65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi


Download 0.8 Mb.
bet70/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi
schotlarning (6400) bog‘lanishi (turlari bo‘yicha

6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schoti korxonaning budjetga to‘lovlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Mazkur schotning kreditida budjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyatlar summasi olinadigan schotlar, davr xarajatlari, soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishi, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Yakuniy hisob-kitobda, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha budjetga ilgari o‘tkazilgan bo‘nak to‘lovlari 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schotining debet tomonida budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schotlar (4400) bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Budjetga haqiqatda o‘tkazilgan summalar 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schotining debet tomonida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir soliq turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar

debet



kredit



1

O‘rnatiladigan asbobuskunani xarid qilishda uning sotib olish qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona to‘lovlari hisobga olingan



0710, 0720

6410

Soliqlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar



2

Asosiy vositalarni xarid qilishda uning sotib olish qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona to‘lovlari hisobga olingan



0820

6410

Soliqlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar



3

Nomoddiy aktivlarni xarid qilishda uning sotib olish qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona to‘lovlari hisobga olingan



0830

6410

Soliqlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar



4

Hayvonlarni xarid qilishda uning sotib olish qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona to‘lovlari hisobga olingan



0840

6410

Soliqlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar



5

Materiallarni xarid qilishda uning sotib olish qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona to‘lovlari hisobga olingan (QQS to‘lovchilari uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikka muvofiq o‘zaro hisob-kitob qilinadigan aksiz solig‘idan tashqari)



1010-1090

6410

Soliqlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar, hisobvaraq-faktura



6

1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schotidan foydalangan holda materiallarni xarid qilishda uning sotib olish qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona to‘lovlari hisobga olingan (QQS to‘lovchilari uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikka muvofiq o‘zaro hisob-kitob qilinadigan aksiz solig‘idan tashqari)



1510

6410

Soliqlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar, hisobvaraq-faktura



7

Tovarlarni xarid qilishda uning sotib olish qiymatiga kiritiladigan soliqlar va bojxona to‘lovlari hisobga olingan



2910

6410

Soliqlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar



8

Tayyor mahsulotni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarishda va xizmatlarni ko‘rsatishda QQS va aksiz summasi hisobga olingan



4010

6410

Hisobvaraq-faktura, yukxat



9

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga tayyor mahsulotni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarishda va xizmatlarni ko‘rsatishda QQS va aksiz summasi hisobga olingan



4110

6410

Hisobvaraq-faktura, yukxat



10

Ortiqcha to‘langan soliqlar hisobiga budjetdan mablag‘lar qaytarilgan (yakuniy hisob-kitoblarda va hokazolarda)



5110, 5210,
5530

4410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



11

Jismoniy shaxslarning mehnat haqidan daromad solig‘ini ushlab qolish bo‘yicha summalar hisobga olingan



6710

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



12

Hisoblangan dividendlardan foyda solig‘i summalari hisobga olingan



6610

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



13

Asosiy vositalar sotilishida va chiqib ketishida QQS va aksiz summalari hisobga olingan



9210

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



14

Boshqa aktivlar sotilishida va chiqib ketishida QQS va aksiz summalari hisobga olingan



9220

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



15

Davr xarajatlariga kiritiladigan turli ajratmalar, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha budjet oldidagi qarz aks ettirilgan



9430

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



16

Foyda solig‘i hisobga olingan



9810

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



17

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq hisobga olingan



9820

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



18

Yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i hisobga olingan



9820

6410

Soliq va yig‘imlar summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob jadvallari



19

Yil davomida amalda budjetga to‘lovlar o‘tkazilishi; to‘lovlar qo‘shimcha ravishda o‘tkazilishi aks ettirilgan



6410

5010, 5110

To‘lov topshiriqnomasi, bank schotlaridan ko‘chirmalar



20

Soliqqa tortishning qabul qilingan tizimidan kelib chiqqan holda, moddiy resurslar ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ga hisobdan chiqarilib borilishiga qarab, ularga taalluqli QQS summalari aks ettirilgan



6410

4410

Joriy oyda QQSni hisobga olish qaydnomasi



21

Banklardan qisqa muddatli qarz olish yo‘li bilan budjet oldidagi qarz qoplangan



6410

6810

Kredit shartnomasi, bank schotlaridan ko‘chirmalar



22

Banklardan uzoq muddatli qarz olish yo‘li bilan budjet oldidagi qarz qoplangan



6410

7810

Kredit shartnomasi, bank schotlaridan ko‘chirmalar



23

Boshqa korxonalardan qisqa muddatli qarz olish yo‘li bilan budjet oldidagi qarz qoplangan



6410

6820

Kredit shartnomasi, bank schotlaridan ko‘chirmalar



24

Boshqa korxonalardan uzoq muddatli qarz olish yo‘li bilan budjet oldidagi qarz qoplangan



6410

7820

Kredit shartnomasi, bank schotlaridan ko‘chirmalar



25

Imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shagan mablag‘lar aks ettirilgan



6410

8840

Buxgalteriyaning hisob-kitob qaydnomasi




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling