О`zbekistonda inson va fuqarolarning
Download 140.5 Kb.
|
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari uning kosntitutsiyada mustahkamlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- JK 141-modda 2-qismi
- Subyektiv tomondan
Obyektiv tomondan jinoyat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeidan kelib chiqishdan qat'i nazar fuqarolarning huquqlarini buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita afzalliklar berishda ifodalanadi.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini va h.k. kelib chiqib, fuqarolarning huquqlari buzilgan yoki cheklangan yoxud fuqarolarga afzalliklar berilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi. Teng huquqlilikning buzilishi zo`rlik ishlatib sodir etilgan bo`lsa, aybdorning qilmishi JK 141-modda 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish vaqtida zo`rlik ishlatish mushtlash, jabrlanuvchini kaltaklash, badaniga yengil yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazishda ifodalanishi mumkin. Bunday qilmish shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar bilan qo`shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi. Badanga og`ir shikast yetkazilgan hollarda aybdorning qilmishi jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi. Subyektiv tomondan fuqarolar teng huquqliligining buzilishi qasddan sodir etiladigan jinoyat hisoblanadi. U bevosita g`araz niyat bilan sodir etilishi mumkin. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, aqli raso har qanday shaxs bo`lishi mumkin. Fuqarolar turar joy daxlsizligi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. Konstitutsiyaning 27-moddasida: «har kim o`z sha'ni va obro`siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o`tkazishi yoki uni ko`zdan kechirishi... mumkin emas», deyilgan. JK 142-moddasi «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida»gi xalqaro Paktga, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga mos keladi. Jumladan Deklaratsiyaning 17-moddasida: «hech kimning turar joy daxlsizligiga tajovuzlar qilishi mumkin emas», deb yozilgan. Mazkur jinoyatning obyekti fuqarolar turar joy daxlsizligi hisoblanadi. Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling