Inson huquqlari bo’yicha xalqaro pakt reja: kirish
O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish uchun kurash va Xalqaro Inson huquqlari paktiga qo’shilish jarayoni
Download 38.83 Kb.
|
INSON HUQUQLARI BO’YICHA XALQARO PAKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish uchun kurash va Xalqaro Inson huquqlari paktiga qo’shilish jarayoni
O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab xotin-qizlarning iqtisodiy-ijtimoiy himoya qilinishi, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olingan edi. Ushbu siyosatning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: birinchidan, ayollar huquqlari va manfaatlarini, onalik va bolalikni himoya qilishning huquqiy asosini yanada takomillashtirish; ikkinchidan, ayollarning oilada, jamiyatda hamda jamoat va davlat ishlarini boshqarishdagi rolini oshirish; uchinchidan, ayollarning ish bilan bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish; to'rtinchidan, ayollarning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishiga erishish. O'zbekiston 1979 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konventsiyasiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib a'zo bo'lgan. Keyingi yillarda ayollarning jamiyat hayotidagi o'rni va nufuzini oshirish maqsadida O'zbekiston Prezidentining “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”, “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonlari qabul qilindi. 2019 yil 2 sentyabrda mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi asosida O'zbekiston tarixida birinchi marta “Xotin-qizlar va Erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Xotin-qizlar qo'mitasi va Adliya vazirligi mutaxassislarining bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan va avvalambor jamiyat hayotining barcha sohalarida erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyat yaratish, turmushda, ish joyida, ta'lim muassasalari va boshqa joylarda xotin-qizlarga nisbatan hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Qonunda, shuningdek gender tengligi, ayollarni kamsitish tushunchasi va turlari, mutasaddi organlarning vakolatlari, davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollashda, kreditlar olish va tadbirkorlik bilan shug'ullanishda gender tenglikni ta'minlash bo'yicha normalar, bunday tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasi ham qabul qilingan. Mazkur Kontseptsiyani hayotga tatbiq etish maqsadida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qayta tashkil etildi. Natijada oila muammolarini kompleks o'rganish, mavjud holatni tahlil etish, monitoring qilish va baho berish, ilmiy tadqiqotlar orqali oila farovonligini oshirishga xizmat qiladigan yangi tizim yaratildi. Xotin-qizlar qo'mitasi va uning hududiy bo'limlari tubdan yangi asosda tashkil etildi. Ularga qo'shimcha vakolat va imkoniyatlar berilib, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Xotin-qizlar qo'mitasining hududiy bo'limlari qoshida “Huquqshunos ayollar”, “Ilm-fan va ayol”, “Ijodkor ayollar”, “Tashabbuskor ayollar”, “Ayol va salomatlik”, “Faxriy ayollar” jamoatchilik uyushmalari tashkil etildi. Ijtimoiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi yaratilmoqda. Mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Shu jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1400 ga yaqin ayollar rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo'lib, 1075 nafari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tarkibida faoliyat yuritmoqda. 500 nafardan ziyod ayol fan doktorlari va akademiklar, minglab fan nomzodlari o'z bilimi va iste'dodi bilan mamlakat ravnaqiga munosib hisasini qo'shib kelmoqda. Mustaqillik yillarida 2180 nafardan ortiq xotin-qizlar yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi. Onalik va bolalikni himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun “Mo''tabar ayol” nishoni ham ta'sis etilgan. Ayollarga o'z biznesini tashkil etish, biznes g'oyalarini tayyorlashda yordam berish, mehnat bozorida talab katta bo'lgan kasblarga tayyorlash va ishga joylashtirishga ko'maklashish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Agar 2014-2016 yillarda tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun jami 3 trillion 800 milliard so'm kredit ajratilgan bo'lsa, birgina 2018 yilning o'zida esa bu ko'rsatkich 3 trillion 361 milliard so'mni tashkil etdi. O'zbekistonda Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo'llab-quvvatlash jamoat fondi tuzilgan. Fond mablag'laridan kam ta'minlangan, shaxsiy uy-joyga muhtoj oilalarga uy-joy olish uchun ajratiladigan kreditlarning boshlang'ich badallarini to'lab berishda foydalaniladi. Keyingi ikki yil davomida 2211 ta yangi bolalar bog'chasi tashkil etilib, ularga qo'shimcha 243 ming kichkintoy qabul qilindi. Umuman yaqin 4-5 yil davomida bog'cha yoshidagi barcha bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olish vazifasi qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan Xotin-qizlar qo'mitasi o'rtasida memorandum imzolanib, ajrashish uchun ariza bergan shaxslarni dastlab Xotin-qizlar qo'mitasida suhbatdan o'tkazish va ajrim yuzasidan xulosasini olish yo'lga qo'yildi. Sudlarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Xotin-qizlar qo'mitalari vakillari jamoatchilik asosida himoyachi bo'lib ishtirok etmoqda. Bunday yangi amaliyot natijasida 2018 yilning o'zida jinoyat sodir etgan va huquqbuzarlikka qo'l urgan 893 nafar xotin-qiz kafillikka olinib, jazodan ozod etildi. Jahonda umumiy aholining 15 foizi - 1 milliarddan ortiq turli nogironligi bor odamlar yashaydi. Kurrai zaminimizdagi eng qashshoq odamlarning 20 foizdan ko'prog'i ham nogironlardir. Bu hisobga olingan holda 1982 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi Nogironlarga nisbatan umumjahon harakatlar dasturini qabul qilgan. BMT Bosh Assambleyasi shu bilan birga 1983-1992 yillarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar o'n yilligi” deb e'lon qilgan. 2006 yil 13 dekabrda esa BMT Bosh Assambleyasi Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konventsiya va unga Fakul`tativ protokol qabul qildi. Shuningdek, BMT 18 mustaqil ekspertdan iborat Nogironlar huquqlari bo'yicha qo'mita tashkil qilgan, Nogironlar huquqlari bo'yicha Maxsus ma'ruzachi institutini ta'sis ham etgan. Nogironlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to'laqonli ishtirok etishlarini ta'minlashning huquqiy asoslari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 2006 yil 13 dekabrdagi 61/106-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konventsiya hamda unga Fakul`tativ protokolda mustahkamlab qo'yilgan. Ushbu Konventsiyaning 3-moddasida nogironlarning quyidagi huquqlari qayd etilgan: - insonga xos bo'lgan qadr-qimmatini, shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan mustaqil tanlovi erkinligini hamda mustaqilligini hurmat qilish; - kamsitmaslik; - jamiyatga to'la va samarali jalb etish va qo'shish; - o'ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning bir qismi sifatida qabul qilish; - imkoniyatlarining tengligi; - hamma narsadan to'siqsiz foydalanish; - erkaklar va ayollarning tengligi; - nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini va o'z shaxsiy xususiyatlarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish. Konventsiyada qayd etilgan qoidalarga rioya etilishi va ishtirok etuvchi davlatlarning mazkur masala bo'yicha majburiyatlarining ijrosini ta'minlashni muvofiqlashtirish va buning monitoringini amalga oshirish maqsadida BMTning Nogironlar huquqlari bo'yicha qo'mitasi tashkil etilgan. O'zbekiston 2009 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyasini imzolagan. 2008 yilda “O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida”gi Qonun ham qabul qilingan. Shu bilan birga amaliyot nogironlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, nogironlikni belgilashda qator qiyinchiliklar va sun'iy to'siqlar yuzaga kelayotganidan dalolat berardi. Xususan, nogironligi bo'lgan shaxslarning anatomik va fiziologik nuqsonlari aniq ko'rinib turgan bo'lishiga qaramay, normativ-huquqiy hujjatlardagi tafovutlar hamda tashkiliy ishlardagi xatoliklar tufayli ular qator tibbiy ko'riklardan qayta-qayta o'tishga majbur bo'layotgan edi. Ulardan tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha hujjatlar – mehnat daftarchasidan ko'chirma, fuqarolar yig'inidan ma'lumotnoma, nikoh guvohnomasi asossiz talab etilardi. Shuning uchun davlatimiz rahbari uqtirganidek, “O'zbekistondagi ijtimoiy himoya modelini real talablar asosida umum e'tirof etilgan xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish zarur. Bu borada nogironligi bo'lgan, boquvchisini yo'qotgan shaxslarni, ehtiyojmand va nochor oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, jumladan, ularni arzon uylar bilan ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratib kelayotganimiz barchangizga ma'lum”. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni mamlakatda mavjud 700 mingdan ko'proq nogironligi bo'lgan shaxslar, shu jumladan 100 mingdan ortiq 16 yoshgacha bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Farmon bilan Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutadi: - nogironligi bo'lgan shaxslarning hayot sifati va darajasini oshirish; - nogironlikning oldini olish, nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish va ularni reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish; - nogironligi bo'lgan shaxslarning ta'lim olishi, ularni maxsus kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirishni ta'minlash; - nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay va maqbul muhitni ta'minlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash. Mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarining tahlili qonun ijodkorligi faoliyatida ikki yo'nalish – nogironlikning “ijtimoiy modeli” va “tibbiy modeli” tamoyillari mavjud ekanligini ko'rsatdi. “Ijtimoiy model” nogironlikka nisbatan ijtimoiy yondashuvni mustahkamlab qo'ygan. Bu modelga ko'ra, inson sog'lig'ining buzilishi sababli emas, balki u to'qnash keladigan baxtsiz hodisalar tufayli nogironlikni orttirib oladi. “Tibbiy model” esa nogironlikni kasallik va mehnatga layoqatsizlik sifatida baholaydi. Mamlakatimiz qonun hujjatlarida nogironlikning aynan tibbiy tushunchasi ustunlik qilib kelgan. Bu esa nogironligi bo'lgan shaxslarga jamiyat hayotida faol ishtirok etishga to'liq imkon bermagan. XULOSA 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi qonunga muvofiq, “nogiron” tushunchasi nogironligi bo'lgan shaxslarni aholining ijtimoiy yordam va himoyaga maxsus huquqlari bo'lgan alohida toifasi qatoriga kiritilgan. “Tibbiy model”ga asoslangan ushbu Qonunda noironligi bo'lganlarga nisbatan kamsituvchi munosabat shakllangan. Mazkur holat ularning salohiyatini namoyon qilishga va insonning asosiy huquqlariga rioya etilishini, imkoniyatlarning tengligini ta'minlash hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida to'liq ishtirok etishini kafolatlamagan. Qonun asosan nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy huquqlarini tartibga solgan, ammo ular huquq va erkinliklarini to'la qamrab olmagan. Shuning uchun Prezidentimizning Farmoni asosida yangi tahrirdagi «O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun loyihasini ishlab chiqishda Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz mamlakatimiz fuqarolik institutlarini keng jalb etgan holda faol ishtirok etdi. Yangi tahrirdagi Qonun nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va erkinliklarining barcha sohalarini to'la qamrab olgan. Qonunga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi talablari implementatsiya qilingan va nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida zamonaviy uslublar, xalqaro standartlar joriy etilgan. Qonunda “nogiron” va “nogiron bolalar” tushunchalariga aniqlik kiritilgan. Ya'ni: “nogiron – jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs; nogiron bolalar – jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar”dir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR https://uz.wikipedia.org/wiki/Inson_huquqlari_to%CA%BBg%CA%BBrisida_paktlar https://kun.uz/uz/news/2017/01/18/uzbekiston-inson-ukuklari-tugrisidagi-halkaro-paktlar-tamojillariga-sodikligini-namoen-etmokda https://pravacheloveka.uz/oz/news/human-rights-are-the-highest-value https://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m9434 https://yuz.uz/uz/news/adolatli-dunyoning-huquqiy-poydevori https://uz.usembassy.gov/uz/2020-country-reports-on-human-rights-practices-uzbekistan-uz/ Download 38.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling