7 – amaliy mashulot ishlab chiqarish binolari va xonalari mikroiqlimini me’yorlashtirish


Download 19.24 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2023
Hajmi19.24 Kb.
#1449513
  1   2
Bog'liq
7-amaliy HFX


7 – AMALIY MASHULOT
ISHLAB CHIQARISH BINOLARI VA XONALARI MIKROIQLIMINI ME’YORLASHTIRISH.


Mashg‘ulotning maqsadi: Sanitar-gigienik me’yorlar bo‘yicha ishlab chqarish binolari va xonalarida havo almashtirishning maqsadi, vazifalari va turlari bilan tanishish. umumiy havo almashishini hisoblash
Korxonalarda havo muhitining tozaligi, yong‘in xavfsizligi, binolardagi mikroiqlim sharoitlarini sanitar – gigienik jihatdan o‘z me’yorida ushlab turish uchun ishchi binolardagi hosil bo‘ladigan zararli moddalarni tashqariga chiqarib tashlash, ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan ortiqcha issiq havo haroratini pasaytirish maqsadida tabiiy va sun’iy shamollatish tizimlaridan foydalaniladi. Sababi, zararli moddalardan tashqari, ayniqsa kimyoviy va metall ishlab chiqarish korxo-nalarida qo‘llaniladigan turli xil reaktorlar, pechlar, mashina-mexanizmlar, isitish asboblari va ishlov berialayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari ham binolardagi havo haroratini oshirishga olib keladi.
Ya’ni, shamollatish (ventilyatsion) tizimlarning vazifasi ishchi xonalardagi zararli moddalar miqdorini ruxsat etilgan kontsentratsiyagacha kamaytirish, bir vaqtda xona harorati, namligini gigienik mehyorlarda saqlab turishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish korxonalarining issiqlik, gaz va bug‘ ajralib chiq-maydigan tsexlarda sanitariya meyorlari (SM2245 – 71) ga asosan har bir ishchi uchun havo almashtirish 20 m3/s, deraza va darchalari bo‘lmagan xonalarda esa 40 m3 /sdan kam bo‘lmasligi lozim.
Bir soatda bitta ishchining o‘rtacha 300 litr havo bilan nafas olishini va bino ichida doimiy ishlovchilarning o‘rtacha soni hisobga olinib havoni almashtirish tezligi muvofiqlashtiriladi. Masalan, normal atmosfera bosi-mida 10 kishi ishlaydigan 50 m2 yuzali (balandligi 3 m) xonada 150 m3 havo hajmi bo‘ladi. 10 kishi uchun 1 soatda o‘rtacha 3000 m3 normal tarkibdagi havo kerak. Shunda binoning shamollatish tezligi o‘rtacha 30000 m3/soatni tashkil etish kerak.
Agar ishlab chiqarish binosidagi jarayonlar faqat issiqlik ajralib chiqishi bilan sodir boladian bolsa ortiqcha issiqlikni almashtirish uchun zarur havo miqdorini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
(8)
Bu yerda: Q – xonadan ajralib chiqayotgan issiqlikning umumiy miqdori
S–havoning solishtirma issiqlik xajmi, (S=1 kDj/kgK=0,24kkal/kg grad
t1 – xonadan chiqib ketayotgan havo harorati, 0S;
t2 – xonaga yuborilayotgan havo harorati, 0S; p – havo zichligi (1,2kg/m3).
Q=Q1+Q2+Q3+…Qt kkal/soat (9)
bu yerda: Q1–mexanik energiyaning issiqlik energiya aylanishi natijasida chiqayotgan issiqlik kattaligi; Q2–odamlardan chiqayotgan issiqlik; Q3 – quyosh radiatsiyasi issiqligi; Qn –boshqa manbalardan ajralib chiqayotgan issiqlik.
Bir soatda almashinadigan havo miqdorini havo almashinish karraligi asosida aniqlanadi. Havo almashinish karraligi deganda xona iqlimi, havo tarkbidagi zaharli moddalar, bug‘ miqdori me’yorida bo‘ishligi uchun bir soatda necha marta havo almashinishi tushuniladi va k xarfi bilan belgilanadi.
Bundan, 1 soatda almashinadigan havo miqdorini havo almashinish karraligi asosida aniqlash mumkin, L=kV
bu yerda: L- bir soatda almashinadigan havo miqdori. m3/s ;
k - havo almashinish karraligi;
V - ish xonasining hajmi, m3
Nisbiy namlik quyidagicha aniqlanadi:
(10)
Ishlab chiqarish bino va xonalaridagi nisbiy namlik sanitar-gigiyenik me'yorlar bo‘yicha 40-60 %ni tashkil etishi lozim. Lekin, ayrim texnoiogik jarayonlar vaqtida ma’lum miqdorda suv bug‘larining ajralib chiqishi xonaning nisbiy namligining me’yordan oshib ketishiga olib keladi. Bunday hollarda xona havosi namligi shamollatgichlar yordamida tog‘rilanadi. Nisbiy namlik psixrometrlar bilan o‘lchanadi.
Xona havosining nisbiy namligini kamaytirish uchun talab etiladigan shamollatgich ish unumdorligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
(11)
bu yerda: mi — suv bug‘lari hosil qiluvchi manbalar soni;
gi - har bir manbada hosil bo‘lgan suv bug‘lari miqdori, g/soat;
gi - ma’lum havo harorati va bosimida xona havosi tarkibidagi suv bug‘lari miqdori, gr/kg;
gt - ma’lum havo harorati va bosimida tashqi muhit havosi tarkibida suv bug‘lari miqdori, gr/kg;
gxi, - xona ichidagi maksimal suv bug‘lari miqdori, gr;
gxt - tashqi muhit havosi tarkibidagi maksimal suv bug‘lari miqdori, gr

Download 19.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling