7 – Amaliy mashg‘ulot


“Переводчик Promt” dasturida ishlash


Download 0.91 Mb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239112
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 амалий

Переводчик Promt” dasturida ishlash


“Переводчик Promt” dasturi – bu dastur yordamida kompyuterda mavjud: *.std, *.rtf, ,*.txt, *.doc, *.dot, *.htm, *.html, *.pdf – formatli fayllarni ochib, ularni tо‘liq yoki qisman tarjima qilish mumkin. Bunda tashqari dastur yordamida klaviaturadan yoki almashish buferidan matnlarni kiritib tarjima qilish mumkin. Bu buyruq berilganda ekranda dasturning foydalanuvchi interfeysi paydo bо‘ladi. Quyidagi “Rasm 17.11”ga qarang.

Dasturning foydalanuvchi interfeysi quyidagi elementlardan tashkil topgan:



  1. Sarlavhalar satri – bu satrda dastur emblemasiga bog‘langan “Файл” menyusi, tez murojaat paneli, dastur nomi, hujjat nomi va dastur oynasini boshqaruvchi tugmalar keltirilgan;

  2. Lenta nomlari satri – bu satrda “Перевод”, “Настройка перевода”, “Правка”, “Сервис” va “Вид” kabi lenta nomlari va dasturda ishlash bо‘yicha yordamchi ma’lumot olish tugmasi keltirilgan.

  3. Lenta buyruqlari satri – bu satrda aktiv lenta buyruqlari keltiriladi. Rasm17.11 da “Перевод” lentasi buyrug‘lari kо‘rinib turibdi.

  4. Hujjat oynasi – bu oynada “Файл” menyusining “Открыть’ buyrug‘i yordamida ochilgan hujjat fayli matni, yoki klaviaturadan tergan matn, yoki almashish buferidan qо‘yilgan matn joylashadi.

  5. Tarjima hujjat oynasi – bu oynada tarjima qilingan hujjat matni joylashadi.

  6. “Настройка перевода” oynasi – bu oynada tarjima qilish jarayonini sifatli о‘tishini ta’minlaydigan sozlash ishlari bajariladi.

Rasm 11. “Переводчик PROMT” dasturini foydalanuvchi interfeysi

“Переводчик PROMT” dasturini yordamida hujjat matnini tarjima qilish uchun quyi quyidagi ishlar bajariladi:

Dasturning “Файл” menyusining “Открыть” buyrug‘i yordamida kerakli fayl ochiladi. Hujjat fayl ochilish jarayonida avval dasturning ichki formatiga konvertatsiya va tarjima mavzusini aniqlash maqsadida avtomatik ravishda tahlil qilinadi. Sо‘ng hujjat matnini hujjat va tarjima oynasiga ochib, ekranga “Автоматическое определение тематики” nomli muloqot oyna ochiladi. U yerdan kerakli tarjima mavzusini tanlab, “Выбрать” tugmasi bosiladi. Natijada hujjat matni tarjima qilinadi. So‘ng tarjima tekshirilib, tarjima kamchiliklari tо‘g‘rilanib, “Файл” menyusining “Сохранить\Перевод” buyrug‘i beriladi va ochilgan “Сохранить как” muloqot oynasiga fayl nomi yozilib “Сохранить” tugmasi bosiladi. Bunda tarjima fayl RTF formatida saqlanadi [4, 80-84 p].



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling