7 – Amaliy mashg‘ulot
PROMT tarjimon dasturi haqida boshlang‘ich tushunchalar
Download 0.91 Mb.
|
7 амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- PROMT Professional 9.0 dasturining foydalnuvchi interfeysi
- Перевод” menyusi elementlari
- Запуск приложений” menyusi
PROMT tarjimon dasturi haqida boshlang‘ich tushunchalar
PROMT tarjimon dasturlar seriyasi – Rossiyaning PROMT ( PROject MT) nomli kompaniyasi tomonida ishlab chiqariladi. Hozirda kompaniya tomonidan Windows, Linux, Mac OS, iOS, Android kabi operatsion tizimlarida ishlaydigan tarjimon dasturlar seriyalari ishlab chiqarilmoqda. Windows tizimi uchun quyidagi tahririyatdagi versiyalari mavjud: Rasm 1. PROMT dasturi versiyalri Bu tarjimon dasturlar hujjatlarni yuqori darajada sifatli tarjima qiliuvchi ishonchli mashinali tarjima tizimlaridir. Dasturlarni expert darajasida tо‘liq sozlash orqali tashkilotlar va korxonalar miqyosidagi hujjatlarni ham yuqori sifatli tarjimasiga erishish mumkin. Bundan tashqari bu dastrlar har xil formatdagi hujjatlarni, elektron pochtaga kelgan va jо‘natiladigan xatlarini, Web sahifalarni, MS Power Point formatidagi taqdimot (prezentatsiya) materiallarini avtomatik tarzda tarjima qilish imkonini beradi. Dasturni http://www.promt.ru/ –kompaniya saytidan “Demo-versiya”sini yuklab olish mumkin. Lekin bu versiyasini 30-kun ishlatish mumkin. 30 kundan keyin esa, uni sotib olishi kerak bо‘ladi. Bu yerda keltirilgan ma’lumotlar PROMT Professional 9.0 Giant versiyasi haqida bо‘lsada, lekin boshqa versiyalaridan shunday imkoniyatlar mavjud. PROMT Professional 9.0 Giant dasturi zamonaviy biznes kompaniyalarining ofis ishlari uchun yaratilgan bо‘lib, dastur MS Office dasturlar paketi, Internet Explorer va FireFox brauzer dasturlari, elektron pochtaga PDF-hujjatlar va ICQ chat dasturlari bilan integratsiyalanib ketadi, ya’ni bu dasturlarda ishlash davomida kerakli matnlarni tarjima qilish mumkin bо‘ladi. Masalan MS Word 2010 dasturida “Переводчик PROMT” nomli lenta hosil bо‘ladi. Quyidagi rasmga qarang. Rasm1. MS Word dasturida “Переводчик PROMT” lentasi PROMT Professional 9.0 dasturi yordamida quyidagi turli hujjatlarni sifatli tarjima qilish mumkin: MS Word, MS Excel va Power Point hujjatlari; Internet Explorer va Mozilla FireFox brauzerlarida; MS Outlook Express xabarlarida; ICQ – mesenjer xabarlarida. Bundan tashqari PROMT Professional 9.0 dasturi yordamida foydalanuvchi о‘zining lug‘atini, tarjima-xotira (Translation Memory) bazasini yaratish mumkin, shu bilan birga dastur imkoniyatlarini oshirish maqsadida tayyor lug‘atlardan, xotira-tarjima bazalardan va “online” lug‘atlardan foydalanishi mumkin. PROMT Professional 9.0 dasturi “inglizcha-ruscha”, “ruscha- inglizcha”, “nemischa-ruscha”, “ruscha-nemischa”, “fransuzcha-ruscha”, “ruscha- fransuzcha”, “ispancha-ruscha”, “ruscha-ispancha” va “italiyancha-ruscha” yо‘nalishlarda hujjatlarni tarjima qila oladi. PROMT Professional 9.0 dasturi ikki xil komplektatsiyada – “Англо-русско-английской” va “Гигант” sotuvga chiqariladi. “Гигант” versiyasi barcha yо‘nalishlarda tarjima qiladi. PROMT Professional 9.0 dasturining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: Hujjatni asl formatini saqlagan holda tarjima qiladi; MS Word, MS Excel, MS Power Point dasturlari oynasidan tarjima qilish mumkin; Muhim ma’lumotlarga tez murojaat qilish mumkin; Saytlarni ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilish mumkin; Chet tilida muloqot qilish; MS Outlook va ICQ xabarlarini tez tarjima qilish mumkin; Lug‘atlar sonini kо‘paytirish mumkin; Shaxsiy lug‘atlar tashkil etish mumkin; Multitran lug‘atlar bazasidan "онлайн" tarzda foydalanish mumkin; Tarjima sifatini oshirishga bag‘ishlangan 11000000dan ortiq maqolalardan foydalanish va ulardan kerakli sо‘zlar tarjimasini foydalanuvchi lug‘atiga qо‘shish kabi afzalliklarga ega. PROMT Professional 9.0 dasturining foydalnuvchi interfeysi Dasturni “Пуск\Все программы\PROMT\PROMT Professional 9.0” buy-ruqlar ketma-ketligi yordamida ishga tushiriladi. Dastur ishga tushganda kompyuter ekranida quyida kо‘rinishdagi bosh menyusi ochiladi: Rasm 2. PROMT Professional 9.0 dasturining bosh menyusi Bosh menyu quyidagi elementlardan tashkil topgan: “Перевести” tugmasi – bu tugmani bosish orqali matnni tarjima qilishga qaratilgan masalalar rо‘yxatini aks ettiruvchi “Перевод” menyusining muloqot oynasi ochiladi. “Настроить перевод” tugmasi – bu tugmasi yordamida ochilgan menyuda lug‘atlarni tahrir qilish, tarjima mavzusini tahrir qilish, tarjima-xotira tahrirlash va boshqa sozlash ishlari bajariladi. “Словари PROMT” buyrug‘i – bu buyruq yordamida dasturga yangi maxsus lug‘atlar qо‘shish mumkin. “Запустить приложения” tugmasi – bu tugma yordamida PROMT tarkibiga dasturlar rо‘yxati ochiladi. “My PROMT” tugmasi – bu tugma bosilsa Internetga ulanib, PROMT saytida rо‘yxatdan о‘tiladi va “online” dasturni о‘rgatuvchi kurslarni kо‘rishi, dasturni yangilashi, dastur bо‘yicha qо‘llab-quvvatlashlarga murojaat qilishi mumkin. “Руководство пользователя” tugmasi – bu tugmani bosib, dasturda ishlash bо‘yicha qisqa va tо‘liq ma’lumot olish mumkin. “О программе” tugmasi – bu tugma bosilsa, dastur haqida ma’lumot beruvchi axborоt oyna ekranda paydo bо‘ladi. “? Справка” tugmasi – dasturda ishlash bо‘yicha yordamchi ma’lumotlarni chiqaradi. “Показать все функции переводчиков PROMT” buyrug‘i – bu buyruq aktivlashtirilsa, bosh menyuning “PROMT NET” buyrug‘ini aktiv holatga о‘tadi. Bu buyruq tizim administratorlari uchun bо‘lgani uchun kо‘pincha aktivmas holatda bо‘ladi. “Выход” tugmasi – bu tugma dasturda ishni yakunlaydi. “Перевод” menyusi elementlari Bosh menyuning “Перевести” tugmasi bosilsa, ekranda quyidagi kо‘rinishdagi “Перевод” menyusi muloqot oyna paydo bо‘ladi: Rasm 3. “Перевод” menyusining oynasi “Перевод” menyusi yordamida quyidagi masalalar yechiladi: “Быстрый перевод” – bu buyruq yordamida hajmi unchalik katta bо‘lmagan matnlarni tez tarjima qilish masalasi bajariladi. Bu buyruq berilganda menyu oynasida “Перевод текста, набранного с клавиатуры или скопированного из буфера обмена” oynasi ochiladi. Quyidagi rasmga qarang. Rasm 4. Tez tarjima qilish oynasi Bu oynaning yuqori maydoniga matn yoziladi yoki xotiradan qо‘yiladi. Sо‘ng tarjima yо‘nalishi “Русско-Английский ” va tarjima leksikasi tanlanadi. “Перевести” tugmasi matnnni tarjima qiliadi. “Очистить” tugmasi matn yozish maydonini tozalaydi. “Перевести документ Word” – bu buyruq yordamida MS Word dasturida yozilgan hujjat matnini tarjima qilinadi. Buyruq berilganda ekranda quyidagi muloqot oyna ochiladi: Rasm 5. Word hujjatini tarjima qilish oynasi Bu yerda “Документ” maydoniga hujjatga yо‘l kо‘rsatiladi. Bunda “Обзор” tugmasini bosib, paydo bо‘lgan “Открыть” oynasidan kerakli Word hujjati fayli tanlanadi. Sо‘ng tarjima yо‘nalishi va mavzusi tanlanib “Перевести” tugmasi bosiladi. Bunda dastur avval Word hujjatni MS Word oynasida ochadi keyin tarjima qiladi. Agar tarjima qilishda xatolikga uchramasa tarjima matni MS Word oynasiga ochiladi. Agar xatolik bо‘lsa, uni MS Word oynasi yordamida tarjima qilish mumkin. “Перевести Web страницу” buyrug‘i – Web sahifalarni tarjima qiladi. Bunda kompyuterda Internet Explorer yoki Mozilla FireFox brauzerlarida biri bо‘lishi kerak. “Перевести пакет документов” buyurug‘i – bu buyruq yordamida bir qancha hujjatlar tо‘plamini tarjima qilishga berish mumkin. Buyruq berilganda ekranda “Пакетный переводчик файлов” oynasi ochiladi. Rasm 6. “Пакетный переводчик файлов” oynasi Oynaning “Файл” menyusi buyruqlari yordamida kerakli hujjatlar rо‘yxati ekranga chiqarib olinadi. Sо‘ng bu oynaning о‘ng qismidagi “Параметр” maydonidagi parametrlar: tarjima yо‘nalishi va mavzusi; Tarjima qilinadigan faylni formati; tarjima qilingandan keyin qayerga yozilishi va qanday formatda saqlanishi kabilar о‘rnatiladi. Barcha ishlar qilib bо‘lingandan keyin “Перевод” menyusi buyruqlari yordamida tarjima qilishga beriladi. “Перевести PDF документ” buyrug‘i – bu buyruq yordamida PDF-hujjatlar tarjima qilinadi. Buyruq berilganda bosh menyu oynasida quyidagi kо‘rinishdagi muloqot oyna paydo bо‘ladi: Rasm 7. “Перевод документа PDF” muloqot oynasi Muloqot oynaning “Документ” maydoniga PDF-hujjatga yо‘l kо‘rsatiladi, ya’ni “Обзор” tugmasini bosib, paydo bо‘lgan “Открыть” oynasidan kerakli PDF-hujjat fayli tanlanadi. Sо‘ng tarjima yо‘nalishi “Русско-Английский” va mavzusi “Информатика и вчт” tanlanib “Перевести” tugmasi bosiladi. Bunda dastur tarjima qilinishi kerak bо‘lgan PDF-hujjatni tahlil qilib, ekranga “Автоматическое определение тематики” muloqot oynasini chiqaradi, ya’ni: Rasm 8. “Автоматическое определение тематики” muloqot oynasi Bu muloqot oynadan 1-turgan tarjima mavzusini “Програмное обеспечение” tanlab, “Выбрать” tugmasi bosiladi. Bunda dastur PDF-hujjatni tarjima qilishni boshlaydi va natijani “Переводчик PROMT” dasturi oynasida kо‘rsatadi. Quyidagi rasmga qarang. Rasm 9. “Переводчик PROMT” dasturi oynasi Rasmdan kо‘rinib turibdiki, dastur oynasining chap qismida PDF-hujjat matni, о‘ng qismida uning “Ingliz” tiliga tarjimasi joylashgan. Bu hujjat tarjimasini dastur “znachogi” ni bosish orqali ochiladigan “Файл” menyusining “Cохранить\Перевод” buyrug‘i yordamida diskga saqlab qо‘yiladi. “Перевести e-mail” buyrug‘i – bu buyuruq yordamida “Outlook Express” pochta dasturi orqali keluvchi va ketuvchi elektron xatlarni tarjima qilish mumkin. “Перевести сообщения мессенджеров” buyrug‘i – bu buyruq yordamida ICQ-messendjer dasturida kelayotgan va chiqayotgan xabarlarni tarjima qilish mumkin. “Перевести презентация PowerPoint” buyrug‘i – bu buyruq yordamida MS Power Point dasturi hujjatlari tarjima qilinadi. “Перевести таблицу в Excel” buyurug‘i – bu MS Excel dasturi hujjatini tarjima qiladi. “Перевести документ OpenOffice” buyrug‘i - bu buyruq yordamida diskdagi mavjud OpenOffice hujjatlari tarjima qilinadi. “Запуск приложений” menyusi Bosh menyuning “Запуск приложений” buyrug‘i berilganda bosh menyu oynasida PROMT tizimi tarkibiga kiruvchi bir qancha dasturlar rо‘yxati keltirilgan oyna paydo bо‘ladi. Quyidagi rasmga qarang. Rasm 10. “Запуск приложений” muloqot oynasi Bu oynada 12 ta dastur mavjud bо‘lib ularning asosiy vaziflari quyidagilardan iborat:
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling