65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini


Download 0.8 Mb.
bet106/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini
hisobga oluvchi schotlarning (9100) bog‘lanishi

Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schotlar sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi";
9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi";
9130 "Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi";
9140 "Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish";
9150 "Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar".
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi", 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi", 9130 "Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schotlarining debetida xarajatlar, tayyor mahsulotlar (2800), tovarlar (2900)ni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9110-9130 schotlari 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schoti bilan yopiladi.
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schotlar (9100)dan amalda foydalanish korxonada qo‘llaniladigan tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisob usuliga bog‘liq.
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qo‘llanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarda to‘planadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 "Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish" schotida yig‘iladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat TMZni inventarlash o‘tkazilgandan so‘ng aniqlash mumkin. 9150 "Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar" schoti - hisobot davrining oxirida inventarlash natijasida TMZ mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schotdir. Qayd etilgan schotning debeti bo‘yicha TMZning kamayishi, krediti bo‘yicha TMZning o‘sishi TMZni hisobga oluvchi schotlar (1000-2900) bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
9150 "Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar" schotining qoldig‘i 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schotiga o‘tkazilishi orqali yopiladi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling