Ertangi kun bizniki Marra bizniki
Download 51 Kb.
|
Ertangi kun bizniki - Marra bizniki
Ertangi kun bizniki - Marra bizniki Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatdagi obro‘-e‘tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib, hayotga kirib borishga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. I.A.Karimov. Reja:
Kirish. Mustaqillik- yuksak ma’naviyat. Asosiy qism. 1.Mustaqillik – bergan ne‘mat. 2.Yoshlar- kelajak egalari. 3.Biz buyuk yurtning – buyuk farzandlarimiz. Xulosa Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq davlatimiz rahbari ma‘naviyatning bosh homiysi sifatida mamlakatimiz ijtimoiy ma‘daniy hayotiga, xususan milliy va umuminsoniy qadriyatlariga alohida e‘tibor qaratdi. Davlat rahbari sifatida o‘zining har bir ma‘ruzasi yoki nutqida yozgan asarlarida “yuksak ma‘naviyat milliy o‘zlikni anglashda muhim va hal etuvchi vosita” ekanligi uqtirib kelmoqda. Mustaqillikning ilk kunlaridan yoshlarimiz va ularning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilishga alohida e‘tibor qaratdi. Yuksak ma‘naviyatli insonlar shakillanishiga alohida e‘tibor qaratishimiz lozim. Bizning yoshlarimiz o‘z yurtiga, vataniga munosib farzandlar bo‘lib tarbiyalanmog‘i kerak. Bugungi kunda yoshlarimizga juda katta e‘tibor qaratilmoqda. Ularni ota-bobolariga munosib, o‘z yurtiga sodiq inson bo‘lib shakillanishiga alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda. Bugun unib-o‘sib kelayotgan yosh-avlodimiz yuksak ma‘naviyatli va ma‘rifatli bo’lib ulg‘ayishi lozimdir. Chinakam ma‘naviyatli va ma‘rifatli odamgina inson qadrini bilishi o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi mumkin. Shu o‘rinda ma‘naviyatning yana bu muhim xususiyati haqida so‘z yuritib, u odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat imon-e‘tiqodini butun qilishda namoyon bo‘lishini hamda turli xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma‘naviyat negizida yanada toblangani va kamolga yetganiga alohida e‘tibor qaratishimiz lozim. Bugungi kunda yoshlarimizga qaratilgan e‘tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilda. Bu esa bugungi kunda yoshlarimiz – bizning ertangi kunimiz ekanligidan dalolat beradi. Kelajak – yoshlar qo‘lida. Biz qanchalik bilimli, yuksak ma‘naviyatli inson bo‘lsak, kelajagimiz shunchalik porloq bo‘ladi. Uzoq o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yurtimiz bosib o’tgan qiyin va mashaqatli yo‘lni guvohi bo‘lamiz. Har bir davlat va millat bor ekan o‘zining o‘tmish xotiralariga ega. Biz tarixga nazar tashlasak, ota-bobolarimiz bosib o‘tgan og‘ir va azobli yo‘lni guvohi bo‘lamiz. Bu o‘z mustaqilligimizga erishguncha bo‘lgan ko‘p asrlik davrdir. Uzoqga bormasdan xalqimiz o‘z boshidan kechirgan mustamlaka davrini bir ko‘z oldimizga keltiraylik. Qariyib 150 yil davom etgan, tarixmizning tom ma‘nodagi qora kunlari bo‘lmish, o‘sha zamonda bir paytlar o‘zining qudratli davlatchiligi, buyuk farzandlari, yuksak ilm-u ma‘daniyati, obod shahar va qishloqlari bilan dunyoni hayratga qoldirgan el-yurtimiz qanday og‘ir mashaqqatlarga duchor bo‘lganini yaxshi bilamiz. Lekin, shunday qiyin va azobli davrda ham bizning ota-bobolarimiz o’zligini unutmadi. Ular ertangi kunga ishonch va umid bilan yashadi. Nihoyat, ular kutgan yorug‘ kunlar keldi va ular orzu qilgan davr boshlandi. Biz mustaqillik tufayli oyoq-osti bo’lgan qadriyatlarimizni, ma‘daniyatmizni, urf-odatimizni qayta tikladik. Mustaqillik bizga o‘zligimizni, ma‘daniyatimizni, g‘urur va iftixorimizni, bizni ota-bobolarimiz kim-u, ularga munosib farzand bo‘lishimizni o‘rgatdi. Bugun yurtimizning har-bir go‘shasiga bormang, uning go‘zalligini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Uning go‘zalligi va betakrorligini ko‘rib hayratga tushasiz. Bularning barchasi Mustaqillik sharofatidir. Mustaqillik bergan ma‘naviy ne‘matlar va u tufayli o‘zligimizni anglashimiz, tiklanish va o‘nglanish sari qo‘yilgan ulug‘vor qadamlar teran ildizlarimizni o‘rganib, fundamental tadqiqotlar yaratish, tarixiy, xolis haqiqatlarni xalq ongiga sindirish huquqiga ega bo‘ldik. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning “Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch” asari nafaqat xalqimiz balki dunyoning ko’plab mamlakatlari aholisi tomonidan kamoli qiziqish bilan o‘qilmoqda va har bir kishi undan biro lam taassurot olishini baralla aytshimiz mumkin. Darhaqiqat, bugungi kunda yuksak ma‘naviyatli insongina mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohatlarini obro‘mand qilishga va yangilanishlar jarayonida o‘zining amaliy faoliyati bilan ishtirok etishga intiladi. Butun jamiyatimiz, sahovatli zaminimizda yashayotgan har qaysi insonni amaliy ishlarga safarbar etadi. Vatan taraqqiyoti xalq faravonligini yuksaltirish umumiy maqsadimizga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Zero, yuksak ma‘naviyatli insonlar bilan sara insonlardir. Yuksak ma’naviyatli insonlargina nafaqat moddiy olam obodligi bilan, balki ko‘ngil ruh obodligi bilan yashaydi. Aynan shunday insonlar bilan biz intilayotgan fuqarolik jamiyatini qurish masofasini qisqartirishimiz mumkin. Har bir xalqning ertangi kuni va kelajagi yosh avlod bilan bog‘liq. Farzandlari sog‘lom, bilimli yurtning kelajagi musthkam bo‘ladi. Haqiqatdan ham bugungi kunda yoshlar uchun imkoniyatlar cheksizdir. Ularning ta‘lim olishi, ma‘naviy va ma‘daniy rivojlashini uchun barcha shart-sharoitlar va imkonyatlar beqiyos. Yoshlar-kelajak egalari, shuning uchun ular tarbiyasi har doim biz uchun birinchi o‘rinda bo‘lib kelgan. Biz har doim bir shoir ostida yoshaymiz “Biz ota-bobolarimizga munosib farzand bo‘lishimiz kerak”. Shu birgina jumla bizning ko’ksimizga g‘urur va faxr tuyg‘usini uyg‘otib yuboradi. Biz Amir Temur nabiralari, Zulfiyaxonim izdoshlari, Navoiyning avlodlari ekanligimizni hech qachon unutmasligimiz kerak. Biz bobolaromiz g‘ururi, momolarimiz yuzi, ota-onalarimiz obro‘simiz. Ajdodlarimizga munosib avlodlarmiz. Biz mustaqil yurtning mustaqil farzandlarimiz. Ertamiz bugunimizdanda go‘zal bo‘lmog‘i kerak. Zero: “Ertangi kun bizniki, marra bizniki”. Biz yoshlar yuksak ma‘naviyat egalari bo‘lmog‘imiz kerak. Jahon reytinglarida vatanimiz bayrog‘ini yanada yuksak cho‘qqilarga ko‘tarshimiz, ma‘naviy va madaniy jihatdan yuksak salohiyatli shaxs bo‘lib tarbiyalinishimiz darkor. Biz yoshlar komil inson darajasidagi ma‘naviyati yuksak, farzandlar bo‘lmog‘imiz shartdir. Biz buyuk yurtning buyuk farzandlari ekanligimizdan qancha faxrlansak shuncha kam. Bu zamin dunyoda tengi yo‘q diyordir. Biz shu aziz zaminga munosib farzandlar bo‘lmog‘imiz shart. Zero, ertasi porloq yurtning farzandlari sog‘lom, osmoni musaffo, tinchligi abadiy bo‘ladi. Buyuk yurtga buyuk farzand bo‘lishi uchun ulkan maqsadlari sari intilishi kerak. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: “Bolalarim, marrani baland tuting”. Eng avvalo shuni ta‘kidlash joizki; Ulkan marrani maqsad qilish, unga erishishdir. Shunday ekan, ertangi kun marrasini baland tutaylik ulkan maqsad sari faqat olg‘a qadam tashlash kerak. Biz ko‘zlagan cho‘qqilar bir kun oyog‘imiz ostida bo‘lishini hech qachon unutmasligimiz kerak. Buning uchun bizga maqsad sari shijoat, ertangi kunga ishonch tuyg’ulari jo‘sh urib turmog‘i kerak. Zero, hech qachon yodimizdan chiqarmaylik “Erta bugundan, kelajak hozirdan boshlanadi”. Bugungi kunimizni yuksalish va rivojlanish kuni desak adashmagan bo’lamiz. Bugungi kunda Yurtboshimizning oqilona siyosati tufayli Respublikamiz har bir viloyatini go‘zal va betakrorligini ko‘rib hayratga tushamiz. Jumladan o‘zimizning go‘zal va betakror viloyatimiz Qashqadaryo viloyatidagi tub o‘zgarishlarni ko‘rib hayratga tushmaslikni iloji yo‘q. Birgina Qarshi va Shahrisabz tumanidagi tub o‘zgarishlar buning yorqin dalilidir. Uning har bir joyiga nazar tashlar ekanmiz uning qiyofasi naqadar o‘zgarganini ko‘ramiz. Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan, bag‘rida ne-ne daholarni ulg‘aytirgan birgina Shahrisabz shahrini oladigan bo‘lsak, u bugun o‘z nomiga munosib shahar bo‘ldi. Bularning barchasi Yurtboshimizning say-harakatlaridir. Xulosa: Yuksak orzulari bor xalq, yuksak maqsadlar sari intiladi. Bizning yurtimiz bosib o‘tgan yillar zamiriga ko‘z tashlaydigan bo‘lsak ne-ne sinovlarda toblangan ajdodlarimiz irodasini ko‘rishimiz mumkin. Ular jasorati, ular matonati har qanday og‘ir va murakkab sharoitlarda ham, ota-bobolarimiz o‘zligini yo‘qotmasdan, ma‘naviy hayot mezonlari, odob- axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo‘lib, kuch-quvvat bag‘ishlab kelmoqda. Biz ana shunday g‘ururi osmon, irodasi mustahkam, shijoati baland ajdodlar farzandlarimiz. Biz ertangi kelajak egalarimiz. Dunyoni lol qoldirgan buyuk bobolar avlodlarimiz. Bizning bugunimiz tarixga aylanadi, bugunimiz esa shak-shubhasiz tinch, farovon va baxtlidir! Fransuz tili yo‘nalishi 013-24 guruh talabasi Turdiyeva Aziza Ilmiy rahbari F.Bo‘riyeva Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling