Mazkur schot yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlanadi. Mahsulot tayyor bo’lganidan so’ng, 2010 schoti kreditidan 2800 “tayyor mahsulot” schoti debetiga o’tkaziladi.

  1. Yordamchi ishlab chiqarish. Yordamchi ishlab chiqarishda asosiy ishlab chiqarish yoki korxonaning asosiy faoliyati uchun yordamchi(ko’makchi) bo’lgan ishlab chiqarishlardir. Bu schot aktiv schot bo’lib, debetida yordamchi ishlab chiqarish bo’yicha qilingan ishlab chiqarish harajatlari, kreditida esa ishlab chiqarish tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar haqiqiy tannarx summasi aks ettiriladi.

  1. Umum ishlab chiqarish harajatlari. Korxonaning umumishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’ida amalga oshiriladi.

Ushbu hisobvaraqda umumishlab chiqarish tavsifiga ega bo’lgan xarajatlar aks ettiriladi, jumladan:
a) mashina va uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish bo’yicha;
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari bo’yicha;
c) ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
d) ishlab chiqarishdagi mol-mulkning sug’urta xarajatlari;
e) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
f) ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqarish binolarimashina va uskunalar, boshqa ijaraga olingan vositalar uchun ijara to’lovlari;
g) ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatishda band bo’lgan ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi;
h) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
3. Boshlang'ich qiymati 300 000 000 so'm bo'lgan binoga to'g'ri chiziqli usulda eskirish hisoblaganda 2 oylik eskirish summasini aniqlang. (eskirish normasi yillik 5%). Unga provodka yozing
0120-300 000 000
0220- “2oy” “5%”
1-ish 300 000 000:5*100= 15 000 000
2-ish 15 000 000:12*2=2 500 000
Debet 2510- Kredit 0220 Javob: 2 500 000
4.Asosiy vositalarga eskirish hisoblash haqida yozing.
Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’naviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal boʻlgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bogʻliq. A. me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatlariga koʻra tabaqalashtiriladi. A. qiymati mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida eskirgan jihozlar oʻrniga yangisini sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi tarzida jamgʻariladi.

  1. Qanday asosiy vositalarga eskirish hisoblanmaydi?

Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar, mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog‘i va shunga o‘xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo‘lgan yoshga yetmagan ko‘p yillik ko‘chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo‘yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling