О`zbekistonda inson va fuqarolarning
Download 140.5 Kb.
|
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari uning kosntitutsiyada mustahkamlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-qismida
- JK 145-moddasining 3-qismida
Obyektiv tomondan JK 145-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o`tkazilishiga to`sqinlik qilishda ifodalanadi.
To`sqinlik qilish diniy muassasalar faoliyatining bajarilishiga yo`l qo`ymaslikda (masjid, cherkovlarning yopib qo`yilishi yoki diniy marosimlar, nikoh o`qitish, sunnat to`yi qilish, marhumni dafn etish va h.k.larning ado etilishiga to`sqinlik qiluvchi xatti harakatlarni sodir etish)da ifodalanishi mumkin. Diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilish fuqarolarning o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishi yoxud fuqarolik vazifalarini bajarishi yoxud diniy marosimlarni ado etishiga to`sqinlik qilish fuqarolarning sog`lig`iga shikast yetkazish bilan birgalikda sodir etilgan hollarda aybdorning qilmishi sog`liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar bilan birgalikda jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. JK 145-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni ado etishiga to`sqinlik qilingan paytdan boshlab tugallangan deb topiladi. Mansabdor shaxs o`z mansab mavqeidan foydalanib, diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o`tkazilishiga to`sqinlik qilgan hollarda, O`zR JKning 205-moddasi yoki 206-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ushbu moddaning 2-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat obyektiv tomondan voyaga yetmagan shaxslarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning xohish-irodasiga qarshi voyaga yetmaganlarni diniy ta'limotga o`qitishda ifodalanadi. Jalb etish deganda, voyaga yetmagan shaxslarning har xil usullar (aldash, moddiy manfaatdorlik, boshqa ne'matlarni va'da qilish va h.k. yo`llar) bilan diniy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishga ko`ndirishni tushunish lozim. JK 145-moddasining 3-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat obyektiv tomondan: 1) fuqarolarning o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlari yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to`sqinlik qiladigan tarzda faoliyat yuritishda; 2) majburlab pul yig`ish va dindorlarga soliq solish bilan birgalikda diniy faoliyat yuritishda; 3) shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini cheklovchi chora-tadbirlarni qo`llash bilan bog`liq holda diniy faoliyat yuritishda; 4) diniy bilim olishga majburlashda va fuqaro o`zining dinga nisbatan, e'tiqod qilish yoki e'tiqod qilmaslik, ibodat qilish, diniy urf-odatlarda va marosimlarda ishtirok etish yoki etmaslikka nisbatan munosabatini aniqlayotganida unga nisbatan tazyiq o`tkazilishida; 5) diniy marosimlar o`tkazilishini tashkil etish natijasida badanga yengil yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazilishida ifodalanadi. JK 145-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlar sodir etilgan paytdan boshlab yuz bergan oqibatlardan qat'i nazar, tugallangan deb hisoblanadi. Shaxsning badaniga yengil yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazilgan diniy marosimlar o`tkazilishini tashkil etish bundan mustasno. Bu hol ro`y berganida jinoyat aytib o`tilgan oqibatlar kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan deb hisoblanadi. Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling