65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BO‘LIM. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR
II BOB. SCHOTLARNING BOG‘LANIShI
II qism. Joriy aktivlar II bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar III bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar - joriy qismi IV bo‘lim. Olinadigan schotlar - joriy qismi V bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar II BO‘LIM. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR Materiallarni hisobga oluvchi schotlarning (1000) bog‘lanishi O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schotlarning (1100) bog‘lanishi Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schotlarning (1500) bog‘lanishi Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schotlarning (1600) bog‘lanishi Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schotlarning (2000) bog‘lanishi O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schotlarning (2100) bog‘lanishi Yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlarni hisobga oluvchi schotlarning (2300) bog‘lanishi Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarning (2500) bog‘lanishi Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schotlarning (2600) bog‘lanishi Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schotlarning (2700) bog‘lanishi Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schotlarning (2800) bog‘lanishi Tovarlarni hisobga oluvchi schotlarning (2900) bog‘lanishi II bo‘lim schotlari quyidagilar mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan: - ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlar bajarilishida va xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanish uchun mo‘ljallangan xom ashyo, materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar zaxiralari, yonilg‘i, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik jihozlari, boshqa materiallar zaxiralari; - tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi; - tayyor mahsulotlar; - korxonaning oddiy faoliyati jarayonida sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. III bo‘limda kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismini hisobga oluvchi schotlar guruhlangan. Ushbu schotlarda korxonaning mazkur hisobot davrida amalga oshirilgan, biroq kelgusi hisobot davrlariga taalluqli xarajatlari hisobga olinishi lozim. Ular korxonada belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi kerak. Hisobvaraqlar rejasida bunday xarajatlar oldindan to‘langan ijara, gazeta va jurnallarga obuna, bo‘nak tariqasida to‘langan sug‘urtalardan iborat bo‘ladi. Biroq ushbu ro‘yxatni: - tog‘-kon tayyorlov ishlari, mavsumiy tavsifga ega bo‘lganligi munosabati bilan ishlab chiqarishni tayyorlash ishlari; - yangi ishlab chiqarish, moslamalar va agregatlarni o‘zlashtirish; - yerlarni tiklash va boshqa tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; - yil davomida asosiy vositalar ta’mirlanishi bir maromda amalga oshirilmasligi (agar korxona ta’mirlash fondini tashkil etmasa) bilan bog‘liq xarajatlar bilan to‘ldirish mumkin. IV bo‘limda joriy debitorlik qarzlarini, ya’ni 12 oy mobaynida qaytarilishi lozim bo‘lgan debitorlarning qarzlarini hisobga oluvchi schotlar jamlangan. Eng avvalo, ushbu schotlarda xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qarzlar, shuningdek ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram korxonalarning, turli jismoniy va yuridik shaxslarning berilgan bo‘naklar bo‘yicha qarzlari, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha qarzlari, xodimlarning berilgan kreditlar va zayomlar, keltirilgan zarar bo‘yicha debitorlik qarzlari va boshqa debitorlarning qarzlari hisobga olinadi. V bo‘limda pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini hisobga oluvchi schotlar, ya’ni kassadagi, bankdagi hisob-kitob va valyuta schotlaridagi, maxsus schotlardagi pul mablag‘larini, qisqa muddatli investitsiyalarni, turli boyliklar va boshqa joriy aktivlar buzilishi natijasida kelib chiqqan kamomad va yo‘qotishlarni hisobga oluvchi schotlar guruhlangan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling