7- amaliyot. О‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. Режа: Ўлчаш воситаларини метрологик аттестатлаш
Elektron chastotamerlarning qiyoslanishi
Download 49.17 Kb.
|
7 -amaliyot
3.Elektron chastotamerlarning qiyoslanishi.
Chastotani о‘lchovchi asboblarni ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlari metrologik ta’minotni talab qiladi. Ushbu ta’minotni amalga oshirish uchun ilmiy-texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi va birinchi navbatda, о‘lchashlar birliligini ta’minlash masalasi turadi. Texnik tadbirlarning asosiylari chastota о‘lchovchi vositalarning qiyoslanishi va ta’mirlanishidir. Chastota standarti bо‘lgan kvars generatorini qiyoslash uchun chastotaning rubidiyli standarti, chastota komparatori, elektron-hisobli chastotomer, selektiv voltmetr, spektr analizatoridan foydalaniladi. Chastotani о‘lchovchi о‘lchash vositalarini qiyoslashda ularni ikki guruhga bо‘lish mumkin. Birinchi guruhga chastota о‘lchovchi asboblarni, ikkinchi guruhga yuqori barqaror elektromagnit tebranishlarni ishlab beruvchi asboblarni kiritish mumkin. Birinchi guruh asboblari ularning kirishiga chastotasi yuqori barqaror bо‘lgan signallarni uzatish va о‘lchash xatoliklarini baholash orqali qiyoslanadi. Namuna chastotasining о‘rnatish xatoligi va barqarorligi о‘lchash vositasining о‘lchash xatoligidan kamida uch marotaba kam bо‘lishi kerak. Shunga kо‘ra chastotomerlarni qiyoslash uchun chastota standartlari, sintezatorlar, bо‘lgichlar, chastota kо‘paytirgichlar qо‘llaniladi. Chastotomerning о‘lchash xatoligi normativ-texnik hujjatlarda reglamentlangan nuqtalari uchun aniqlanadi. Ma’lumki, qiyoslash, asbob chastota diapazonining boshida, о‘rtasida va oxirida о‘tkaziladi. Ikkinchi guruhdagi chastota о‘lchovchi asboblar ular ishlatib bergan elektromagnit tebranishlarni namuna chastotasi bilan solishtirish asosida qiyoslanadi. Bunday asboblarni qiyoslash uchun chastota standartlari, namuna chastota signallari, qabullagichlar, ossillograflardir. Qiyoslashda quyidagi tadbirlar о‘tkaziladi: tashqi kо‘rik; ishlatib kо‘rish; chastotani о‘lchashdagi asosiy nisbiy xatolik aniqlanadi; sinussimon signalda davrni о‘lchashdagi asosiy nisbiy xatolikni aniqlash. Qiyoslash dasturida namuna va yordamchi qiyoslash vositalarining nomrо‘yxati kо‘rsatiladi. Ishlatib kо‘rish va о‘zini tekshirish asbobning normativ-texnik hujjatida keltirilgan tavsiyalar asosida amalga oshiriladi. “Uzluksiz hisob” rejimida hisoblagich va sanoq qurilmasining ishi tekshiriladi. Yordamchi generator yoki chastota sintezatoridan elektron-hisobli chastotamer kirishiga 1 Gs chastotali kuchlanish beriladi va oxirgi 1 va 0 yorug‘lik tablosida oxirgi razryadning ketma-ket yonishi kuzatiladi. Chastotani 10, 100, 1000 marta oshirib, oldingi razryadlarning ketma-ket kо‘rsatishi tekshiriladi. Chastotani о‘lchash rejimida asbob kirishiga yordamchi generatordan chastotasi 20 Gsdan ortiq bо‘lmagan sinussimon signal beriladi, sо‘ngra, signalning bir davri о‘lchanadi. О‘lchangan qiymat generatorda о‘rnatilgan davr bilan solishtiriladi. Chastotani о‘lchashdagi asosiy nisbiy xatolik signal chastotasini bevosita о‘lchash usuli asosida amalga oshiriladi. Bu signalni 3.3-rasmda keltirilgan qiyoslash sxemasidagi namuna vositalar shakllantiradi. Kvars generatorining chastotasi etalon chastotalar qaabullagichi “QQ” chiqishida yoki rubidiyli chastota standarti “CHSt”dan chiquvchi signal bilan muttasil ravishda nazorat qilinadi. Chastota sintezatori yoki kо‘paytirgich “K” yordamida kvars generatorining chastotasi elektron-hisobli chastotomer kirishiga uzatish darajasidagi signalga aylantiriladi. Qiyoslash elektron-hisobli chastotamerning 0,8-1,0ga teng bо‘lgan maksimal ishchi chastotasida bajariladi. О‘lchash natijasi nisbiy xatolik bilan baholanadi: δf = (f - f0) / f0 bu yerda: f – chastotaning о‘lchangan qiymati; f0 – namuna о‘lchash vositasi yordamida о‘rnatilgan qiymat. δf ning о‘nta aniqlangan qiymatidan tо‘qqiztasining qiymati qiyoslanayotgan asbobning texnik tafsiloti keltirilgan meyorlangan xatolik qiymatidan ortib ketmasligi kerak. Qiyoslanayotgan elektron-hisobli chastotamerning kvars generatori chastotasining asosiy nisbiy xatoligini bu chastotani namuna о‘lchov bilan solishitirib aniqlashga standart yо‘l qо‘yadi. Solishtirishni chastota komparatori yordamida “CHK” yoki “Oss” ossillografda Lissaju figuralari bо‘yicha amalga oshirish mumkin. Agar qiyoslash natijasida aniqlangan chastotani о‘lchashdagi yо‘l qо‘yiladigan xatolik yoki kvars generatori chastotasining asosiy xatoligi ushbu pribor uchun yо‘l qо‘yiladigan qiymatlardan 0,1 oshsa, chastotamerning kvars generatori sozlanadi va о‘lchash xatoligi qaytadan aniqlanadi. ESQ – etalon signallar qabullagichi RCHS – rubidiyli chastota standarti KG – kvars generatori CHS – chastota sintezatori K – kо‘paytirgich CHK – chastota komparatori Oss – ossillograf EHCH – elektron-hisobli chastotamer f0 – namuna chastota Download 49.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling