1. Yumush fe'l lari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar
Download 105 Kb.
|
fe\'l so\'z turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KELASI ZAMON SHAKLLARI.
- KOMAKCHI FELLAR.
HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda roʻy berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma'nosi -yapti, -yotir, -moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. Masalan :yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe'l asoslariga, -yotir esa fe'lning ravishdosh shakliga qo'shiladi. Hozirgi zamon shakllari ma'lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl bo'lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir. -yap shakli undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi KELASI ZAMON SHAKLLARI. Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan soʻng roʻy berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon ma'nosi fe'llning -a ravishdosh shakliga -di, -jak, fe'l asoslariga -a, -y, -ar, -urush, -gusi qo'shimchalari qo'shish orqali hosil boʻladi. Masalan; o'tiraman , yashayman,kelajak, kelar, kelur, kelgusi, keladi kabi. Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay, -urush, -gusi shakllari badiiy va publitsistik uslubga xosdir. Uslubiy betaraflik belgisiga koʻra -adi va -ar shakllari bir guruhni tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma'nosini bildirish-bildirmasligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma'noga betaraf bo'lsa, ikkinchi shakl gumon-taxmin ma'nosiga ega. Solishtirsak ;keladi— kelar. KO'MAKCHI FE'LLAR. Ravishdoshning -a/y, -(i) b shakllariga qo'shilib, o'z mustaqil ma'nolarini yo'qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi ) va tarzi (tezligi, imkoniyati) ni bildiruvchi boshlamoqchi, olmoq, yubormoqchi, turmoq, chiqmoq singari fe'llar ko'makchi fe'llar hisoblanadi,. Salim kitobni o'qib chiqdi. Gapida chiqdi fe'li "tashqarida bo'lmiq" lug'aviy ma'nosini yo'qotib, gapdagi o'qib yetakchi fe'llning ma'nosini biroz o'zgartirish, ya'ni undan anglashilgan harakatning tugallangan ligini bildiradi. Bunday so'zlar ham tuzilishiga koʻra, FE'L+FE'L tarzida bo'ladi. Birinchi fe'l so'zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. Shuning uchun u yetakchi fe'l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga(yetakchi fe'lga) qo'shilib, unga turli xil qo'shimcha ma'nolarini yuklaydi, lekin yetakchi fe'lning leksik ma'nosini o'zgartib yubormaydi. Undan yangi fe'l hosil bo'lmaydi. Shuning uchun bunday fe'llarga ko'makchi fe'llar deyiladi. Shuni takidlash kerakki , faqat ko'makchi fe'l vazifasini bajaruvchi alohida fe'llar mavjud emas. Bir qator mustaqil fe'llar yetakchi fe'l qo'shilganda ko'makchi fe'l vazifasida keladi. Ularga quyidagilar kiradi :boshla,yot, tur, bor, o'tib bo'l, bitir,bit, ol,ber, qo'y, chiq,kel, ket, yubor,tashla,sol, tush, qara,boq va boshqalar kiradi, Ko'makchi fe'lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe'l hisoblanadi, Ko'makchi fe'l faqat yetakchi fe'l bilan birgalikda qoʻllaniladi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo'llanuvchi olmoq(xatni olmoq)., tugatmoq(o'qishni tugatmoq), turmoq(o'rindan turmoq), tashlamoq(qogʻoz tashlamoq) fe'llardan farq qiladi. 1) ravishdoshning -a/-y shakliga qo'shiluvchi BOSHLAMOQ ko'makchi fe'li harakatning boshlanishini bildiradi. 2) ravishdoshning -a/-y shakliga qo'shiluvchi OLMOQ ko'makchi fe'li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini anglatadi. 3) ravishdoshning -(i) b shakliga qo'shiluvchi YUTMOQ, TURMOQ, TURMOQ ko'makchi fe'llari harakatning davomiyligini bildiradi. 4) ravishdoshning -(b) shakliga qo'shiluvchi YUBORMOQCHI, TASHLAMOQ, QO'YMOQ ko'makchi fe'llari harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi. 5) ravishdoshning -(b) shakliga qo'shiluvchi CHIQMOQ ko'makchi fe'li harakatning to'la yakunlanganini bildiradi. Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida ko'makchi fe'l birdan ortiq bo'lishi mumkin. Aytib bera olmay qoldi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling