О`zbekistonda inson va fuqarolarning
Jinoyatning obyektiv tomoni
Download 140.5 Kb.
|
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari uning kosntitutsiyada mustahkamlanishi
Jinoyatning obyektiv tomoni turar joyga unda yashovchilarning erkiga qarshi zo`rlik ishlatib, g`ayriqonuniy ravishda bostirib kirishda ifodalanadi.
Agar turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda g`ayriqonuniy bostirib kirish zo`rlik ishlatib sodir etilgan bo`lsa, aybdor JK 142-moddasi bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi. Agar g`ayriqonuniy bostirib kirish zo`rlik ishlatilmay sodir etilgan bo`lsa, aybdorning xatti-harakati jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinmaydi. Bunday hollarda aybdorning qilmishi JKning sog`liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalari bilan jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinmaydi. Biroq, ayblanuvchi tomonidan jabrlanuvchiga og`ir tan jarohati yetkazilgan hollarda, ayblanuvchining harakatlari jinoyatlar majmui tariqasida JK 142 va 104-moddalari bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda bostirib kirish mansabdor shaxs tomonidan sodir etilsa, uning harakatlari JK 206-moddasi bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi va bunday hollarda JK 142-moddasi bo`yicha kvalifikatsiya talab qilinmaydi. Turar joyga zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy bostirib kirilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Bunda kelib chiqqan oqibatlar ahamiyatga ega emas. Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, aqli raso, jismoniy shaxs bo`lishi mumkin. Turar joyga bostirib kirib o`zganing mol-mulkini o`g`rilaganlik JKning o`g`irlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan tegishli moddalari bilan qamrab olinadi va JK 142-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi kafolatlangan. Asosiy Qonunning 37-moddasida: «har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb belgilab qo`yilgan. Unda «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deyiladi. Xalqaro huquqiy hujjatlarda: «har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli va qulay sharoitlarda ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega» ekanligi ta'kidlanadi. JK 148-moddasi ikki qismdan iborat. Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi hisoblanadi. Mazkur moddaning 1-qismida javobgarlik ko`zda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan bila turib, g`ayriqonuniy ravishda ishdan bo`shatish yoki ishga tiklash to`g`risidagi sud qarorini bajarmaslikda ifodalanadi. Shu moddaning 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan ayolning homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganini bila turib, uni ishga olishdan g`ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo`shatishda ifodalanadi. Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling