1. Yumush fe'l lari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar
Download 105 Kb.
|
fe\'l so\'z turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat-holat fel lari.
- Holat fellari
- Fel nisbatlari
Fe'l arabcha so'z bo'lib "harakat" degan ma'noni bildiradi. Harakat-holat ma'nosini ifodalab, nima qildi. (bo'di)?. nima qiyapti( bo'yapti)?, nima qiladi(bo'ladi)? singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'z turkumiga fe'l deyiladi. Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga boʻlinadi. 1.Yumush fe'l lari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar. 2.Tafakkur fe'l lari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi. 3.Sezgi fe'l lari: sezdi, his qildi. 4.Ruhiy holat fe'l lari:kuldi,xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi. 5.Nutq fe'l lari:gapirdi, so'z ladi, bayon qildi, ifoda qildi. 6.Ishora fe'l lari:imo qildi, labini burdi,ko'zini qisdi va boshqalar. 7.Jismoniy holat fe'l lari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, charchadi. 8.Tabiy holat fe'l lari: eridi, muzladi, uxladi va boshqalar. 9.Ko'rish fe'l lari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi. Harakat-holat fe'l lari. Fe'l lar nimani atab kelishiga ko'ra harakat va holat fe'l lariga boʻlinadi. Harakat fe'l lari----shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida roʻy bergan harakatni bildiruvchi fe'llar harakat fe'l lari hisoblanadi:yurmoq, yugurmoq, chiqmoq, bormoq,qimirlamoq, yelmoq, sudralmoq, sakramoq, uchmoq, o'tmoq,silkinmoq...... Holat fe'llari -----shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtish jarayonini ifodalovchi fe'llarga holat fe'llar deyiladi: o'ylamoq, fikrlamoq, ikkilanmoq, sarg'aymoq, kumloq, yig'lamoq, qizamiq, q otmoq... O'timli va o'timsiz fe'llar. Fe'llar grammatik maʼnoga ko'ra ikkiga boʻlinadi:o'timli hamda o'timsiz. Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bogʻlanadigan fe'llar o'timli fe'llar hisoblanadi:o'qidi, ko'rdi, yod oldi.... O'timli fe'l kimni? nimani? so'roqlarga javob bo'ladi:kitobni o'qidi, do'stini ko'rdi, she'rni yod oldi.... Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lanmaydigan fe'llarga o'timsiz fe'llar deyiladi,:bordi, uxladi, ranjidi.. O'timsiz fe'llar nimani? kimni? so'roqlarga javob bo'lmaydi:uyga bordi, xonada uxladi, do'sti ranjidi... Fe'l nisbatlari Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe'l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Fe'ldan anglashilgan harakat- holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasida munosabatni ifodalovchi ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari deyiladi. Shunga ko'ra fe'llar 5 ta nisbatga bo'linadi:1) aniq nisbat; 2) o'zlik nisbat; 3) orttirma nisbat ;4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbat. Nisbat shakllari fe'llning asos qismidan keyin qo'shiladi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling