65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi


Download 0.8 Mb.
bet19/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi
schotlarning (0800) bog‘lanishi

Korxonaning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek mahsuldor va ishchi hayvonlarning (qiymatidan qat’i nazar, korxonaning aylanma mablag‘lariga kiruvchi parrandalar, mo‘ynali hayvonlar, quyonlar, asalarilar, chanaga qo‘shiladigan va qo‘riqlovchi itlar, tajriba uchun mo‘ljallangan hayvonlardan tashqari) asosiy podasini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


0810 "Tugallanmagan qurilish";
0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish";
0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid qilish";
0840 "Asosiy podani tashkil qilish";
0850 "Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar";
0860 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar";
0890 "Boshqa kapital qo‘yilmalar".
Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schotlarning debeti bo‘yicha asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning xarid qilinishi va qurilishi, asosiy podani tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi, krediti bo‘yicha esa - uzoq muddatli aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritish uchun ushbu xarajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Ob’ektlarni qurishda foydalaniladigan asosiy vositalarning eskirishi kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarga kiritilgan



0810

0210-0290

Asosiy vositalar eskirishining hisob-kitobi



2

Ob’ektlarni qurishda foydalaniladigan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi xarajatlarga kiritilgan



0810

0510-0590

Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi hisob-kitobi



3

O‘rnatish talab etiladigan asbob-uskuna yig‘ish (montaj) qilish uchun berilgan (yig‘ishga tayyorgarlik boshlanishi paytidan)



0810, 0820

0710-0720

O‘rnatish uchun berish yukxati

4

Sarflangan materiallar qiymati kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarga kiritilgan



0810

1010-1090

Materiallarni berish yukxati, moddiy hisobot



5

Sarflangan inventar va xo‘jalik jihozlarining qiymati kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarga o‘tkazilgan



0810

1080

Inventar va xo‘jalik jihozlarini berish yukxati, moddiy hisobot



6

Asosiy vositalarni tashish bo‘yicha transport korxonasining schoti olingan



0820

6990

Shartnoma, tovar-transport yukxati, hisobvaraq-faktura



7

Xarid qilingan asosiy vositalar bo‘yicha bojxona bojining summasi aks ettirilgan



0820

6990

Shartnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, hisobvaraq-faktura



8

Kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun yig‘im summasi aks ettirilgan



0820

6990

Shartnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, hisobvaraq-faktura



9

Asosiy vositalar xarid qilinganligi uchun savdo va ta’minot tashkilotlariga to‘lanadigan komissiya haqi aks ettirilgan



0820

6990

Shartnoma, hisobvaraq-faktura



10

Asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan sertifikatsiya va sinov xarajatlari aks ettirilgan



0820

6990

Shartnoma, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, hisobvaraq-faktura



11

Xarid qilingan nomoddiy aktivlar bo‘yicha bojxona boji summasi aks ettirilgan



0830

6990

Shartnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, hisobvaraq-faktura



12

Kelib tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun yig‘im summasi aks ettirilgan



0830

6990

Shartnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, hisobvaraq-faktura



13

Nomoddiy aktivlar xarid qilinganligi uchun savdo va ta’minot tashkilotlariga to‘lanadigan komissiya haqi aks ettirilgan



0830

6990

Shartnoma, hisobvaraq-faktura

14

Nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan sertifikatsiya va sinov xarajatlari aks ettirilgan



0830

6990

Shartnoma, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, hisobvaraq-faktura



15

Yosh hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish aks ettirilgan



0840

1110

Yosh hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish dalolatnomasi



16

Quruvchi korxona tomonidan moddiy boyliklarning musbat farqi ob’ektlarni bunyod qilish va asbob-uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha xarajatlarga hisobdan chiqarilgan



0810

1610

Materiallarni berish yukxati, moddiy hisobot



17

Kapital qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilgan



0810

3190

Kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilishining hisob-kitobi



18

Kapital qurilish yoki asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarning xizmat safari bo‘yicha xarajatlari hisobdan chiqarilgan



0810, 0820

4220

Rahbar buyrug‘i, xizmat safari bo‘yicha bo‘nak hisoboti



19

Hisobdor shaxslarga berilgan bo‘naklar hisobidan kapital qurilish bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilgan



0810

4230

Xizmat safari bo‘yicha bo‘nak hisoboti, yukxat



20

Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar amalga oshirilgan, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qiymatini oshiruvchi kapital qo‘yilmalar sifatida, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash (obodonlashtirish, qurib bitkazish, jihozlashni nihoyasiga yetkazish, qayta tiklash, zamonaviylashtirish, texnik jihatdan qayta jihozlash va h.k.) uchun xarajatlar summasiga



0860

6010, 1010,
6710, 6520
va b.



Bajarilgan ishlar dalolatnomasi, yukxatlar, qaydnomalar



21

Kapital qo‘yilmalar asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilgan



0112

0860

Foydalanishga topshirish dalolatnomasi



22

Kapital qo‘yilmalarga yordamchi ishlab chiqarish tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hisobdan chiqarilgan



0810

2310

Yordamchi ishlab chiqarish xizmati tannarxining kalkulyatsiyasi



23

Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushi hisobiga berilgan asosiy vositalarning tugallanmagan ob’ektlari (shu jumladan, yer maydonlari va tabiatdan foydalanish ob’ektlari) qabul qilingan



0810

4610

Ustav, ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



24

Ta’sischilar tomonidan ustav kapitalidagi ulushi hisobiga berilgan va o‘rnatish talab etilmaydigan asbob-uskuna kelib tushgan



0820

4610

Ustav, ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



25

Kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq bo‘lgan summalar bo‘yicha qondirilmagan da’volar hisobdan chiqarilgan



0810

4860

Xo‘jalik sudining qarori



26

Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar amalga oshirilgan



0850

6010, 1010,
6710 va b.



Bajarilgan ishlar dalolatnomasi, hisobvaraq-fakturalar, topshiriqnomalar, moddiy hisobotlar



27

Qurilish bo‘yicha loyiha-smeta ishlari bajarilganligi munosabati bilan loyihalash tashkilotidan schotlar to‘lovga qabul qilingan



0810

6010

Bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, hisobvaraq-faktura



28

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan kapital qurilish (shu jumladan, o‘rnatilmaydigan asbob-uskunalar) bo‘yicha bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun schotlar to‘lovga qabul qilingan



0810-0820

6010-7010

Bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi (2, 3-shakllar), hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati



29

Qurilishga yer maydoni ajratib berilganligi uchun schot olingan



0820

6010

Yer maydonini qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, kadastr, hisobvaraq-fakturalar



30

Asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha mol yetkazib beruvchilardan schotlar to‘lovga qabul qilingan



0820

6010

Mol yetkazib berish shartnomasi, hisobvaraq-fakturalar, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi



31

Nomoddiy aktivlarni xarid qilish bo‘yicha mol yetkazib beruvchilardan schotlar to‘lovga qabul qilingan



0830

6010
yoki 6990

Mol yetkazib berish shartnomasi, hisobvaraq-fakturalar, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi



32

Hayvonlarni xarid qilish bo‘yicha mol yetkazib beruvchilardan schotlar to‘lovga qabul qilingan



0840

6010
yoki 6990

Mol yetkazib berish shartnomasi, hisobvaraq-fakturalar, hayvonlarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



33

Kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha qarz aks ettirilgan



0810-0890

6510

Sug‘urta shartnomasi, loyiha-smeta hujjatlari



34

Kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq ishchi va xodimlarning mehnat haqidan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni hisoblash amalga oshirilgan



0810-0820

6520

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



35

Kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq ishchi va xodimlarga mehnat haqi hisoblangan



0810-0820

6710

Tabellar, topshiriqnomalar, ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar



36

Qurilish davrida kapital qo‘yilmalar uchun foydalaniladigan banklar krediti va boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar hisoblangan



0810

6920

Kredit shartnomasi, foizlar hisob-kitobi, to‘lov topshiriqnomasi (talabnomasi), bank ko‘chirmasi



37

Ijaraga oluvchining buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan moliyaviy ijara ob’ektlari qiymati bo‘yicha kirim qilingan



0810-0820

7910, 6950

Ijara shartnomasi, hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar



38

Davlat hokimiyati organi tomonidan biriktirilgan mol-mulk tarkibidagi tugallanmagan kapital qurilishi unitar korxona tomonidan olingan



0810

8330

Ustav, ta’sis shartnomasi, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



39

Tugallanmagan qurilish ob’ektlarining qayta baholanishi amalga oshirilgan:









Qayta baholash to‘g‘risida rahbar buyrug‘i, qayta baholash natijalarining hisob-kitobi






a) qo‘shimcha baholanganda



0810

8510







b) qiymati pasaytirilganda:















- oldingi qayta baholash chegarasida



8510

0810







- oldingi qo‘shimcha baholangandan yuqori bo‘lgan summaga



9430

0810




40

Tugallanmagan qurilish ob’ektlari va o‘rnatishni talab etmaydigan asbobuskuna bepul olingan



0810-0820

8530

Tekinga berish qarori, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



41

Maqsadli moliyalashtirish tartibida kapital qurilish ob’ekti olingan



0810

8810-8890

Maqsadli moliyalashtirish shartnomasi, moliyalashtirish smetalari, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



42

Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ombordan tayyor mahsulot berilgan



0810 9110

9010 2810

Hisobvaraq-faktura, yukxat, moddiy hisobot



43

Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ombordan tovarlar berilgan



0810 9120

9020 2910

Hisobvaraq-faktura, yukxat, moddiy hisobot



44

Yer maydoni boshlang‘ich qiymati bo‘yicha asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan



0110

0820

Yer maydonini qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, kadastr, hisobvaraq-fakturalar



45

Asosiy vositalar ob’ektlari qurilishi yoki xarid qilinishi (ishga tushirilishi) munosabati bilan ularning boshlang‘ich qiymati aks ettirilgan



0110-0190

0810-0820

Qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, hisobvaraq-faktura, loyiha-smeta hujjatlari



46

Ishlar tugallangandan keyin kapital tusga ega bo‘lgan (ob’ekt qurilishini yakunlash, jihozlanishini yakunlash, qayta jihozlash va zamonaviylashtirish) xarajatlar hisobga olingan



0120-0190

0820

Loyiha-smeta hujjatlari, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, hisobvaraq-fakturalar, asosiy vositalarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



47

Moliyaviy ijara ob’ektlarining boshlang‘ich qiymati bo‘yicha ishga tushirilishi (asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi) aks ettirilgan



0310

0820

Moliyaviy ijara ob’ektlarini ishga tushirish dalolatnomasi



48

Qurilish va asosiy vositalarni xarid qilish jarayonida vujudga kelgan va ob’ektlarning qiymatiga kiritilmaydigan zararlar va turli yo‘qotishlar hisobdan chiqarilgan



9430

0810-0820

Kapital qo‘yilmalarning inventarlanishi, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



49

Qurilish va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq, biroq ob’ektlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydigan xarajatlar korxona mablag‘lari hisobiga hisobdan chiqarilgan



9430

0810-0820

Kapital qo‘yilmalarning inventarlanishi, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



50

Inventarlashda tugallanmagan qurilish ob’ektlarining kamomadi aniqlangan:









Tugallanmagan qurilishning inventarlash natijalarining va inventarlash natijalari hisobining solishtirma qaydnomasi, rahbar buyrug‘i






a) qurilishi tugallanmagan yetishmayotgan ob’ektlarni balans qiymati bo‘yicha hisobdan chiqarishda



9220

0810







b) qurilishi tugallanmagan yetishmayotgan ob’ekt bo‘yicha rezerv kapitalini hisobga oluvchi schotlarda hisobga olinadigan qo‘shimcha baholash natijalari (saldosi) summasiga



8510

9220







v) yetishmayotgan o‘rnatilmagan asbob-uskunaning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga



5910

9220







g) moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb topilgan taqdirda



4730

5910







d) kamomadning aniq belgilangan aybdorlari aniqlanmagan taqdirda



9430

5910




51

Yosh hayvonlar asosiy podaga o‘tkazilgan



0170

0840

Yosh hayvonlarni ishchi va mahsuldor hayvonlar tarkibiga o‘tkazish dalolatnomasi



52

Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital qo‘yilmalar asosiy vositalar qiymatiga kiritilgan



0111

0850

Asosiy vositalarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



53

Xarid qilingan nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymati (amaldagi tannarxi) bo‘yicha balansga olingan



0410-0490

0830

Oldi-sotdi shartnomasi, nomoddiy aktivlarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



54

Tugallanmagan qurilish ob’ektlari sotilgan:









Oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-fakturalar, tugallanmagan qurilish ob’ektini tugatish dalolatnomasi






a) tugallanmagan qurilishning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha



9220

0810







b) kelishilgan o‘tkazish qiymati bo‘yicha



4010

9220







v) boshlang‘ich qiymat bilan kelishilgan qiymat o‘rtasidagi farq summasiga:















- agar kelishilgan qiymat ko‘proq bo‘lsa



9220

9320







- agar kelishilgan qiymat kamroq bo‘lsa



9430

9220




55

Tugallanmagan qurilish ob’ektlari alohida ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga berilgan:









Oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-fakturalar, tugallanmagan qurilish ob’ektini tugatish dalolatnomasi






a) tugallanmagan qurilishning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha



9220

0810







b) kelishilgan o‘tkazish qiymati bo‘yicha



4110

9220







v) boshlang‘ich qiymat bilan kelishilgan o‘tkazish qiymati o‘rtasidagi farq summasiga:















- agar kelishilgan qiymat ko‘proq bo‘lsa



9220

9320







- agar kelishilgan qiymat kamroq bo‘lsa



9430

9220




56

Favquloddagi vaziyatlar (tabiiy ofatlar, yong‘inlar, halokatlar va h.k.) natijasida tugallanmagan qurilish yo‘qotilishlari hisobdan chiqarilgan



9720

0810

Rahbar buyrug‘i, tabiiy ofatlar natijasida asosiy vositalarning chiqib ketishi to‘g‘risida dalolatnoma



57

Korxonaning o‘z kuchi bilan amalga oshirilgan asbob-uskuna o‘rnatilishi bo‘yicha xarajatlar aks ettirilgan



0820

1000, 6710,
6520 va b.



Yukxatlar, hisob-kitob qaydnomalari, ma’lumotnomalar



58

Xo‘jalik usuli bilan amalga oshiriladigan kapital qurilishda ustama xarajatlar ulushi aks ettirilgan



0810

2510

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



59

Kapital qurilish (ob’ekt ishga tushirilgunga qadar) bilan bog‘liq bank kreditlari va boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar summalari hisoblangan



0810

6920

Bank krediti bo‘yicha foizlar hisob-kitobi



60

Nomoddiy aktivlar ishlab chiqish davrida ularni xarid qilish uchun olingan kredit bo‘yicha foizlar hisoblangan



0830

6920

Bank krediti bo‘yicha foizlar hisob-kitobi



61

Xarid qilingan yer maydoni egasi tomonidan buzilgan qurilmalar va o‘simliklar qiymatini qoplash uchun hisob-kitob schotidan to‘lovlar amalga oshirilgan



0810

5110

Qoplashning hisob-kitobi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



62

Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlar valyuta schotidan to‘langan



0810

5210

Valyuta schotidan bank ko‘chirmasi



63

Shu’ba (qaram) jamiyati tomonidan bosh tashkilotdan ustav kapitaliga ulush bilan bog‘liq bo‘lmagan tugallanmagan kapital qurilishi olingan



0810

6110, 6120

Tugallanmagan qurilishni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi



64

Kapital qurilishida hisob siyosati bilan belgilangan tabiiy yo‘qotish me’yori chegarasida sarf-xarajat qilinadigan moddiy boyliklarning kamomad summasi hisobdan chiqarilgan



9430

0810

Inventarlash ro‘yxati, solishtirma qaydnomasi, inventarlash dalolatnomasi, rahbar buyrug‘i



65

Kapital qo‘yilmalar hisobiga o‘tkaziladigan xarajatlar rezervi tashkil etilgan



0810

8910

Rezerv summasining hisob-kitobi



66

Kamomadlar aybdor shaxslardan undirilishi rad etilgan yoki ular korxona hisobiga qabul qilingan taqdirda, kapital qurilishidagi moddiy boyliklar kamomadidan ko‘rilgan zararlar davr xarajatlariga kiritilgan



9430

0810

Inventarlash ro‘yxati, solishtirma qaydnomasi, inventarlash dalolatnomasi, rahbar buyrug‘i




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling