6–mustaqil ishi


Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida klassik OT lar bajargan 6 ta asosiy funksiyalarni ajratishimiz mumkin


Download 0.66 Mb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1052128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mustaqil ishi operatsion tizimlar

Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida klassik OT lar bajargan 6 ta asosiy funksiyalarni ajratishimiz mumkin:

Har bir keltirilgan funksiyalar odatda OT tarkibidagi komponentalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq, OT komponenti sifatida yaratilgan emas, ular rivojlanish jarayonida yuzaga keldi. Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi (evolyutsiyasi) shu yo‘ldan ketdi, ammo hech kim bu yo‘l rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li deb isbot qilaolmaydi.

Linux operatsion tizimidan asosan dasturchi va tizim administratorlari foydalanganligi va ularning asosan buyruq qatorlari bilan ishlashga bo`lgan hohishlari sababli ko`pchilik xolatlarda Linuxda buyruqlar (qatorlari) foydalanuvchi grafik interfeyslaridan ko`ra ko`proq o`rganiladi. Windows operatsion tizimida esa aksincha, foydalanuvchilar bir nechta click (sichqoncha tugmasini bosish) orqali buyruqlarni tizimga kiritishga odatlanishgan. Aynan bu farqlanish har ikki operatsion tizimda fayllarni boshqarish jarayonida ko`zga tashlanadi.


Linux operatsion tizimida foydalanuvchilar buyruq kodlarini kiritish uchun Terminaldan foydalanadilar.Lekin kompyuter xotirasidagi axborot hajmining ortishi, o`z navbatida fayllar sonining ortishini anglatadi. Bu esa foydalanuvchi uchun fayllarni topish va boshqarishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu holatda foydalanuvchilar GUI –foydalanuvchi grafik interfeysini afzal ko`radilar. Grafik interfeys fayllarni boshqarishdagi tezkorlik va qulaylikni ta`minlab, foydalanuvchining tizimda ishlash samaradorligini oshiradi. Grafik interfeys orqali fayllarni boshqarish jarayoni Windows operatsion tizimida ko`rib o`tilishini inobatga olib, biz quyida Linuxning buyruqlar qatori orqali fayllarni boshqarish imkoniyatlari bilan tanishamiz.

1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling