673-yilda Buxoroga bostirib kirgan Ubaydulloh ibn Ziyod Marvga qanday o'ljalar bilan qaytdi?


Download 30.88 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi30.88 Kb.
#234591
Bog'liq
8-12-mavzu 7-sinf UZB


  1. 673-yilda Buxoroga bostirib kirgan Ubaydulloh ibn Ziyod Marvga qanday o'ljalar bilan qaytdi?

A) to'rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlar

B) o'n ming asir, kiyim-kechak, oltin, kumush va mis qimmatbaho buyumlar

C) o'ttiz ming asir, oltin va kumush buyumlar va qurol-yarog'

D) besh ming asir, kulolchilik buyumlari va qurol-yarog'



  1. “Islom” so`zining lug`aviy ma`nosi nima?
    A) “e`tiqod qilish” B) “jasur”, “erkin’
    C)“bo`ysunish”, “itoat etish” D) “arablar dini”

  2. Arablar kimning boshchiligida ilk bor Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoroga bostirib kiradilar?
    A) Muoviya I B) Qutayba ibn Muslim
    C)Ubaydulloh ibn Ziyod D) G‘urak

  3. Xurosonning poytaxti arablar tomonidan nechanchi yilda bosib olinadi?
    A) 654-yil B) 651-yil C)667-yil D) 673-yil

  4. Arablarning Movarounnahrga ilk bor hujumlari qaysi shaharlarni bosib olishdan boshlandi?
    A) Maymurg‘, Chag‘oniyon B) Chag‘oniyon, Buxoro
    C) Marv, Balx D) Buxoro, Samarqand

  5. Qutayba ibn Muslim Buxoroni egallagach, u yerda qanday ishlarni amalga oshiradi?
    1) Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidga aylantirdi
    2) Buxoroda arab me‘morchiligiga xos turli xil hashamatli inshoatlar qurdirdi
    3) sug‘diy tili xatida bitilgan asarlarni yo‘qotdi
    4) buxoroliklarni turli xil soliqlardan ozod qildi
    5) mahalliy aholini islom diniga kiritishga harakat qildi
    6) aholiga turli xil yengilliklardan tashqari asirdagi mahbuslarni ham ozodlikka chiqardi
    A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C)1, 2, 6 D) 4, 5

  6. (arabcha) – chek, taqsimlab berilgan yer, hukmdor tomonidan katta xizmatlari uchun in’om qilingan chek yer nima deyilgan?

A) Ushr B) Xiroj C) Iqto D) Benefitsiy

  1. Movarounnahrda arablar qanday soliq turlarini joriy etdilar?
    1) xiroj 2) ushr 3) kalon 4) zakot 5) alg‘ut 6) qopchur 7) mushrifona 8 ) jiz’ya 9) tanobona
    A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 2, 4, 8 C)1, 3, 5, 8, 9 D) 2, 6, 7, 9

  2. Arablar bosqini davrida Choch viloyatining bosh shahrini aniqlang.
    A) Tunkat B) Madinat ash-Shosh C) Binokat D) Koson

  3. Ma‘lumki, 712-yilda Qutayba qo‘shinlari Samarqandga hujum qiladi. Bu davrda Sug‘d podshosi kim edi?
    A) Hurzod B) Tarxun C)G‘urak D) Divashtich

  4. Arablar Movarounnahrda islom dinini qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan qanday soliq undirgalar?
    A) zakot B) xiroj C)jiz‘ya D) ushr

  5. 720-yilda Sug‘dda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon boshchilarini aniqlang.
    A) Said Xarashiy va Abu Muslim B) G‘urak va Divashtich
    C Abu Muslim va Muqanna D) Abu Muslim va Dovud

  6. Arablar bosqini voqealari yozib qoldirilan "Buxoro tarixi" asarining muallifi kim?

A) Tabarziy B) Narshaxiy C) Beruniy D) Ibn Battuta

  1. Mahalliy aholini Islom diniga kiritish maqsadida masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etgan noibni aniqlang.

A) Qutayba ibn Muslim B) Xalifa Sulaymon C) Muoviya I D) Xalifa Umar ibn Abdulaziz

  1. VIII asrning 40-yillarida Arab xalifaligida …

A) hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi keldi B) Muqanna qo‘zg‘oloni ko‘tarildi

C) abbosiylar hukmronligi barham topdi D) toj-u taxt uchun kurash kuchaydi



  1. Quyidagi qaysi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo‘shatib beriladi?

A) Buxoro, Poykand, Sug‘d B) Xorazm, Poykand, Sug‘d C) Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand D) TJY

  1. Mahalliy aholi bilan yaqinlashishga intilib, hatto Buxorxudotning qiziga uylangan Xuroson noibi kim edi?

A) Ashros B) Said Xaroshiy C) Umar ibn Abdulaziz D) Nasr ibn Sayyor

  1. O`rta asrlarda shahar maydoni eng katta bo`lgan hududni Qutayba qo`shinlari qachon egallagan?
    A) 711-yil B) 709-yil C) 712-yil D) 710-yil

  2. Abbosiylar tomonidan Abu Muslimning o‘ldirilishi…
    A) mahalliy hokimlarning mustaqil davlat tuzishiga imkon berdi
    B) Xuroson va Movarounnahrda abbosiylaga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo‘ldi
    C) xitoyliklarning bosqiniga sabab bo‘ldi D) mehnatkash xalqning abbosiylar zulmi ostida qolishiga zamin yaratdi

  3. Movarounnahrda bo‘lib o‘tgan yirik qo‘zg‘olon rahbari Muqannaning asl ismini aniqlang.
    A) Hoshim ibn Hakim B) Mazdak ibn Hamadon C) Rofe ibn Lays D) Qutbiddin ibn Hoshim

  4. Qaysi hudud Muqanna qo‘zg‘olonining markazi hisoblangan?
    A) Sug‘d vohasi B) Buxoro vohasi C) Farg‘ona vodiysi D) Marv shahri

  5. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni natijasida qaysi hududlar xalifalik qo‘lidan ketadi?
    A) Naxshab, Kesh, Nishopur, Ray va Marv B) Samarqand, Naxshab, Kesh va Marv
    C) Samarqand, Shosh, Farg‘ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm D) Farg‘ona, Buxoro va Xorazm

  6. Arablar Chag`oniyonga qachon hujum qiladilar?

A) 651- yilda B) 654-yilda C) 667 -yilda D) 661-yilda

  1. Arablar Maymurg’ga qachon hujum qiladilar?

A) 651- yilda B) 654-yilda C) 667 -yilda D) 661-yilda

  1. Qachon arablar Movorounnhar hududini to`liq bosib olishga kirishdi?

A) VI asr oxiri B) VIII asr boshi C) VII asr o`rtasi D) VII asr oxiri

  1. Qutayba qachоn Buxoroni egallaydi?

A) 704-yilda B) 705-yilda C) 713-yilda D) 709-yilda

  1. Farg`ona vodiysini egallagan arablar qayergacha kirib boradi?

A) Yettisuv B) Qoshg`ar C) Oltoy D) Mo`lton

  1. Ma`lumki, Arablar Movarounnahrni bosib olgach, bu yerdagi yer-mulklar xalifaga qarashli bo‘lib qoldi.

Xalifa davlat yerlarini qanday ko`rinishda in`om etgan? A) suyurg`ol B) jogir C) iqto D) grass

  1. Idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliqni anilang

A) ushr B) zakot C) hiroj D) jizya

  1. Quyidagi qaysi хalifa murakkab vaziyatni hisоbga оlib, bo`ysundirilgan yеrli хalqlar bilan kеlishish siyosatini amalga оshirishga majbur bo`ldi?

A) Marvоn II B) Abul Abbos Saffoh C) Muоviya I D) Umar ibn Abdulaziz

  1. Хurоsоnning qaysi nоibi mamlakatda o`z mavqеyini mustahkamlash maqsadida mоliya islоhоti o`tkazadi?

A) Qutayba ibn Muslim B) Ashros C) Nasr ibn Sayyor D) Said Хarоshiy

  1. «Оq kiyimlilar» qo`zg`оlоniga zarba bеrish uchun хalifa Mansur katta harbiy kuchni Mоvarоunnahrga qachоn safarbar qiladi?

A) 775- yilda B) 777- yilda C) 776- yilda D) 778-yilda

  1. Oq kiyimlilar qo`zg`alonining yengilishining asosiy sababi(lari) nima edi?

A) qo`zg`alonning uzoq davom etganligi B) qo`zg`alonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganliklari

C) mahalliy mulkdorlarning arablar tomoniga o`tib ketishi D) Yuqoridagilarning barchasi to`g`ri



  1. Qayеrda Rоfе ibn Lays bоshchiligida хalifalikka qarshi qo`zg`оlоn ko`tariladi?

A) Samarqandda B) Naхshabda C) Tеrmizda D) Buхоrоda

  1. Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo’zg’olonni bostirish uchun kim Somon xudotning nabiralari: Nuh, Ahmad va yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so‘raydi?

A) Ashros B) Umar ibn Abdulaziz C) Nasr ibn Sayyor D) Ma’mun

  1. “Muqаnnа isyoni” tаriхiy-аdаbiy оchеrkini kim yozgаn?

A) Hаmid  Оlimjоn  B) Sаdriddin  Аyniy C) G’ofur G’ulom D) Oybek

  1. “Muqаnnа”  drаmаsini kim yozganligini aniqlang?

A) Hаmid  Оlimjоn  B) Sаdriddin  Аyniy C) G’ofur G’ulom D) Oybek

  1. 750-yilda qayеrda arablarga qarshi qo`zg`оlоn bo`lgan?

A) Samarqandda B) Naxshabda C) Termizda D) Buхоrоda

  1. Quyidagi ta’rif kimga tegishli ekanligini aniqlang “u ko‘p o‘qigan, g‘oyat ziyrak bo‘lib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgangan”

A) Dukchi Eshon B) Amir Temur C) Jaloliddin Manguberdi D) Muqanna

  1. Movarounnahrga tegishli masalalar quyidagi qaysi devonda hal qilinar edi?

A) devon al-mashriq B) devon al-mag‘rib C) devon al-xaraj D) devon al-ulus
Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling