7- amaliy mashgulot asosiy vositalar hisobi mavzuning maqsadi


- mashq. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish


Download 64.45 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi64.45 Kb.
#1570711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-амалий маш

9.3.- mashq. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish


Xo‘jalikning hisob siyosatiga ko‘ra esa har bir asosiy vositaning o‘z ish faoliyatidan kelib chiqqan holda turlicha:

1. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligi umumiy foydalanishdagi bino va inshoatlarining (issiqxonadan tashqari) dastlabki qiymati 58650 ming so‘mni tashkil qiladi. Hisob siyosatida bino va inshoatlarga tugatish qiymati belgilanmagan. Shunigdek, ma’muriy bino va omborxonaga to‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblash belgilab qo‘yilgan. Bino va inshoatlarning 20% ma’muriy maqsadlarda 80% esa ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi. Hisobot yili uchun eskirish hisoblanmagan.


2. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligining «Keys» rusumli traktori mavjud bo‘lib, uning dastlabki qiymati 85000 ming so‘mni tashkil qiladi. Hisob siyosatiga ko‘ra uning tugutish qiymatini 6750 ming so‘m qilib belgilangan. Traktor 2016 yil yanvar oyida foydalanishga topshirilgan. Unga amortizatsiya hisoblashning kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalaniladi.
3. Xo‘jalikda yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasi mavjud bo‘lib, undan faqat yuk tashishda foydalaniladi. Xo‘jalik yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositasini 2010 yil aprel oyida sotib olgan edi. Uning dastlabki qiymati 65000 ming so‘mni tashkil etgan. Tugatish qiymati 3325 ming so‘m qilib belgilangan. Foydali ish xizmat hajmi esa 120000 km ni tashkil etadi. Hisob siyosatiga ko‘ra yuk tashish transportini bajargan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash usulini belgilab qo‘ygan. Hisobot davrida transport vositasi 2650 km yo‘lni bosib o‘tdi.
4. Xo‘jalikda tirkamalar, pluglar va tseyalkalar mavjud bo‘lib, ularning dastlabki qiymati 47350 ming so‘mni tashkil qiladi. Ularning tugatish qiymati 7850 ming so‘m qilib belgilangan. Hisob siyosatida amortizatsiya hisoblashning to‘g‘ri chiziqli usuli belgilab qo‘yilgan. Hisobot davri uchun eskirish hisoblanmagan.


Topshiriq:
1. «Nurli-Zamin» fermer xo‘jaligining asosiy vositalariga eskirish hisoblang.
2. Xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish daftarida xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuvda aks ettiring.

Download 64.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling