69 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan “El ardog’idagi shoir” nomli


Download 246.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana07.05.2023
Hajmi246.93 Kb.
#1440361
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
M.YUSUF senariysi



Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida

Muhammad Yusuf tavalludining 
69 yilligi 
munosabati bilan o’tkaziladigan
“El ardog’idagi shoir” 
nomli
 tadbir senariysi 
Tadbir o`tkaziladigan zal bayramona bezatiladi. 
“El ardog’idagi shoir” 
mavzusida 
adabiy burchak tashkil qilinadi. Adabiy burchakda shoirning chop etilgan kitoblari, gazeta 
va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning 
fotosuratlari qo`yiladi.
Tadbirga shoirning ijodi bilan yaqindan tanish bo’lgan insonlar, viloyattimizda ijod 
qilayotgan yozuvchi va shoirlarni, adabiyot fani o`qituvchilarini ham taklif qilinadi.
Zalda Muhammad Yusuf she’rlari asosida dilkash qo`shiq yangrab turadi. 
Tadbirni markazning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari M.Yusuf qalamiga 
mansub 
“Talabalar madhiyasi” 
she’rini ifodali aytish bilan boshlab beradi. 

Abdurashitova Shaxzoda 
(o’rtadan chiqib keladi)
 
Alp o`g`lonlar o`lkasi bu ko`hna Turon 
Qalqonlari, qanotlari ilm istang. 
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, 
Alisherning avlodlari ilm istang! 
Yaxshiboyeva Mastura 
(o’ng tomondan chiqib keladi)
 
Taxtdan tushganda ham otdan tushmagan, 
Ajdodingiz uy qurmagan-Davlat qurgan. 
Yurti uchun yelkasida tog`lar surgan, 
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang. 
Namuratova Dilnoza
 
(o’ng tomondan chiqib keladi)
 
Ko`z ochgandan kezib yetti bag`ri ummon, 
Yetti tilda so`zlashgan biz tili biyron. 
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton- 
Boburlari, Behzodlari ilm istang. 
Abdurashitova Shaxzoda.
 
Haq yo`lida siz ilmning ummatlari, 
Xalq yo`lida hidoyati, himmatlari, 
Madad bo`lsin Yassaviyning hikmatlari 
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang. 




Download 246.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling