О`zbekistonda inson va fuqarolarning


Ishga tiklash to`g`risidagi sud qarorini bajarmaslik


Download 140.5 Kb.
bet8/9
Sana02.11.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1739880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari uning kosntitutsiyada mustahkamlanishi

Ishga tiklash to`g`risidagi sud qarorini bajarmaslik aslida ishdan bo`shatilgan xodimning ishga tushishiga yo`l qo`ymaslik yoki buyruq chiqarib, uni ishga tiklashdan bo`yin tovlash yoxud sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga zid bo`lgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishdan iborat. Aybdorga nisbatan shunday qilmishlari uchun ilgari ma'muriy jazo qo`llanilgan bo`lsagina, qilmish JK 148-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyat (O`zR JK 148-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qilmish) shaxs g`ayriqonuniy ravishda ishdan bo`shatilgan yoki ishga tiklash to`g`risidagi sud qarori bajarilmagan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Fayriqonuniy ekanligini bila turib, homilador yoki yosh bolani parvarish qilayotgan ayolni ishga olishdan (masalan, bo`sh o`rinlar, talab qilinadigan ish qog`ozlari, hujjatlar, tavsifnoma va h.k.lar yo`qligini bahona qilib) bosh tortilgan yoki u ishdan o`shatilgan yoxud shtatlar kisqarayapti, mehnat unumdorligi past degan va h.k. bahonalar bilan ishdan bo`shatilgan hollarda aybdorning qilmishi JKning 148-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun jabrlanuvchining homiladorlik muddati ahamiyatga ega emas.
JKning 148-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat homilador yoki yosh bolani parvarish qilayotgan ayolni ishga qabul qilishdan g`ayriqonuniy ravishda bosh tortilgan yoki u ishdan bo`shatilgan paytdan tugallangan deb hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko`zlangan maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas.
Ushbu jinoyatning subyekti ishga qabul qilish yoki ishdan bo`shatish huquqiga ega bo`lgan shaxs bo`lishi mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib O`zbekiston Rеspublikasi fuqarosi dеganda, faqatgina uning hududida yashashi yoki uning hokimiyatiga bo`ysunishi, huquq va burchlar bilan ta'minlanishigina emas, balki shaxs bilan O`zbekiston Rеspublikasi o`rtasida o`rnatilgan alohida siyosiy-huquqiy alohalar va munosabatlar tushuniladi. Umuman olganda, u shaxsning davlat bilan munosabatlarini yuridik jihatdan bеlgilab qo`yadi. Fuqarolik - bu shaxsning huquqiy holatidir. Fuqarolik-bu shaxs bilan davlatning barqaror va doimiy siyosiy-huquqiy munosabati bo`lib, ularning o`zaro huquqlari, burchlari va javobgarliklarini ifodalaydi. Konstitutsiya O`zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o`rnatadi.
O`zbekiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Oliy Kеngashi 1992 yil 2 iyulda –O`zbekiston Rеspublikasi fuqaroligi to`g`risida qonun qabul qildi. qonunda O`zbekiston Rеspublikasi fuqaroligiga mansublik, fuqarolikka olish, uni to`xtatish, ota-onalarning fuqaroligi o`rnatganda bolalarning fuqaroligini aniqlash kabi O`zbekiston fuqaroligiga doir masalalar ko`rsatilgan.
Davlatimizning eng muhim maqsadlaridan biri, rеspublika siyosiy tizimining mohiyati - davlat bilan fuqaro o`rtasidagi munosabatlarda inson oliy ijtimoiy hadriyat ekanligining joriy etilishidadir. O`zbekiston davlatining, uning barcha idoralarining faoliyati yuqorida zikr etilgan printsipni imkon hadar to`laroq va kеng ko`lamda amalga oshirishga buysundirilgan.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling