65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga


Download 0.8 Mb.
bet16/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga
oluvchi schotlarning (0600) bog‘lanishi

Boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari hamda boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (qo‘yilmalar)ning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


0610 "Qimmatli qog‘ozlar";
0620 "Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
0630 "Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
0640 "Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar";
0690 "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar".
Ularning xarid qilinishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schotlarning debetida hisobga olinadi, uzoq muddatli investitsiyalarning hisobdan chiqarilishi, tekinga berilishi, ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi oqibatida chiqib ketishi esa - ushbu schotlarning kreditida aks ettiriladi.
Investitsiyalar buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-son BHMS) "Jamlangan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish" (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 oktabrdagi 50-son bilan tasdiqlangan va O‘zR AV tomonidan 1998 yil 28 dekabrda 580-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-son BHMS) "Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish" (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 23 dekabrdagi 65-son bilan tasdiqlangan va O‘zR AV tomonidan 1999 yil 16 yanvarda 596-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling