6–mustaqil ishi


Terminalni ishga tushirish


Download 0.66 Mb.
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1052128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mustaqil ishi operatsion tizimlar

Terminalni ishga tushirish

Ubuntu launcherning qudiruv panelidan Terminalni (klaviatura orqali kiritiladi) qidirib, natijalardan terminal ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali terminalni ishga tushiramiz.

Terminal ishga tushganidan so`ng, ekranda quyidagicha oyna hosil bo`ladi.





  • Fayllar ro`yxatini taqdim etish - ls buyrug`i

ls – asosan fayllar ro`yxatini taqdim etish uchun ishlatiladi. U turli hil ko`rinishlarda qo`llanilishi mumkin, albatta ekranda aks etadigan natijalar ham turlicha bo`ladi. ls fayllarni topish uchun eng samarali buyruqlardan biri hisoblanadi. Faqat ls buyrug`ining o`zini ishlatish orqali fayllar ro`yxati shakllantiriladi.

va quyidagicha, hech qanday qo`shimcha ma`lumotlarsiz, faqat fayllar ro`yxatini ekranga chiqaramiz

Agar fayl haqidagi qo`shimcha ma`lumotlarni ekranga chiqarish kerak bo`lsa, u holda ls –l buyrug`idan foydalaniladi.



Ekranda aks etgan natija quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • Fayl katalogi;

  • Fayl o`lchami;

  • Fayl o`zgartirilgan sana va vaqt;

  • Fayldan foydalanishga vakolatli foydalanuvchilar va h.k.

Yashirilgan (yoki berkitilgan - hidden) fayllarni ko`rish uchun ls –a buyrug`ini kiritish zarur. Yashirilgan fayl nomlari “.” (nuqta) belgisi bilan boshlanadi.



Buyruq kiritilganidan so`ng ekranda quyidagicha fayllar ro`yxati aks etadi

Quyidagi jadvalda ls buyrug`ining ba`zi qo`shimcha turlari keltirilgan. Foydalanuvchilar odatda fayllar ro`yxatini shakllantirishda o`zlari uchun kerakli bo`lgan ko`rinishni ushbu ro`yxatdagi buyruqlarning ixtiyoriy birini kiritish yo`li orqali hosil qiladilar.





Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling