T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Asosiy vositalar ob’ekti operativ ijaraga olingan
|
001
|
|
Asosiy vositalar ob’ektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
|
2
|
Ijara haqi hisoblangan
|
2010, 2310,
2510, 9400
|
6910
|
Shartnoma, hisobvaraq-faktura, buxgalteriyaning hisob-kitobi
|
3
|
Ijaraga beruvchiga ijara to‘lovi o‘tkazilgan
|
6910
|
5110
|
Bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma
|
4
|
Ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ekti ijaraga beruvchiga qaytarilganda, u hisobdan chiqarilgan
|
|
001
|
Asosiy vositalar ob’ektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
|
002 "Mas’ul saqlashga qabul qilingan
tovar-moddiy qiymatliklar" schoti
002 "Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar" schoti mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schotda buyurtmachining qayta ishlov berish uchun qabul qilingan materiallari hisobga olinmaydi.
Xaridor tashkilotlar mazkur schotda mas’ul saqlash uchun qabul qilingan qiymatliklarni quyidagi holatlarda, agar korxona asoslangan sabablarga ko‘ra to‘lovni rad etganda, buyurtma berilmagan tovar-moddiy qiymatliklar olinganda va hokazolarda hisobga oladilar. Hisob qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida yoki hisobvaraq-fakturalarda nazarda tutilganidek olib boriladi.
Mol yetkazib beruvchi tashkilotlar ushbu schotda xaridorlar tomonidan to‘langan va mas’ul saqlash uchun qoldirilgan, saqlash tilxatlari bilan rasmiylashtirilgan, biroq korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan olib ketilmagan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga oladi.
Tahliliy hisob korxonalar, turlari, navi va saqlash joyi bo‘yicha yuritiladi.
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Mas’ul saqlashdagi tovar-moddiy qiymatliklar hisob uchun qabul qilingan
|
002
|
|
Yukxat
|
2
|
Tovar-moddiy qiymatliklar egasiga qaytarilgan
|
|
002
|
Yukxat
|
3
|
Egalik huquqi korxonaga o‘tkazilgan
|
1010-1090
|
6010
|
Hisobvaraq-faktura, yukxat
|
Do'stlaringiz bilan baham: |