Inson huquqlari bo’yicha xalqaro pakt reja: kirish
Inson huquqlari himoya qilish shartnomalarining xalqaro doiralar tomonidan tan olinishi
Download 38.83 Kb.
|
INSON HUQUQLARI BO’YICHA XALQARO PAKT
Inson huquqlari himoya qilish shartnomalarining xalqaro doiralar tomonidan tan olinishi
1789 yil 25 sentyabrda Jeyms Medison AQSH Kongrecsining birinchi chaqirig'i majlisida mamlakat Konstitutsiyasiga birinchi o'nta tuzatish kiritish taklifini kiritgan. Bu Huquqlar to'g'risidagi bill` nomini olgan. Uning 1-4-tuzatishlari inson va fuqaroning asosiy huquqlari va erkinliklarini mustahkamlab qo'ygan, 5-10-tuzatishlar esa ularni amalga oshirish mexanizmlarini ta'minlagan. Huquqlar to'g'risidagi bill` 1791 yil 15 dekabrda kuchga kirgan. Unda birinchi marotaba AQSH fuqarosining huquqiy maqomi hamda ilk marotaba konstitutsiyaviy qonunchilikda fuqarolik huquqlari va erkinliklariga amal etilishi ustidan federal darajada nazorat qilish vazifalari belgilab qo'yilgan. Billda shuningdek birinchi navbatda qonunchilik organlari uchun taqiqlar va chegaralanishlar ko'rsatilgan. AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan ana shu o'zgartirishlar quyidagilarni qamrab olgan: So'z erkinligi, din erkinligi, matbuot erkinligi, yig'ilishlar o'tkazish erkinligi, shikoyat bilan murojaat qilish erkinligi. Qurolni saqlash va olib yurish huquqi. 3. Xususiy uylar egalarining ijozatisiz ularga askarlarni joylashtirishning man etilishi. Ixtiyoriy ravishda tintuv o'tkazish va hibsga olishining man etilishi. Tegishli tarzda sud tekshirishi o'tkazilishi huquqi, o'ziga qarshi dalolat bermaslik huquqi, xususiy mulk kafolati. Ayblanuvchining huquqlari, shu jumladan sud qilinish huquqi. Fuqarolik ishlari bo'yicha sud huquqi. Nihoyatda katta jarimalar solish, shafqatsiz va noodatiy jazolanishlarning man etilishi. Konstitutsiyada keltirilgan huquqlarning boshqa huquqlarni kamsitish sifatida talqin etilmasligi kerakligi. Konstitutsiyada bevosita Amerika Qo'shma Shtatlari vakolatiga kirmaydigan vakolatlarning shtatlar va fuqarolar uchun saqlanib qolishi. 1992 yilda jahonda birinchi marotaba Xalqaro inson huquqlari federatsiyasi tashkil etildi. U inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti sifatida “Barcha inson huquqlari – barchaga”, “Harakat qilish uchun - bilish” shiori ostida ish ko'radi. Germaniya va Frantsiya ligalari tomonidan tashkil etilgan Xalqaro inson huquqlari federatsiyasiga hozirgi paytda 100 tadan ko'proq mamlakatning 184 ta huquqni himoya qilish tashkiloti kiradi. Federatsiya o'zining asosiy ustuvor vazifalari sifatida quyidagilarni belgilagan: - huquq himoyachilarini himoya qilish; - xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish; - muhojirlar huquqlarini himoya qilish; - jabrdiydalarning odil sudlov uchun huquqi; - globallashuv va inson huquqlari; - xalqaro va mintaqaviy himoya qilishni mustahkamlash; - mojarolar, favqulodda holatlar va o'tish davrlarida inson huquqlari va qonunchilikka amal etilishi uchun kurashish. Federatsiya 1927 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilish tashabbuskori bo'lgan, keyinroq Xalqaro jinoyat ishlari sudini tashkil etish taklifini ilgari surgan. Ikkinchi jahon urushining fojiali oqibatlari inson va fuqaro huquqlari institutini rivojlantirishni hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga qo'ydi. Natijada xalqaro miqyosda inson huquqlari kafolatlanishi sohasida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi. 1948 yil 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi o'zining 217 A (III) – rezolyutsiyasi bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qildi. Deklaratsiyaning Muqaddimasida “Bosh Assambleya mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo'lgan vazifa sifatida e'lon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma'rifat va ta'lim yo'li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko'maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta'minlanishiga, Tashkilotga a'zo bo'lgan davlatlar xalqlari o'rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiktsiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o'rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur” deb e'lon qilingan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida: - yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik; - qiynoq hamda boshqa shafqatsiz muomala va jazo turlaridan ozod bo'lish; - sud orqali himoyalanish; - erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash erkinligi; - turar joy daxlsizligi; - so'z erkinligi; - vijdon va din erkinligi; - tinch yig'ilishlar o'tkazish erkinligi; - mulkka egalik qilish huquqi; - bilim olish, mehnat qilish, dam olish huquqi; - ijtimoiy ta'minot va boshqa shu kabi huquqlar kafolatlanishi ko'rsatilgan. Ayni paytda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 29-moddasida qayd etilganidek: - har bir inson jamiyat oldida burchlidir, faqat shu holatdagina uning shaxsi erkin va to'liq kamol topishi mumkin; - har bir inson o'z huquqi va erkinliklaridan foydalanishda o'zgalarning huquq va erkinliklari demokratik jamiyatda yetarli darajada bo'lishini hamda hurmat qilinishini ta'minlash, axloq, jamoat tartibi, umum farovonligining odilona talablarini qondirish maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishi kerak; - inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va printsiplariga aslo zid bo'lmasligi kerak. 1950 yildan boshlab har yili Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan 10 dekabrda Xalqaro inson huquqlari kuni nishonlanadi. 1966 yilda BMT shafeligida Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar to'g'risidagi pakt qabul qilindi. Deklaratsiya va ushbu xalqaro paktlar Inson huquqlari xalqaro billi nomini olgan. Xalqaro bill va shundan keyingi xalqaro bitimlar inson va fuqaro huquqlarining xalqaro standartlari hamda ushbu huquqlar ta'minlanishi kafolatlarini tasdiqlagan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha printsipial qoidalarini o'zida mujassamlantirgan. Asosiy qomusimiz 128 moddadan iborat bo'lgani holda uning 30 dan ortiq moddasi bevosita inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g'amxo'rlik va yordam huquqiga ega ekanliklari mustahkamlab qo'yilgan. BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasida bolaning shaxsi sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan holda kamol topishi, u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o'sishi zarurligi ko'rsatilgan. O'zbeklar - bolajon xalq. Insonparvarlikning oliy ko'rinishi bo'lgan ushbu an'ana asrlar davomida xalqimizga meros bo'lib kelayotgan qadriyatdir. Hozirgi davrda xalqaro miqyosda e'tirof etilayotgan ushbu oliy qadriyat yurtimizda qadim-qadimdan shakllangan. Shuning uchun O'zbekiston davlat mustaqilliigiga erishganidan so'ng ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro huquqiy hujjatlardan biri - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi bo'lgan edi. 1992 yil 9 dekabrda davlatimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan ushbu Konventsiyaning qoidalari asosida O'zbekiston bola huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga doir qator majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi. Umuman, O'zbekiston yoshlar davlat hisoblanib, aholisining 40 foizini 18 yoshgacha bo'lgan bola va o'smirlar tashkil etadi. Shuning uchun bola huquqlarini ta'minlash va himoya qilish uchun zarur bo'lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalariga muvofiq o'z zimmasiga bola huquqlarini kafolatlash bo'yicha muayyan xalqaro majburiyatlarni olgan. O'zbekistonda xalqaro shartnomalarda ko'zda tutilgan bola huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga yo'naltirilgan 100 dan ziyod qonun, farmon, qaror va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Inson huquqlari bo'yicha milliy markazning tashabbusi va bevosita ishtirokida 2007 yilda “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi qonun ham qabul qilindi. Ushbu Qonunda bolalarning quyidagi huquqlari kafolatlangan: - yashash huquqi, u har bir bolaning uzviy huquqidir; - tug'ilgan paytdan e'tiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega bo'lish, shuningdek ularni saqlab qolish; - erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish; - oilada yashash va tarbiyalanish; - o'z fikrini ifoda etish; - o'zining sog'lig'i, axloqiy va ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish; - fikrlash, so'z, vijdon va e'tiqod erkinligi; - qonunda belgilangan tartibda xususiy mulkka ega bo'lish; - turar joyli bo'lish; - o'zining yoshi, sog'lig'ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash; - sog'lig'ini saqlash; - bilim olish va boshqalar. Mamlakatda bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning barkamol avlod bo'lib yetishishini ta'minlash borasidagi faoliyatning institutsional va huquqiy asoslari tubdan takomillashtirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rinbosari – Bola huquqlari bo'yicha vakil lavozimi joriy etilishi bevosita shu maqsadga yo'naltirilgan. O'zbekistonda Bolalar huquqlarini himoya qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratishga oid milliy harakatlar dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi. 2019/2020 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo'lgan chin yetimlar uchun qo'shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosida qabul kvotalari ajratiladigan bo'ldi. Ayni paytda yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishga ham e'tibor kuchaytirildi. Yaqin paytgacha ushbu toifadagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish turli xil qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelingan edi. Lekin ularning ta'lim olish, ish bilan ta'minlash, tibbiy xizmat ko'rsatish, uy-joy va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanish kabi turli xil hayotiy vaziyatlardagi ijtimoiy himoyasini to'liq ta'minlash imkonini bermasdi. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida, jumladan Inson huquqlari bo'yicha milliy markazga Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi «Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklangandi. Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz Xalq ta'limi vazirligi bilan “Etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash to'g'risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi vajamoatchilik muhokamasiga qo'yildi. Uchta bob va 24 ta moddadan iborat qonun loyihasidan umumiy qoidalar, qonunda qo'llanilgan asosiy tushunchalar, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, yetim, shuningdek, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, yomon muomala, beparvolik, ekspluatatsiya hamda zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish qoidalari o'rin olgan. Qonun loyihasida, jumladan: - yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari; - farzandlikka oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga ko'maklashish tartibi; - ijtimoiy himoya, mulkiy va nomulkiy huquqlarning kafolatlari; - huquqiy yordam olish va sud himoyasida bo'lish huquqlarini ta'minlash; - “Mehribonlik uylari” va internatlarni o'qib tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko'maklashishning qonuniy asoslari o'rin olgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” deb ko'rsatgan. Mamlakatimizda navqiron avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro'yobga chiqarishni ta'minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida u o'rni va faolligini oshirish, sog'lom va barkamol qilib tarbiyalash yoshlarga doir davlat siyosatining asosiy yo'nalishi hisbolanadi. Bu davlat siyosatini tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoshlar masalalari bo'yicha idoralararo kengashlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo'yicha komissiya ish olib bormoqda. Yosh avlodning sog'lom bo'lib o'sishi, sifatli ta'lim olishi va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishini ta'minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan 5 ta muhim ijobiy tashabbus joriy etilmoqda. Ushbu tashabbuslar quyidagilarni qamrab oladi: Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan. Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o'rtasida komp`yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To'rtinchi tashabbus – yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan. Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi. Yana bir dastur - “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida hozirning o'zida mamlakatimizda yoshlar tomonidan 719 milliard so'mlik 4633 ta biznes-loyiha amalga oshirildi. Hududlarda 125 ta “Yoshlar mehnat guzari”, 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi ishga tushirildi. Ijtimoiy hayotda faol qatnashib, alohida namuna ko'rsatayotgan yosh oilalarga mo'ljallangan 1731 ta “Yoshlar uyi” qurilib, foydalanishga topshirildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, xotin-qizlarning hozirgi davr jamiyatidagi holati va roli davrimiz global ekologik-iqtisodiy muammolaridan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Xotin-qizlar jahon aholisining yarmini tashkil etadi, bu insoniyat salohiyatining yarmi deganidir. 2018 yilgi Jahon iqtisodiy anjumanida e'lon qilinganidek, ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga to'liq jalb etish iqtisodiy o'sish sur'atlari oshishi va dunyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti hajmini keskin ortishini ta'minlaydi. Biroq ayollar erkaklarga nisbatan o'rtacha ikki barobar kam ish haqi oladi. Xususan, 2018 yilda erkaklar va ayollar o'rtasidagi tafovut 51 foizni tashkil etgan. Ekspertlar ish haqi bo'yicha gender tafovutni kamaytirish bugungi kundagi sur'atlarda davom etsa, erkaklar va ayollar o'rtasida ushbu masaladagi tenglik ta'minlanishi uchun 108 yil talab qilinadi degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga jahon mamlakatlari parlamentlari deputatlarining atigi 24 foizi ayollardir. Hatto AQShda ham 82 kongressmenning atigi 14 nafari (14 foizi), Vakillar palatasi barcha a'zolarining 68 nafari (15,6 foizi) ayollardir. Xotin-qizlar odam savdosining ham asosiy jabrdiydalari hisoblanadi. Ya'ni, har 10 nafar odam savdosi jabrdiydasining 7 tasi xotin-qizlardir. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterish “Gender tengligiga erishish hamda xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish hozirgi davrimizning hal etilmagan vazifasi va bugungi dunyoda inson huquqlari sohasidagi eng oliy muammodir” deb ta'kidlagan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgan paytdan boshlab u xotin-qizlar huquqlarini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. BMTning Bosh Assambleyasi 1975 yilni Xalqaro xotin-qizlar yili deb e'lon qildi va Mexikoda xotin-qizlarning ahvoliga bag'ishlangan birinchi Umumjahon konferentsiyani o'tkazdi. Ushbu konferentsiya tavsiyalariga muvofiq, 1976-1985 yillar BMTning “Xotin-qizlar o'n yilligi” deb e'lon qilindi. 1985 yilda Nayrobida BMTning “Xotin-qizlar o'n yilligi” davomida erishilgan natijalarni baholash maqsadida Umumjahon konferentsiya o'tkazildi. Ushbu anjumanda Mexiko konferentsiyasida belgilangan maqsadlarda to'liq erishilmaganligi uchun 157 ta mamlakat vakillari 2000 yilgacha bo'lgan davrda xotin-qizlarning ahvolini yaxshilash sohasida Nayrobi istiqbol strategiyasini qabul qildi. Ushbu hujjat xalqaro va milliy darajada barcha masalalarni ko'rib chiqishda xotin-qizlar masalasi e'tiborga olinishi kerakligini e'lon qilib, gender muammosini yangi darajaga ko'tardi. 1995 yilda Pekinda o'tkazilgan xotin-qizlar ahvoli bo'yicha navbatdagi Umumjahon konferentsiyasi ushbu yo'nalishda yana bir yangi qadam bo'ldi. Unda qabul qilingan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi xotin-qizlar huquqlariga amal qilishni ta'minlash bo'yicha aniq vazifalarni ko'rsatib berdi. 2010 yil 2 iyulda esa BMT Bosh Assambleyasining delegatlari gender tengligining hamda xotin-qizlar huquqlarini ta'minlash va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlariga xizmat qiladigan yangi “BMT – Ayollar” tuzilmasini tashkil etdi. Tuzilma xotin-qizlar manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilish vazifasi yuklangan, BMTning to'rt muassasasi - BMTning Xotin-qizlar manfaatlarini rivojlantirish jamg'armasi (YUNIFEM), Xotin-qizlar ahvolini yaxshilash bo'yicha bo'lim, Gender masalalari va xotin-qizlar ahvolini yaxshilash bo'yicha Maxsus malahatchisi idorasi hamda BMTning xotin-qizlar ahvolini yaxshilash bo'yicha Xalqaro ilmiy-tadqiqot va o'quv institutini birlashtirdi. “BMT-Ayollar” tashkiloti O'zbekistonda Inson huquqlari milliy markazi va boshqa milliy hamkorlar bilan birgalikda mamlakatda xotin-qizlarning jamiyat siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yanada faol ishtirok etishlari, ayniqsa ularning boshqaruv lavozimlaridagi sonini ko'paytirishga yordam ko'rsatmoqda. Shu bilan birga xalqaro tashkilot mamlakat Savdo-sanoat palatasiga “O'zbekistonda ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish” milliy dasturini amalga oshirishda hamkorlik qilmoqda. Mazkur dastur avvalgi “Ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida erishilgan natijalar va orttirilgan tajribaga asoslangan bo'lib, asosiy e'tibor ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lgan ayollar, ayniqsa qishloq joylarida yashovchi ayollarni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq chora-tadbirlarga yo'naltirilgan. Hozirgi paytda BMT butun e'tiborini Barqaror rivojlanish maqsadlarining 17 ta moddasida belgilab qo'yilgan, xotin-qizlarning tengligini tan olish hamda huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga yo'naltirilgan vazifalarni bajarishga qaratgan. Xotin-qizlarning tengligini ta'minlash uchun hali ko'pgina mamlakatlarda milliy qonunchilikka o'zgartirishlar kiritilishi talab qilinadi. Amalga oshirilgan tahlillar jahonning 143 mamlakatida erkaklar va ayollarning tengligi Konstitutsiya tomonidan kafolatlanganligini ko'rsatdi. Boshqa mamlakatlarda hozirgi kungacha bunday kafolatlar mavjud emas. Download 38.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling