6mavzu. Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish
YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
Download 61.26 Kb.
|
6-mavzu
5. YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyam to‘g‘risida»gi PF4947son Farmonning 4bandida «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur Farmonning 1bandi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Jismonan sog‘lom, rux.an va aklan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodik, qat’iy x,ayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohdglarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasbxunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash to ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, :zrni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, *sh oilalar uchun munosib uyjoy va ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» deb nomlangan aloxdda band (4.5band)da aks ettirildi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida uz ifodasini topdi. O‘zbekiston Prezidenti SH. Mirziyoevning tashabbusi bilan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb atalgan 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida jiddiy ishlar qilinishi 25 ta topshirikning bajarilishi aniq qilib belgilab qo‘yildi. Ma’lumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi URK406son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi 429-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qurish uning boshqa bir jihatidir. SHu o‘rinda «yoshlarga oid davlat siyosati» tushunchasi nimani anglatishini bilib olishimiz lozim. YOshlarga oid davlat siyosati deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jixdtdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining «YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6moddasining 1 qismida «yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, hududiy va boshk,a dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan. Usha moddaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, lududiy va boshks dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, itstisodiy, ijtimoiy xhamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ximon kslish va ro‘yobga chitsarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat x\ayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sotom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiksladi xhamda amalga oshiriladi», deyiladi. SHundan kelib chiqib, 2017 yilda YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chikssh va tasdiqlash vazifasi qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlanadigan mazkur dastur doirasida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafko‘raviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, yoshlarni ijtimoiy xlmoya qilish, zamonaviy kasbxunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Mazkur dasturning ijrosi bo‘yicha davlat hokimiyati mahalliy organlarining mutasaddi hodimlari YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi ijrosini joylarda sifatli ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladigan davra suxbatlari va seminarlar o‘tkazadi. Bunday ishlarni butun yil davomida amalga oshirish lozim bo‘ladi. SHu o‘rinda «yoshlar» tushunchasining yuridik mazmuniga to‘xtalib utaylik. Xush, yoshlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi? «YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 3moddasiga muvofiq «yoshlar (yosh fuqarolar) un turt yoshga tulgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar»dir. Esh oila deganda, erxotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolgiz otadan yoki yolgiz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikoxdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. Esh mutaxassis deganda, oliy yoki o‘rta maxsus, kasbxunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan hodim tushuniladi. YOshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan xolda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. «YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uyjoy va ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan. Qonunning 9-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, proko‘ratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va uyjoy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda «Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol yoshlarga taqdim etish vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyihasmeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari evaziga kuriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uyjoylar bilan ta’minlanadi va ularga uzok muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi. O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa yoshlar orasida kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan say-harakatlari dikkatga sazovordir. Ana shu yo‘lda 2017 yilning sentabr oyida o‘quvchi yoshlarning mafko‘raviy immunitetini mustax,kamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib ukigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan 160 million sum ajratish ko‘zda tutilgan. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi yoshlar turli yot g‘oya va mafko‘ralardan himoya qilinadi, ularning mafko‘raviy immuniteta mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishga xissa kushiladi. 2017 yil davomida aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy extayojlarini yanada to‘larok kondirish maqsadida «Adabiyotga e’tibor ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» an’anaviy tadbiri va uning doirasida «Kitob millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida ilmiyamaliy konferensiya va «Bolalar kitoblari» an’anaviy respublika festivali tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Har bir tuman markazida kitob dukonlari ochiladi va ular yangi asarlar bilan boyitiladi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va xozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalari nashr etiladi va hududlarda, xususan, respublika axborotresurs markazlarida ularning taqdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishdan adabiyot orkslixalqma’naviyatini yuksaltirish, on.te i i kitob ukssh an’analarini kengtargib kslish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatsha, kitobmutolaasi madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish maqsad qilib olingan. Download 61.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling