Farg'ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Mehnat ta'limi yo'nalishi


Download 57.5 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi57.5 Kb.
#173393
Bog'liq
tex dizayn


Farg'ona davlat universiteti

Fizika-matematika fakulteti Mehnat ta'limi yo'nalishi

17.13-guruh talabasi G'oyibnazarova (Xatamova) Odinaxonning Texnologiya va dizayn fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi

Mavzu: Naqsh va uning turlari

Bajardi : O.G'oyibnazarova

Qabul qildi: G. Safarova
Mavzu: Naqsh va uning turlari

Reja:


1.Naqqoshlik sanʼati tarixi

2.Oʻzbek milliy arxitekturasining oʻziga xos bezatilishi

3. Oʻzbekiston naqqoshlik sanʼatining rivojlanishi

Oʻrta Osiyo naqqoshlik sanʼati qadimdan dunyoga mashhur. Oʻtmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yoʻqotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.

Milliy naqshlarimiz gʻoyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, kuticha, sandiq, belanchak, cholgʻu asboblari, uy-roʻzgʻor buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni oʻylantiradi. Bu goʻzal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan boʻlib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, meʼmorchilik hamda tasviriy sanʼat rivoji bilan bogʻlangan holda takomillashib bordi.

Naqsh — arabcha tasvir, gul degan maʼnoni anglatadi. Qush, hayvon, oʻsimlik, geometrik va boshqa elementlarni maʼlum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtadoʻzlikda, zardoʻzlik, kulolchilik, zargarlik, gilam toʻqish,toʻqimachilik, panjaralar va hokazolarda har xil yoʻllar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan, oʻyib, chizib, chok yordamida, zarb bilan, qadab va boshqa usullarda naqsh solinadi. Naqqoshlik sanʼati tarixi insoniyat madaniyati bilan bir qatorda qadimiydir. Madaniyatning rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib chiqdi hamda rivojlandi. Har xil arxeologik qazilmalar shuni koʻrsatadiki, naqqoshlik jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud ekanligi bizga maʼlum boʻldi.

Xitoyda, Qadimiy Eronda, Hindistonda va boshqa joylarda naqshning har xil turlarini koʻrish mumkin, Naqqoshlik har bir davlatning oʻziga xos muhitiga: geografik oʻrniga, oʻlkaning oʻsimlik dunyosiga koʻra rivoj topdi. Masalan, arman va gruzinlarda uzum va uzum bargi, shimol xalq gullar, qalampir va boshqalarni ramziy naqsh tariqasida ishlatilganligini koʻrasiz. Yevropada barokko, gotika, roman, klassitsizm uslublari har xil davrlarda hukmron boʻldi. Bu esa oʻz-oʻzidan naqqoshlik sanʼatining rivojlanishiga taʼsir etdi.

Uzbekiston territoriyasidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm, Soʻgʻd, Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqsh sanʼatining rivojlanganligi maʼlum. Olimlarimiz Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (1—11 asr), Dalvarzintepa (1 asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari orqali isbotlab berganlar. Xorazmdagi Tuproqqalʼa zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizga maʼlum. VI—VII asrlarda ibodatxonalar, qasrlar va boylarning uylari oʻyma naqshlar hamda tasvirlar bilan bezatilgan. Tantanali marosimlarga moʻljallangan xonalardagi dabdabali ajoyib naqsh, rasmlarni koʻrib hayron boʻladi kishi. Ularning birini qarasangiz devorlarda bazmi jamshid, ov, rasmlar urishi, manzaralar hamda diniy rasmlar tasvirlangan. Jonli mahluqlar qizil va koʻk ranglar bilan boʻyab tasvirlangan. VII asrning oxiri VIII asrning boshlarida Oʻrta Osiyoni arablar bosib olishi natijasida qaror topgan islom dini oʻzidan oldingi madaniyatning ildiziga bolta urdi. Yangi din hamda yangi gʻoya Oʻrta Osiyo tasviriy sanʼatiga taʼsirini oʻtkazdi. Jonli mavjudotlarni aks etdirish man etildi. “Keyinchalik yuzaga kelgan diniy sharhlar va hodisalar koʻproq murosasiz yoʻl tuta borib, qatʼiy ravishda shunday der edi: «Tangri yoki odamzod suvratini chizishdan tiyiling, faqatgina daraxtlar, gullar va jonsiz mavjudotlarning rasmini soling, aks holda bu qoidani buzgan kishi gunohi azim qilgan boʻladi”, deb qoʻrqitilgan. Jonli mavjudotlar suvratini chizish man etilishining maʼnosi shundaki, xudodan boshqa hech kim biror narsa yaratish u yoqda tursin, hatto Xudo yaratgan narsani qayta gavdalantirishi ham mumkin emas va bu uning qoʻlidan kelmaydi, aks holda musavvir Xudo bilan bas boylashib, uning irodasiga shak keltirgan boʻladi» .

Islom talablariga boʻysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va odamlarni tasvir-lash yoʻqolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi oʻzlashtirildi. Natijada naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo boʻldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo-afsunlar vazifasini bajardi. Xullas tasviriy sanʼat rivojlanmaydi. Buning hisobiga xalq amaliy bezak sanʼati naqqoshlik hisobiga rivoj topdi. IX—X asrlarda Oʻrta Osiyoda naqqoshlik sanʼati avj olib rivojlandi. Arxitekturada gʻisht qalab naqsh solish yuksak darajada rivojlandi, binolarning ichki tomoniga ganch, yogʻoch oʻymakorligini qoʻllash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch naqshlar bilan juda nafis bezatiladi. Naqshlar murakkablashib bordi. Ularning yangi nusxalarida ramz, tasvirlar, timsol, duo-afsunlar, tasbih va boshqalar naqadar moʻlligini koʻramiz. Ramziy naqshlar dunyoda sodir boʻlayotgan voqeliklar, tilaklarni aks ettirgan. Har bir chizilgan naqshda oʻziga xos maʼno boʻlgan. Chunonchi, oʻsimliksimon naqsh gulsapsarni olaylik, u osoyishtalik va umr uzoqlik timsoli, “pechak islimiy” naqshi boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa toʻkinchilik hamda bahor chogʻida uygʻonishni bildiradi. Musavvirning tasvirlari bu uning ona tabiatga boʻlgan muqabbatini ,bildiradi. Uning ranglari oʻziga xos maʼno va xarakterga ega. Naqsh oʻzbek madaniyatining hamma bosqichlarida hamroh boʻlib kelgan. Eng oddiy prinsiplari birbiriga mutanosiblik, uygʻunlik, yoʻsin va usullarini ajoyib qayta-qayta takrorlashuvidir. Xalq naqqoshlari naqshlarning har bir detaliga alohida eʼtibor berib, uning tabiiyligini yoʻqotmaganlar, har bir elemekt ustida puxta fikr yuritganlar. Har bir iaqsh negizda maʼlum ramziy maʼno singdirilgan. XI—XII asrlarda Oʻzbekiston territoriyasida arxeologik topilmalar shuni koʻrsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh koʻp ishlatilgan.

Girih — forscha, chigal, tugun degan maʼnoni beradi. Xandasiy naqsh — toʻrtburchak, uchburchak va boshqa elementlardan tashkil topgan geometrik murakkab naqsh tury}. Girih toʻgʻri, egri va aralash chiziqlarga boʻysundirilgan boʻlib, oʻziga xos shartlilikka ega. Bu naqsh turining keng tarqalishi bezak sanʼatining rivojlanishiga yangidan-yangi imkoniyatlar ochib berdi. Oʻzbek madaniyatining rivojlanishiga butun dunyoga mashhur olimlar — Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), Beruniy, Firdavsiy va Roʻdakilar yetishib chiqdilar. Oʻsha vaqtda butun dunyoga mashhur boʻlgan (YUNESKO muhofazasidagi) Somoniy maqbarasi qurildi. U 1127 yili meʼmor Arslon Muhammadxon boshchiligida pishirilgan oddiy gʻishtni har xil kombinatsiyalashtirib qurilgan. Gʻishtlar yoz faslida eng toza ganch bilan terilib ishlangan.

Xalq rivoyatlariga koʻra, meʼmor bu minorani qurganu, koʻzdan gʻoyib boʻlgan. Imorat yaxshi choʻkib, oʻrnashib terilgan yaxlit toshga aylangandan keyin meʼmor paydo boʻlib pardoz ishlarini boshlagan.

“XIII asrda yuksak koʻtarilgan milliy madaniyatni mongol bosqinchilari izdan chiqardi. 1219—1221 yillarda Buxoro, Samarqand, Urganch, Balx, Marv bosib olinib tor-mor qilindi”.

XIII asrda Chingizxon hukmronligida milliy sanʼat birmuncha izdan chiqsada, lekin butkul yoʻq qilinmadi. Temur va temuriylar davrida esa oʻzbek milliy xalq amaliy sanʼati yuksak darajada rivojlandi.

“XIV—XV asrlarda Oʻrta Osiyo xalqlari tarixida taraqqiy etgan feodalizm iqtisodiy-ijtimoiy formatsiyasi davrida feodal ishlab chiqarishga asoslangan oʻziga xos bir iqtisodiy-madaniy koʻtarinkilik roʻy berdi. Bu davrni biz hozir Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Behzodga oʻxshash juda koʻp isteʼdodli adiblar, olimlar, mutafakkirlar, sanʼatkorlar nomlari bilan bogʻliq boʻlgan Uygʻonish (Renessans) davri deb ataymiz. XIV—XV asrlarda Samarqandda tez surʼatlar bilan turli-tuman inshootlar qurila boshlagan. Bu qurilishlarda Hindiston, Eron, Iroq, Zakavkazye, xullas Amir Temur hukmronligi ostida boʻlgan barcha oʻlkalardan kelgan meʼmorlar, hunarmandlar, ustalar, sanʼatkorlarni koʻrish mumkin edi. Ular oʻzlari bunyod etayotgan inshootlarga butun bilimlari, hunarlari va sanʼatkorona mahoratlarini baxsh etganlar. Oʻsha davrda Samarqand va Movarounnahrning boshqa joylarida bunyod etilgan juda koʻp hashamatli tarixiy madaniy obidalarda Oʻrta Osiyo xalqlaridan tashqari butun yaqin va Oʻrta Sharq xalqlarining oʻziga xos boy, sermazmun badiiy-estetik merosining sintezi qorishib, uygʻunlashib ketgan edi, desak mubolagʻa boʻlmasa kerak”.

Temuriylar xonligida hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi. U bosib olgan yerlardagi hamma ustalarni Samarqandga yigʻdi».

U tikuvchi, toshtarosh, zargar, kulol, naqqosh va boshqa ustalarni olib kelib ishlatgan. Shu sanʼat turlari qatori naqqoshlik am tez rivojlana boshladi. Temur hukmronligi ostida juda koʻp bino, machit, madrasa va boshqalar qad koʻtardi. Undagi bezaklar yanada badiiylashtirildi. Shaharlar atrofi bogʻu boʻstonga aylantirildi. Xullas u oʻzbek milliy madaniyatini rivojlantirishda katta hissa qoʻshdi. Ayniqsa tasviriy sanʼat qaytadan tiklanib, tez orada rivojlanib ketdi. Devorlarda osmon, sobit sayyoralar, togʻlar, dengizlar, sahrolar, odamlar, hayvonlar va boshqalar aks ettirildi. Oʻsha davrda tasviriy sanʼatning asosiy vazifasi hukmdorlarning kuch-qudratini, harbiy shavkatini ulugʻlashdan iborat edi. Afsuski koʻpgina urushlar oqibatida qozirgacha qasrlardagi, turar joylardagi va jamoat binolaridagi tabiat rasmlari bizgacha yetib kelmagan. Ayrim qoldiqlargina saqlanib qolgan. Ayniqsa oppoq ganch ustidan chizilgan gullar, manzaralar, qushlar tasviri nihoyatda nafis ifodalangan. “Tabiat manzaralari musavvir tomonidan shu qadar ustalik va chaqqonlik bilan ado etilganki, uning qoʻli bamisoli qush parvozidan erkin harakat qilgan, shoir tili bilan aytganda, tutgan moʻyqalami musavvirning oʻz barmoqlariday aniq harakat qilgan, usta bilan qil oʻtmas doʻst moʻyqalam goʻyo uning amriga mahtalday”.

XIV—XV asrlarda koshinkorlik rivojlandi, qurilgan binolarni koshin va parchinlar bilan bezatish avj oldi. Koshin va parchinlardan ajoyib naqshlar hosil qilishga erishildi. Chunonchi, Samarqanddagi Shohi-Zinda kompleksi, Ashratxona, Oq saroy, Koʻhna Urganchdagi Toʻrabekxonim maqbarasi va boshqalardir. XV asrda naqqoshlik sanʼati yanada rivojlandi. Natijada naqqoshlikda kundal texnikasi paydo boʻlib rivoj topdi. Samarqandda Ashratxona, Oqsaroy maqbaralari va boshqa arxitektura yodgorlikla-rinigg ichki qismini kundal usulida bezaldi. Tundal — arxitekturada devorga boʻrtib ishlangan bezak texnikasi. Meʼmorchilikda keng tarqalgan. Moʻyqalam bilan devorga surtilgan qizil kesak boʻrtma shakl oladi, ustidan boʻyoq va zarhal beriladi. Zamin zarhalga, asosiy boʻrtma naqsh elementlari turli-tuman ranglarga boʻya-ladi yoki aksincha, boʻrtma naqsh zarhalga, zamin esa turli rangga boʻyaladi. XV asrdan boshlab Samarqanddagi Ashratxona maqbarasi, Buxorodagi Amir maqbarasi, Baland machitida jozibador namunalar saqlangan. Oʻrta yerda kundal texnikasidagi bezaklar keng tarqalgan

XVI—XVII asrga kelib syujetli rasmlar deyarli chizilmay, balki kundal usulida naqshlar bilan bezash rivoj topdi. Kundal usulida Buxorodagi Xoʻja Zayniddin xonaqosi (XVI asr), Baland machit (XVI asr), Abdulazizxon madrasasi (XVI), Samarqanddagi Tillakori madrasasi (XVII asr) va boshqalar bezaldi. Bu arxitektura binolarida bezalgan naqshlar oʻzining badiiyligi, harakatchanligi, oʻziga xos originalligi bilan kishini x,ayratga soladi. Naqshlarning har biri bir katta asar boʻlib voqelikni naqqosh tili bilan kuylayotgandek tuyuladi. Lekin XVII asrning oxiriga kelib, bir necha joyda takrorlanadigan naqshlar va mavzularning bir xilligi, tillaning haddan tashqari sarf etilganligi koʻzga tashlandi. Ayniqsa bu sohada ijodiy izlanishlar kam boʻlganligi sezildi.

XVI—XVIII asrlar orasida oʻzaro ichki urushlar va nizolar madaniyatning rivojlanishiga salbiy taʼsir etdi. Bu esa milliy naqqoshchilik sanʼatining rivojlanishiga ham taʼsir etdi. Buxoro, Xiva, Qoʻqon xonliklari vujudga kelish bilan sanʼatkorlar bu shaharlarga yigʻila boshladi. Shu vaqtdan naqqoshlik xalq amaliy sanʼat turlari kabi gullab yashnay boshladi. Xivadagi Tosh hovli, Qoʻqondagi Xudoyorxon oʻrdasi Buxorodagi Sitorai Mohixosa singari yirik binolar ajoyib naqshlar bilan bezatildi. Hajmli — planli naqsh kompozitsiyalar paydo boʻldi. Bu bezaklar nihoyatda nafisligi bilan ajralib turar edi. Naqsh sanʼatining rangbarang rivojlanishi, har bir shahar va vohaning oʻziga yarasha naqqoshlik maktabi paydo boʻldi. Chunonchi Fargʻona, Toshkent, Xorazm, Samarqand va boshqalar. Ular oʻzining kompozitsiyalari, rangi jihatidan va boshqa tomonlari bilan farqlanadi.

XIX va. XX asr boshlarida turar joy binolari, mahalla machitlari, saroy va oʻquv yurtlari binolari, choyxonalarning devor va shiftlari jimjimador naqshlar bilan bezatildi. Ayniq-sa devorlar sirtiga daraxtlar, guldastalar, guldonli guldastalar, gulli butoqlar jonli chiziqlar bilan bezatildi. Chunonchi Quvadagi Zayniddin boyning uyi, Toshkentdagi knyaz N. K. Romanovlar saroyi, A. A. Polovsevning uyi, Margʻilondagi Saidahmadxoʻja madrasasi va boshqalar

Oʻzbek milliy arxitekturasining oʻziga xos bezatilishi

Oʻzbek binosining ichki qismidagi har bir meʼmoriy qismi oʻziga xos ornamental bezak tipidan tashkil topgan. Interyer, yaʼni xona devori uzunasiga 3 qismga boʻlingan, devorning pastki qismi izora (panel), oʻrta qismi va tepa qismi friz. Devorning oʻrta qismi namoyonlar, manzaralar, katta-kichik naqshlar, unvonli yozuvlar va boshqalar bilan bezatilgan, Friz qismiga har xil geometrik va oʻsimliksimon naqsh-lar ishlangan. Devorning tepa qismi bilan shift oʻrtasiga ganchdan ishlangan ajoyib karnizlar ishlatilgan, buni sharafa deb yuritiladi. Shiftning oʻrtasi oʻyib ishlangan ganchli qubbalar bilan bezatilgan, bunga hovuzak deyilgan. Bu hovuzaklarga islimiy yoki geometrik naqshlar yoki turunjlar ishlatilgan. Xonaning hovuzak-lariga silliq qilib vassajuftlar yarim silindrsimon tayoqchalarni yonma-yon terib chiqish natijasida toʻlqinsimon yuza hosil qilingan. U, koʻpincha, umumiy rang yoki oddiy islimiy Naqsh bilan bezatilgan. Bu bezaklar oʻzbek xonadonining ziynati hisoblangan. Devorlardagi gokchalar, taxmonlar cheti,kitobalar ajoyib naqsh namunalari bilan bezatilgan. Tokchalar har xil idish-tovoqlar bilan bezatilgan. Uy-roʻzgʻor buyumlariga naqsh berish yanada rivoj topdi. Oʻrta asr miniatyuralari qam rivojlandi. Oʻzbek xonadonlari sergul gilamlar, rang-barang adyol va choyshablar, idish-tovoqlar, naqshinkor xontaxtalar, devorlari manzarali namoyon, hashamdor shiftlar— bular hammasi birgalikda xalq bezak sanʼatining butun bir serjilo asarini tashkil etadi. Uy-roʻzgʻor buyumlari — xontaxtalar, qalamdonlar, qutichalar, devoriy naqshlar, ularning rangin bezaklari bir-biri bilan qandaydir bogʻliklikka egadir. Ana shu devorlarda yaratilgan naqshlar oʻzining mutanosibligi, puxtaligi, ranglarining uygʻunligi, bichimi, nafisligi, badiiyligi bilan diqqatga sazovordir.

Oʻzbekiston naqqoshlik sanʼatining rivojlanishi

Naqqosh ustalar ham boshqa ustalar qatori machit, madrasa, turar joylarni, saroylarni taʼmirlashni boshlab yubordilar. 30-yillardan soʻng koʻpgina jamoat uylari, choyxonalar, madaniyat, uylari, saroylari va boshqa joylarni yogʻoch " naqsh va ganch bilan bezatila boshlandi. Koʻpgina joyldarda ajoyib (namoyonlar, qandillar, oʻyma eshiklar, oʻyma ganchlar va naqshlar bilan bezatildi. 1939 yilda Samarqand va Buxoroning eng yaxshi ustalaridan 12 kishi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi bi-nosini ajoyib naqshlar bilan bezadilar. Shu yillari “Baqor” konsert zalini ham naqsh, ganch oʻymakorligi, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatildi. 40-yillarda qurilgan Muqimiy, Navoiy teatri binolari ajoyib naqsh, ganch va yogʻoch oʻymakor-liklari bilan bezatildi. Naqqoshlik sanʼatini rivojlantirishda ajoyib xalq ustalari fargʻonalik Saidmahmud Norqoʻziyev, toshkentlik Tohir Toʻxtaxoʻjayev, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Jalil Hakimov, xivalik Abdulla Boltayev, S. Xudoyberganov, X. Rahimov, samarqandlik Jalol va Bolta Jalilovlar, usta Madaminjon Husanov va boshqalar hamda ular-ning shogirdlari yaratgan asarlar hozir ham xalqqa xizmat qilyapti. Ular avloddan avlodga meros boʻlib kelayotgan naqqoshlik sanʼatiga katta hissa qoʻshdilar. Ular oʻzbek naqshlarining elementlariga yangicha elementlar (oʻroq va bolgʻa, kabutar, paxta, yulduz va boshqalar) yangicha gʻoyalar kiritdilar. Lekin oʻzimizning anʼanaviy oʻzbek xalqining oʻziga xos milliy sanʼatini saqlab qoldilar. Ular zamonaviy binolarga moslab oʻzbek milliy naqsh elementlari boʻlmish nozik majnuntol nihollari, anor butogʻi, gulli butylar va boshqa oʻsimliklarni tasvirladilar. XX asrning oʻrtalarida naqqoshlik sanʼati yanada rivoj topdi. Devorlarga manzarali monumental tasvirning mashhur ustasi Chingiz Ahmarov Sharq miniatyurasining eng yaxshi namunalaridan hamda Oʻrta Osiyo xalqlarining Oʻrta Osiyo naqqoshlik sanʼati qadimdan dunyoga mashhur. Oʻtmishda otabobolarimiz surgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yoʻqotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.

Milliy naqshlarimiz gʻoyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, kuticha, sandiq, belanchak, cholgʻu asboblari, uy-roʻzgʻor buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni oʻylantiradi. Bu goʻzal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan boʻlib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, meʼmorchilik hamda tasviriy sanʼat rivoji bilan bogʻlangan holda takomillashib bordi .

Naqsh — arabcha tasvir, gul degan maʼnoni anglatadi. Qush, hayvon, oʻsimlik, geometrik va boshqa elementlarni maʼlum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir .Ganchkorlik, kandakorlik, kashtadoʻzlikda, zardoʻzlik, kulolchilik, zargarlik, gilam toʻqish, toʻqimachilik, panjaralar va hokazolarda har xil yoʻllar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan, oʻyib, chizib, chok yordamida, zarb bilan, qadab va boshqa usullarda naqsh solinadi. Naqqoshlik sanʼati tarixi insoniyat madaniyati bilan bir qatorda qadimiydir. Madaniyatning rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib chiqdi hamda rivojlandi. Har xil arxeologik qazilmalar shuni koʻrsatadiki, naqqoshlik jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud ekanligi bizga maʼlum boʻldi.

Xitoyda, Qadimiy Eronda, Hindistonda va boshqa joylarda naqshning har xil turlarini koʻrish mumkin, Naqqoshlik har bir davlatning oʻziga xos muhitiga geografik oʻrniga, oʻlkaning oʻsimlik dunyosiga koʻra rivoj topdi. Masalan, arman va gruzinlarda uzum va uzum bargi, shimol xalq gullar, qalampir va boshqalarni ramziy naqsh tariqasida ishlatilganligini koʻrasiz. Yevropada barokko, gotika, roman, klassitsizm uslublari har xil davrlarda hukmron boʻldi. Bu esa oʻz oʻzidan naqqoshlik sanʼatining rivojlanishiga taʼsir etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.A.Muslimov, Sh.S. Sharipov, M.Qodirov “Texnik ijodkorlik va dizayn” T.:TDPU, 2010 yil

2. A.S.Iskandarov “Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar” T .: “Fan va texnologiya” 2004 yil

3. R.S.Shermuxammedov, S.S.Yaxshiyev, A.Ye.Parmonov “Chilangarlikdan amaliy ishlar” T.: “Iqtisod moliya” 2007 yil

4. G`.M Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi-T..”Sharq”2012.yil.

5. A.O`mirov,A.Qayumov “Mashinasozlik texnologiyasi” T..

”O`zbekiston”2003 yil.

6. S.A.Yuldashbekov, B.K.Muhammedjonov “Mexanizm va mashinalar nazariyasi” T..”Voris-nashriyot” 2006 yil.

7. M.A.Babajonov “Texnologik jarayonni loyihalash” Cho`lpon nomidagi nashriyot-manbaa ijodiy uyi Toshkent 2009 yil.

8. N.X.G`ulomova “Chizmachilik” (Mashinasozlik chizmachilik) T.: Fan va texnologiyalar nashriyoti 2017 yil.

Internet saytlari

1. http://www.ziyonet.uz;

2. http://www.pedagog.uz;

3. http://www.literatura.uz;



4. http://www.edu.uz
Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling