Asosiy vositalar eskirishini hisobga
oluvchi schotlarning (0200) bog‘lanishi
Korxonaga egalik qilish huquqida tegishli bo‘lgan va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar eskirishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish quyidagi schotlar orqali amalga oshiriladi:
0211 "Yerni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi".
Tahliliy hisob tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi asosiy vositalarning eskirishi mavjudligi va harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Mazkur guruh schotlari krediti bo‘yicha, xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish aks ettiriladi.
Korxonaga egalik qilish huquqida tegishli bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarini tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berish, kamomad yoki nobud bo‘lish natijasida hisobdan chiqarishda ular bo‘yicha jamlangan eskirish summasi asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi tegishli schotlarning (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |