Inson huquqlari bo’yicha xalqaro pakt reja: kirish
Download 38.83 Kb.
|
INSON HUQUQLARI BO’YICHA XALQARO PAKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
- Inson huquqlari bo’yicha shartnomalarning vujudga kelish tarixi
INSON HUQUQLARI BO’YICHA XALQARO PAKT Reja: KIRISH Inson huquqlari bo’yicha shartnomalarning vujudga kelish tarixi Inson huquqlari himoya qilish shartnomalarining xalqaro doiralar tomonidan tan olinishi O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish uchun kurash va Xalqaro Inson huquqlari paktiga qo’shilish jarayoni XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar”. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining ilk moddasi aynan shu so‘zlar bilan boshlanadi. Ushbu universal hujjat 1948 yil 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-sessiyasida qabul qilingan 1950 yildan boshlab deklaratsiya qabul qilingan sanani Xalqaro inson huquqlari kuni sifatida nishonlash BMT tomonidan joriy etilgan. Shu kungacha dunyoning 500 dan ortiq tiliga tarjima qilingan mazkur xalqaro hujjatda har bir insonning shaxsiy daxlsizlik, mulkka egalik qilish, e’tiqod va so‘z erkinligi, fuqarolik, davlat boshqaruvida qatnashish, saylash va saylanish, oila qurish, mehnat qilish va hordiq chiqarish, ta’lim olish, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, madaniyat va san’at asarlaridan bahramand bo‘lish kabi eng muhim huquqlari kafolatlangan. Jumladan, deklaratsiyaning 3-moddasida: “Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir”, deya qayd etilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi insoniyatning ko‘p asrlik tarixiy tajribasi mahsulidir. Inson huquqlari bo’yicha shartnomalarning vujudga kelish tarixi Ko‘pchilik mutaxassislar fors podshosi Kir II tomonidan miloddan avvalgi 539 yilda Bobil ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin silindrga yozdirilgan hujjatni insoniyat tarixidagi inson huquqlariga aloqador ilk hujjat sifatida tilga oladi. Bu noyob hujjat 1879 yilda Bobildagi arxeologik qazishma ishlari vaqtida topilgan. 1971 yilda BMT uni barcha rasmiy tillariga tarjima qilgan. Hujjat fanda “Kir II silindri” nomi bilan ataladi. Qadimgi akkad tilida yozilgan topilma bugungi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Islom olamida ham inson huquqlariga katta e’tibor berilgan. Bunda Qur’oni Karim oyatlari va hadislarga tayanilgan. Jumladan, qulchilik avj olgan zamonlarda islomda ilk bor qullarni ozod qilishga targ‘ib Qur’on oyatlarida aks etgan. Shuningdek, insonning eng asosiy huquqi bo‘lmish yashash huquqi ham Qur’on orqali ta’minlangan. Insonning yana bir muhim huquqlaridan biri – ilm olishdir. Islomda bu huquq nafaqat ta’minlangan, balki vazifa qilib yuklatilgan. Hozirgi kunda g‘arbda shakllangan inson huquqlari to‘g‘risidagi tushunchalarning konseptual bazasi 1689 yilda qabul qilingan “Huquqlar deklaratsiyasi” hisoblanadi. 1776 yil 12 iyunda AQShning Virjiniya shtatida “Inson huquqlari deklaratsiyasi” nomli hujjat qabul qilingan. Undan 1776 yilgi AQSh Mustaqillik deklaratsiyasining inson huquqlari qismida keng foydalanilgan. Keyinchalik Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqishda ham ushbu hujjatga murojaat qilingan. Dunyo miqyosida insonparvar boshqaruv tartibi o‘rnatilishida muhim ahamiyat kasb etgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 73 yilligi joriy yilning 10 dekabrida nishonlanadi. Ayni shu kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligi ham tantana qilinadi. Shu munosabat bilan 2021 yilning 10 noyabridan 10 dekabriga qadar Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz “Inson huquqlari oyligi”ni e’lon qildi. “Inson huquqlari oyligi”ning yakunida – 10 dekabrda xalqaro konferensiya, “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirish marosimi, inson huquqlari sohasi bo‘yicha tashkil etilgan intellektual va ijodiy tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash tadbiri kabilar o‘tkazilishi kutilmoqda. Inson huquqlari – har bir alohida shaxsning qadr-qimmati va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlaydigan qoidalar majmuasidir. Ular huquqiy davlat konstitutsiyaviy huquqining negizini tashkil etib, shaxsning huquqiy maqomi asosini va asosiy huquqlarini mujassamlashtiradi. Xalqimiz azaldan erksevar bo'lgan, beva-bechoralar, yetim-yesirlar, nochor va nogironlarga madad qo'lini cho'zishni insoniy burch hisoblagan. Zardushtiylik muqaddas kitobi – «Avesto»dayoq inson huquqlarining ustuvorligi, insonlarning jamoa bo'lib yashash tarzi, ular, shuningdek davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, jamoa hayoti bilan bog'liq masalalarni birgalikda hal etish tartibi qayd etilgan. “Avesto”dagi So'g'd hujjatlari o'sha davr uchun mukammal bo'lgan huquq tizimi va oila-nikoh normalari amal qilganligini qo'rsatadi. Unda huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tarkibi, ularning huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlari, shartnomaning bajarmaganlik oqibatlari, sharnoma tuzish vaqti va joyi batafsil aks etgan. O'sha davrlarda mehnat faoliyati, jamoalarni boshqarish saylanadigan oqsoqollar qo'lida bo'lib, jamoa hayoti bilan bog'liq barcha ishlar Oqsoqollar kengashi orqali hal etilgan. Oqsoqollar kengashining boshlig'i zimmasiga qishloqda istiqomat qiladigan jamoaning manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Qadimgi Sharqning taniqli mutafakkiri Abu Ja'far Narshaxiy IX asrda bitilgan «Buxoro tarixi» asarida shaharda 19 ta yirik mahalla bo'lganligi, ular o'zini o'zi idora qilish vakolatlariga egaligini ta'kidlagan. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy oliy insoniy fazilat sifatida ko'ngli o'ksik insonlarga madad qo'lini cho'zganlarni yuksak qadrlaydi: Kimki bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay. Ya'ni, kim ko'ngli o'ksik bir insonni xursand qilsa, yiqilgan Ka'bani qaytadan qurgan, ta'mirlagan kabi savobga noil bo'ladi. “Temur tuzuklari”da esa “Saltanatning ishlarini qonun-qoida va intizomga solib, saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim” deb ta'kilagan Sohibqiron bobomiz. Amir Temur saltanatida sipohiy qo'l ostidagi kishiga zulm o'tkazsa, u xizmat doirasidan tashqari chiqqan sanalib, sipohiyning o'zi jabrlanuvchilarga topshirilgan. Bu holda jabrlanuvchi sipohiyni xohlagancha jazolashi mumkin bo'lgan. Basharti katta va mahalliy boshliqlar o'z vakolatlari doirasidan chiqib, o'zlaridan kichik darajadagi kishilarga zulm o'tkazsalar, ularga mol-mulkiga qarab jarima solish nazarda tutilgan. Shu bilan birga biror kishining aybi isbotlanganda, unga nisbatan faqat bitta jazo qo'llanilgan. Umuman, inson huquqlari va erkinliklarining shakllanishi o'z tarixiga ega. Hozirgi davr tushunchasidagi inson huquqlari kontseptsiyasi Yevropada Uyg'onish va Reformatsiya davrlarida boshlangan deb hisoblanadi. 1215 yili Angliyada Buyuk erkinliklar xartiyasi qabul qilingan. Ushbu hujjatda soliq solish, sud ishlari, diniy huquqlar, mulk huquqi, vasiylik va boshqa masalalarni tartibga soladigan 63 modda bo'lgan. Deklaratsiyaga erkinlik, mulkchilik, xavfsizlik va kamsitishga qarshilik ko'rsatish kabi huquqlar kiritilgan. Inson huquqlari sifatida shuningdek fikr va mulohazalarni, shu jumladan, diniy masalalar bo'yicha ham erkin ifodalash huquqlari ham tan olingan. Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipi e'lon qilingan. Germaniyada o'z huquqlari uchun kurashgan dehqonlarning talablari bayon etilgan “O'n ikki modda” Reformatsiyaning o'ziga xos manifesti bo'lgan. U 1525 yilda qabul qilingan va birinchi marotaba mahalliy bosmaxonada chop etilgan. Shundan keyin uch oy davomida Germaniyaning turli shaharlarida uning 23 ta nashri bosib chiqarilgan. Buyuk Frantsuz inqilobining eng muhim hujjati – Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi birinchi marotaba insonning shaxsiy huquqlarini belgilab bergan. Uning asosiga har bir inson va fuqaro tug'ilganidan unga mansub bo'lgan teng huquqlilik va erkinlik kontseptsiyasi qo'yilgan. Inson va fuqaroning tabiiy huquqlari sifatida shaxs erkinligi, so'z erkinligi, e'tiqod erkinligi, zulmga qarshilik ko'rsatish huquqi e'lon qilingan. Ushbu Deklaratsiya hozirgi paytda ham Frantsiya konstitutsiyaviy huquqining negizini tashkil etadi. 1958 yil 4 oktyabrda u Frantsiya Konstitutsiyasi tomonidan tasdiqlangan. 1971 yil 16 iyulda esa Frantsiyaning Konstitutsiyaviy kengashi “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”ni huquqiy jihatdan majburiy hujjat deb e'tirof etdi. 2003 yilda “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi” YUNESKOning 1992 yilda ta'sis etilgan Umumjahon hujjatlar merosini himoya qilish bo'yicha dasturi - “Tinchlik xotirasi”ga kiritilgan. Download 38.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling