65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga
oluvchi schotlarning (6800) bog‘lanishi Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schotlar korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan so‘mda va chet el valyutasida olingan turli qisqa muddatli (12 oy muddatgacha) kredit va qarzlarning holatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi: 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari"; 6820 "Qisqa muddatli qarzlar"; 6830 "To‘lanadigan obligatsiyalar"; 6840 "To‘lanadigan veksellar". 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari" schotida korxonaning banklardan olgan turli qisqa muddatli kreditlari hisobga olinadi. Olingan qisqa muddatli bank kreditlarining summalari 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari" schotining kreditida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli schotlarning debetida aks ettiriladi. Qaytarilgan qisqa muddatli bank kreditlari summasi 6810 "Qisqa muddatli bank kreditlari" schotining debet tomonida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 6820 "Qisqa muddatli qarzlar" schotida O‘zbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilardan - boshqa korxona va tashkilotlardan (bankdan tashqari) 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga olingan qarzlar hisobga olinadi. Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) tushgan mablag‘lar pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning debeti va 6820 "Qisqa muddatli qarzlar" schotining krediti bo‘yicha qayd qilib boriladi. Olingan qarzlarni qaytarish 6820 "Qisqa muddatli qarzlar" schotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning kreditida aks ettiriladi. 6830 "To‘lanadigan obligatsiyalar" schotida to‘lov muddati 12 oydan ortiq bo‘lmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisobiga korxonaga jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinadi. Agar mablag‘larni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yo‘li bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq 6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" schotining kreditida hisobga olinadi. 6840 "To‘lanadigan veksellar" schotida qoplash muddati 12 oydan ortiq bo‘lmagan berilgan veksellar hisobga olinadi. Korxonada berilgan veksellarni hisobga olish operatsiyalari 6840 "To‘lanadigan veksellar" schotining krediti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning debetida aks ettiriladi. Veksel bo‘yicha operatsiyalar natijasida qarz beruvchidan olingan pul mablag‘larining korxona tomonidan qaytarilishi 6840 "To‘lanadigan veksellar" schotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling