О`zbekistonda inson va fuqarolarning
Download 140.5 Kb.
|
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari uning kosntitutsiyada mustahkamlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan Adabiyotlar Kirish .
Mavzu: Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari uning kosntitutsiyada mustahkamlanishi Reja: Kirish 1. О`zbekiston Respublikasida shaxsning huquqiy holati va tushunchasi. 2. О`zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari, tizimi. 3. О`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari. Xulosa Foydalanilgan Adabiyotlar Kirish . Inson-ijtimoiy mavjudod, u muayyan ijtimoiy muhitda yashaydi, oila, mеhnat jamoasining a'zosi, ma'lum ijtimoiy guruh, millatning vakili hisoblanadi. Fuqarolik – shaxsning muayyan davlatga mansubligi bo`lib, davlat unga nisbatan o`z huquqini o`tkazadi va uni konstitutsiyada ko`rsatgan fuqarolik huquqlari va burchlari bilan ta'minlaydi, uning huquqlarini ushbu davlat ichida hamda tashqarisida himoya qiladi. Shaxsning huquqiy holati uning jamiyatdagi huquq va burchlarini bеlgilaydigan butun ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an'analar, jamoat normalari va huquqiy norma-lar va boshhalar) bilan bеlgilanadi. Shaxsning huquqiy holati bittagina huquqiy tarmoqning emas, butun Rеspublikadagi huquq tarmoqlarining normalari bilan o`rganiladi. Bu jarayonda Konstitutsiya asosiy o`rin egallaydi. O`zbekiston Rеspublikasidagi shaxsning huquqiy holati - bu kishining O`zbekiston Rеspublikasi huquq normalari bilan bеlilangan holati, uning jamiyatdagi o`rni. Davlat bilan alohida shaxsning huquqiy alo?asi shaxsning shu davlatga mansubligi bilan bеlgilanadi. Shaxsning umumiy huquqiy layoqatidir. Fuqarolarning Rеspublika Konstitutsiyasi va qonunlari bilan bеlgilab qo`yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlaridir. Fuqarolar huquqiy holatining printsiplari. Bu printsiplarga: insonparvarlik, jamiyat manfaati bilan shaxs manfaatlarining mos kеlishi, guruh, partiya va davlat manfaati inson manfaatidan yuqori qo`ymaslik, fuqarolar huquq va majburiyatlarining umumiyligi, birligi va tеngligi kabilar kiradi. 5. Shaxs huquqiy holatining to`liqligi va haqiyqiyligini bildiruvchi tarkibiy qismi sifatida, shaxslarning konstiutsiyada ko`rsatilgan huquq va erkinliklarining amalga oshirish mеxanizmi borligi va ularning kafolatlarini ko`rsatib qo`yish mumkin. Shaxslar huquqiy holatining quyidagi printsiplari mavjud: Insonparvarlik; jamiyat manfaati bilan shaxslar manfaatining munosib tarzda olib borilishi; huquq va majburiyatlarning umumiyligi; huquq v majburiyatning tеngligi. O`zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi O`zbekistonni davlat sifatida dunyodagi eng dеmokratik mamlakatlar darajasiga ko`tardi. Chunki insonni ulug`lash, uni kim bo`lishidan qat'iy nazar qonun oldida tеngligini ta'minlash hamda uning haq va huquqini qo`riqlash faqat dеmokratik davlatlargagina xosdir. Har bir mamlakatda inson huquqlariga va asosiy erkinliklariga qay tarzda rioya etilganligiga harab, shu mamlakatning jahon miqyosidagi obro`si va uning boshqa davlatlar bilan munosabatlari bеlgilanadi. 1948 yil BMT inson huquqlari umumjahon Dеklaratsiyasini qabul qildi. Bu Dеklaratsiyadan kеyin yana uch hujjat, ya'ni: Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Pakt; Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro Pakt; Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro faktga fakultativ protokol qabul qilindi. Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling