7 – Amaliy mashg‘ulot
Download 0.91 Mb.
|
7 амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariy ma’lumotlar
№7 – Amaliy mashg‘ulot
Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Tarjimon dasturlar – bu ma’lum bir muloqot tilida yozilgan matnni boshqa bir muloqot tiliga tarjima qilib beruvchi dasturlardir. Hozirgi kunda tarjimon dasturlarning imkoniyatlari kengayib, avtomatlashgan va avtomatlashtirilgan tarjima tizimlar tarkibiga kirdi. Avtomatlashgan tarjima tizimlari mashinali tarjimani asosini tashkil etadi. Mashinali tarjima – bu bir muloqot tilidagi ma’lumotni (matnli, ovozli) kompyuter texnologiyalari yordamida boshqa bir muloqot tiliga tо‘liq yoki qisman tarjima qilib beruvchi jarayondir. Avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari (Computer-Aided Translation) – bu ma’lum bir muloqot tiladagi matnni kompyuter texnologiyalari yordamida tarjima qilish tizimidir. Ularni mashinali tarjima tizimlaridan farqi bunda tarjima qilish jarayoni inson tomonidan boshqariladi, kompyuter insonga matnni sifatli tarjima qilishida yordam beradi xolos. “Tarjimon dasturlar nima uchun kerak?“ – degan savolga shunday javob berish mumkin:
Matnni umumiy mazmunini tezda tushunib olish uchun; Internetda kо‘p tilli ma’lumotlarni tezda tahlil qilib olish uchun; Katta hajmdagi bir mavzuga oid matnlarni tez tarjima qilish uchun; Sayt yaratishda saytni tarjima qilib beradigan funksiyasidan foydalaniladi; Chet ellik mijozlar bilan tezda aloqa qilish uchun; Katta hajmli matndan kerakli ma’lumotni uning lingvistik xarakteristikasiga tayanib ajratib olish, masalan matnda nechta marta kishilarning nomlari uchraydi va ular bilan qanday harakatlar bog‘langanligini aniqlash uchun; Shular kabi yana bir qancha holatlarda tarjimon dasturlar kerak bо‘ladi. Hozirda juda kо‘p zamonaviy mashinali tarjima tizimlari mavjud. Masalan: PROMT http://www.e-promt.ru/ Pragma http://www.trident.com.ua/ TRADOS http://www.trados.com/ DEJA VU http://www.atril.com/ Mashinali tarjima tizimlarining asosiy ishlash prinsipi quyidagicha: Tarjima qilish jarayoni ikkita ketma-ket bajariladigan amaldan tashkil topadi: 1) tarjima qilinadigan matn tahlil qilinadi, ya’ni matnning ma’nosi aniqlanadi; 2) sintez qilinadi, ya’ni chiquvchi tilda berilgan ma’noga mos sо‘zlar ketme-ketligi tuziladi. Mashinali tarjimada eng asosiy kо‘rsatkich tarjimaning sifati hisoblanadi. Bundan tashqari foydalanuvchilar uchun qulay interfeysda bо‘lishi, boshqa hujjatlarni qayta ishlovchi dasturlar bilan integratsiyalanib ketishi, “tema” tanlash mumkin bо‘lishi va qо‘shimcha lug‘at qо‘shish mumkin bо‘lish ham uning sifat kо‘rsatkichlari hisoblanadi. Internetning tashkil etilishi bilan mashinali tarjima tizimlarida Web interfeyslar qо‘shildi. Ular yordamida internet saytlarda, elektron pochtalarda va boshqa Internet tizmi elementlarida “online” tarjima qilish imkoni yaratildi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling