6bi 21 guruh talabasi: Rahmatullayev Murodulla
Download 0.72 Mb.
|
Murodulla
6BI 21 guruh talabasi: Rahmatullayev MurodullaMavzu: O’zbekiston Respublikasi budjet soliq siyosati
Siyosatning juda ko‘p yoki xilma-xil tur (ko‘rinish)lari mavjud. Ulardan biri byudjet-soliq siyosatidir. Bu siyosat ayrim hollardagidek, quruq gap bilan emas, balki pul mablag‘larining harakati bilan bevosita bog‘liq. Undan doimo pul mablag‘larining o‘ziga xos bo‘lgan o‘tkir “hid”i ufurib turadi. “Pul bo‘lsa, changalzorda – sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayotgani yo‘q. Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti. Byudjet-soliq siyosatini pul mablag‘larining harakatidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bordi-yu, shunday qilinsa, u o‘z kuchini va ta’sirchanligini yo‘qotib, siyosatga emas, balki oddiy safsataga aylanadi-qoladi. Eng umumiy va sodda tarzda byudjet-soliq siyosati bir tomondan, byudjet daromadlarini (oqilona) shakllantirish va ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarini (samarali) sarflash bilan bog‘liq. Aslida byudjet siyosati tom ma’noda o‘z ichiga soliq siyosatini ham qamrab oladi. Biroq amaliyotda ko‘pchilik hollarda, byudjet daromadlarini shakllantirishga qaratilgan siyosatni, odatda, soliq siyosati2 va byudjet xarajatlarini sarflashga qaratilgan siyosatni esa byudjet siyosati3, deb yuritiladi. Shu ma’noda byudjet-soliq siyosatini shartli ravishda bir-biridan va nisbiy jihatdan mustaqil bo‘lgan byudjet va soliq siyosatlarining majmuyi sifatida ham e’tirof etish mumkin. Biroq bu siyosat bekordan-bekorga yagona nom bilan atalib, byudjet-soliq siyosati, deb yuritilmaydi. Buning o‘ziga xos sababi bor. Bu sababning negizida ularni bir-biridan mutlaqo ajratib bo‘lmasligi yotadi. Byudjet siyosatidan absolyut mustaqil bo‘lgan hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lmagan holda ishlab chiqilgan soliq siyosati mavjud emas va aksincha. Navbatdagi moliya yilida soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir o‘zgarishlar, boshqa ba’zi bir sabablar bilan bir qatorda, oxir oqibatda, o‘sha yilga daxldor bo‘lgan byudjet xarajatlari ko‘lamining qanday ekanligiga borib taqaladi. O‘z navbatida, shu yildagi byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim o‘zgarishlarni asosan, shak-shubhasiz, byudjet daromadlari hajmi (miqdori) ning qanday ekanligi belgilab beradi. Shu ma’noda byudjet siyosatisiz soliq siyosatini va aksincha, soliq siyosatisiz byudjet siyosatini to‘g‘ri tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular ikkalasining o‘zaro mushtarakligi, bir-birini taqozo etishi va vobastaligi byudjet-soliq siyosatining yagonaligidan dalolatdir. Har bir mamlakatda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi lozim bo‘lgan byudjet-soliq siyosatining mazmun-mohiyati va uning yo‘nalishlarini eng avvalo, shu mamlakatda bozor munosabatlarini shakllantirishda uning qanday modeliga tayanilgani (asoslanganligi) belgilab beradi. Shu ma’noda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati o‘zaro vobastadir. Ularning ikkinchisi (byudjet-soliq siyosati)ni birinchisi (bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari)dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Agar aksincha ish tutilsa, bu bir tomondan, mamlakatda sog‘lom bozor munosabatlarining rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi, uni murakkablashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, byudjet-soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning u yoki bu modelining o‘ziga xos xususiyatlari, talablari va prinsiplari inobatga olinmasa, bu bunday siyosatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga o‘ziga xos zamin tayyorlaydi va byudjet-soliq siyosati albatta, ertami-kechmi, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shu munosabat bilan alohida qayd etish lozimki, u yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib toptirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi: 1.Liberal model. 2.Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model. Byudjet-soliq siyosati 23 Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu ikki modeli o‘ziga xos xususiyatlarga yoki xarakterli belgilarga ega. Shu o‘rinda har bir modelga tegishli bo‘lgan bu xarakterli belgilarni kimlarningdir ijod mahsuli sifatida emas, balki iqtisodiy hayot aksiomasi tarzida e’tirof etish lozimligini ham qayd etib o‘tish joiz. Bizning xoxish-irodamizga bog‘liq bo‘lmagan holda ular tabiiy ravishda o‘zini namoyon etib turibdi. Bu yerda sun’iy ravishda u yoki bu modelga “tiqishtirilgan” xarakterli belgi yo‘q. Shu bois ba’zi-birovlar tomonidan ular “reviziya” qilinmasligi yoki shubha ostiga olinmasligi kerak. Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi odatda, unga tegishli bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi9. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet, deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko‘p bo‘lishiga byudjet defitsiti10, deyiladi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining o‘zaro to‘g‘ri nisbati xususidagi muammo moliyaviy adabiyotlarda munozarali hisoblanadi. Hamon unga nisbatan yagona bir to‘xtamga kelinmagan. Munozaralarda ishtirok etuvchilarni eng umumiy ko‘rinishda ikki guruhga ajratish mumkin ular quyidagi ikki maktabning vakillari hisoblanadi: • keynschilar maktabi vakillari; • neoklassik yo‘nalishdagi maktab vakillari. Keynschilar maktabining vakillari sistematik yoki doimiy byudjet defitsiti konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlab, ular bunda quyidagi ijobiy holatlarning bor ekanligini qayd etadilar: • byudjet defitsiti milliy iqtisodiyot uchun xavf tug‘ dirmaydi. Buning sababi shundaki, byudjet defitsiti sharoitida barcha xarajatlar, shu jumladan, ularning daromadlardan ortiqcha bo‘lgan qismi ham shu byudjet defitsiti mavjud bo‘lgan davlatning hududi doirasida amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida, undagi turmush sharoitining oshishiga (yaxshilanishiga) o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Byudjet defitsitining bunday turlarga bo‘linishi xalqaro metodologiyaga muvofiq davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foizlar to‘lovining byudjet xarajatlariga kiritilishi bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra byudjet defitsitini turkumlarga ajratishning asosiga byudjet defitsitini aniqlashda davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining hisobga olinishi yoki olinmasligi yotadi. Agar byudjet defitsiti davlat qarzlari bo‘yicha foizlar to‘lovini hisobga olmasdan uning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlansa, bunday byudjet defitsiti birlamchi byudjet defitsiti deyiladi. Aksincha, byudjet defitsiti, davlat qarzlari bo‘yicha foizlar to‘lovini hisobga olib, uning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlansa, bunday byudjet defitsiti ikkilamchi byudjet defitsiti, deyiladi. Boshqa hollar teng bo‘lgan sharoitda byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari16 quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: • iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital qo‘yilmalarini amalga oshirishning zarurligi; • favqulodda hodisalarning mavjudligi; • iqtisodiyotdagi tanazzulli (krizisli) holatlar va uning yemirilishi Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling