Iqtisod va mehnat tarbiyasi


Download 125.5 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi125.5 Kb.
#1247956
  1   2   3
Bog'liq
Mehnat tarbiyasi.


Mehnat tarbiyasi.
Reja:
Kirish
1. Mehnat tarbiyasining mazmuni va tizimi.

2. O‘quvchilar mehnat tarbiyasining shakllari va metodi.


3. Sharq mutafakkirlarining mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mehnat- farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo‘lganligi sababli hamma fuqarolar uchun majburiydir.Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.Barcha tirik mavjudot nimanidir iste‘mol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom ettiradi. Yerda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib, parrandalargacha, suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydi. Xuddi shuningdek odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, odamlar kiyinadi, uy-joy qurishadi, savdo-sotiq qilishadi, kitob o‘qishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun boylik, ya‘ni tirikchilik manbai bo‘lgan pul kerak. Pul topish uchun, o‘zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari lozim. Mehnat jarayonidagina oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsalar yaratiladi. Mehnat inson hayotini sermazmun qiladi va boyitadi. Odamlar mehnat qilish jarayonida sog‘liqlarini mustahkamlaydilar, obro‘ orttiradilar va o‘z kelajaklarini yaratadilar.Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilar:
1.Mehnatning xilma-xil turlariga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash. Bu sifatlarni tarbiyalamay turib, mehnat tarbiyasini amalga oshirish mumkin emas.
2.O‘quvchilarda mehnatga ijobiy munsabatni tarbiyalash.
3.O‘quvchilarni mehnatga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
4.O‘quvchilarning kasblariga qiziqishini tarbiyalash va kasb tanlashga yordamlashish. Mehnat tarbiyasini mazmunini aniqlashda turli o‘quvchilar uchun differentsial yondashish lozim. Yoshlarga mehnat tarbiyasi berishda oila muhim rol o‘ynaydi. Oila yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlashda jamiyat oldida muhim vazifani bajaradi.
Pedagogika fani, maktab o‘quvchilarini, ota-onalarga Bolalarga mehnat tarbiyasi berishda yordamchi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi Bolalar hayotida o‘yin faoliyati mehnat tarbiyasida katta rol o‘ynaydi. Bolalarnio‘yinchoqlarni toza tutishlari yig‘ishtirishlari, sozlashlari kabilar ularni mehnatga o‘rgatadi. O‘yinchoqlardan Bolalar asta-sekin uy ishlarini bajarishga o‘tadilar. Avvalo o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar kiyimlari, oyoq kiyimlari, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlari kabilar. Keyin ro‘zg‘or yumushlarini bajaradilar: uyni yig‘ishtirish, o‘simliklar va hayvonlarga qarash, idish tovoqlarni yuvish, ota-onalariga yordamlashish. O‘z-o‘ziga xizmat va mayishiy mehnat Bolalarda ozodalik, buyumlarni saqlash, yordamlashishga intilish bajargan ishidan qanoatlanish kabilarni tarbiyalaydi.
2.Sharq xalqlari madaniy merosida mehnat tarbiyasi masalalari.
Ota-boBolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug‘lab kelishgan, o‘zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo‘lib qolgan barcha xazinalar-ilmiy-badiiy kitoblar, turli xildagi san‘at asarlari, me‘morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil Buhoriy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo‘lishga chaqirishgan. Shu boisdan jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo‘lgani kabi o‘zbek maqollarida ham mehnat va mehnatsevarlik g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. “Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz rohat”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan”, “Oltin o‘tda chiniqar, odam-mehnatda”, “Mehnat bilan qarisang, rahmat bilan yasharsan”, “Uzoq umr siri mehnatda” kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Mehnat hayot chirog‘i yog‘ quyib turadi. Mehnat bilan charxlanib turmagan kuch susayadi. Ishlamaslik har doim lanjlikni keltirib chiqaradi, lanjlikdan keyin esa nogironlik keladi. Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun Bolalarni juda kichik yoshidan boshlab mehnatga o‘rgatish zarur.
Mehnat tarbiyasi masalalari Markaziy Osiyolik mutafakkir olimlar va shoirlarning bizga meros bo‘lib qolgan ma‘rifiy asarlarida katta o‘rin olgan.
Masalan, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy mehnatsevarlikni chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. Mehnat kishini bezashini, uni har tomonlama kamol toptirishini yuksak ko‘tarinki ruh bilan madh etgan. Yoshlarni sidqidildan mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirgan. Sharq madaniyatining buyuk namoyandasi Mirzo Ulug‘bek ham yosh avlodga tabiat va uni muhofaza qilish, tabiat yaratgan ne‘matlarni tejab-tergab tasarruf qilish to‘g‘risidagi bilimlar berish kerakligini ta‘kidlagan. Yoshlar bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirishlari, o‘z fikr-mulohazalarining to‘g‘riligiga bevosita kuzatish orqali ishonch hosil qilishlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. Umuman, ma‘rifatparvarlar yoshlarning mehnat ta‘limi va tarbiyasi masalalariga alohida e‘tibor berib, turli asarlarida yoshlardagi qiziquvchanlik, tejamkorlik, do‘stlik va odamiylik kabi olijanob fazilatlar mehnat orqali vujudga kelishni g‘oyat ta‘sirchan shakllarda ifodalaganlar. Ular yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga, har kim o‘zi qiziqqan va o‘ziga munosib faoliyat bilan shug‘ullanishga da‘vat etganlar. Mehnatkash odam hech vaqt birovga qaram bo‘lib qolmaydi, degan fikrni ilgari surganlar.
Yoshlar mehnatsevar bo‘lib tarbiyalanishi bilan bir vaqtda inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni qadrlashga va uni uvol qilmaslikka chaqirilgan. Uvolning oqibati gunoh bo‘lishi ajoyib o‘gitlarda xalq og‘zaki ijodida ham keng o‘rin olgan. Mehnat faqat hayotiy zaruriyat va moddiy farovonlik manbai bo‘lib olmay, yoshlarda yaxshi xulq va ma‘naviy sifatlarni vujudga keltiradi; loqaydlik va beparvlik kabi illatlarni bartaraf etib, kishida quvonch va mamnunlik hislarini paydo qiladi. Odam dunyodagi hamma yaxshm narsalarga ega bo‘lsa-yu, lekin o‘zi mehnat qilmasa, u baxtli bo‘la olmasligi badiiy asarlarda ko‘ylangan; ezgu maqsadlarga erishishning eng muhim omili bo‘lgan mehnat tufayli mamlakatning gullab yashnashi mumkinligi qayd etilgan. Xullas mehnat tarbiyasi masalasi ma‘rifatparvarlar ijodida hamisha faxrli o‘rin tutgan. Ular yoshlarni jamiyat manfaati uchun ishlarga chaqirish bilan birga ustozlar va ota-onalarning mehnat tarbiyasi sohasidagi vazifalari nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatganlar.
O‘zbek ma‘rifatparvarlarining taniqli namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy yoshlarning birpor kasb bilan mashg‘ul bo‘lishini birinchi galdagi muhim ish deb hisoblagan. U “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida dangalik va yalqovlikni qoralab, harakatchanlikni olqishlab shunday yozgan: “Sihatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatimiz, butun hayotimiz harakatmizga bog‘liqdir. Harakatsiz kishilar har narsadan mahrum, doim boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lib xorlikda qolurlar. Shuning uchun Bolalarni hunar o‘rganishga chaqirib, qishilarni biror kasb bilan shug‘ullanishga undab, “yoshlar”... bu ko‘mirchilar, bu temirchilik menga munosib ish emas, deb dangasalik qilib ishsiz yursa, zo‘r ayb” hisoblanishini uqtirgan. Yoshlikdanoq biror hunar yo kasb etagini mahkam tutgan yigit-qizlar hayotdan o‘z o‘rinlarini topadilar, qoqilmaydilar.
Ota-bobolardan qolgan hikmatda “Bir yigitga qirq hunar oz” deyiladi. O‘sha hunarlardan ayrimlarini sanab o‘tamiz: duradgor, naqqosh, kulol, zargar, etikdo‘z, novvoy. Inson o‘zining Bolalik davridan boshlab mehnat qilishga o‘rganib, o‘ziga yoqqan biror kasbni egallab borishi va kelajakda mehnatsevar inson bo‘lib yetishmoq uchun harakat qilishi kerak. El-yurt orasida o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, qo‘lida guldek hunari bo‘lgan kishilarni odamlar ezozlab hurmat qiladilar. Ishning og‘ir-engili bo‘ladi-yu, ammo yaxshi-yomoni bo‘lmaydi. Bazilar qora mehnat deb jirkangan ishga siz sidqidillik bilan qo‘l ursangiz, u ish sizni o‘ziga shu qadar tortadiki, hayotingizni o‘sha ishsiz tasavvur etolmay qolasiz. Mehr va ishtiyoq bilan bajarilgan har qanday “qora”ish ham toza, ko‘ngilli, jozibador bo‘lib tuyuladi. Ko‘rganlar: “Qo‘li gul ekan, otasiga rahmat!” deb ketadi. Yaxshi inson haqida xayol qilganingizda,mehnat hayotining eng zarur ehtiyojiga aylangan kishi ko‘z oldimizga keladi. Har kuni, har daqiqa mehnat burchini kamtarlik bilan, kerilmasdan, vaqtini bekor o‘tkazmasdan bajarib kelgan odam chinakam yaxshi insondir.



Download 125.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling