7- amaliyot. О‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. Режа: Ўлчаш воситаларини метрологик аттестатлаш


Download 49.17 Kb.
bet3/3
Sana20.10.2023
Hajmi49.17 Kb.
#1712203
1   2   3
Bog'liq
7 -amaliyot

О‘lchash vositalarini kalibrlash.

О‘V kalibrlashning asosiy maqsadlari:



  • О‘V ni о‘lchov yoki namuna О‘V bilan solishtirish asosida ekspluatatsiyaga yaroqliligini aniqlash;

  • О‘lchash qurilmasiga bog‘lik bо‘lgan boshka о‘lchashlar tо‘g‘risida xisobot olish;

  • О‘lchash qurilmasi bо‘yicha xisobotning aniqligini tekshirish;

  • О‘lchash qurilmasining ishonchli ishlashini taminlash.[2]

Kalibrlash labaratoriyalari SI (System International d’unites) xalkaro birliklar tizimi tomonidan joriy etilgan kalibrlash va о‘lchashlarni tekshirib turishni ta’minlovchi taqoslovchi qurilma bilan jixozlangan bо‘lishi shart. [ 3]
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qо‘llaniladigan О‘V ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi.
О‘Vni birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta’mirlashda turi tasdiqlanmaydigan О‘V tortiladi. О‘V kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlangan bо‘lishi kerak.
Akkreditlash О‘zstandartning hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi о‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik – О‘z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bо‘yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan subyektlarning huquqlari va majburiyatlari О‘z RST 8.018-97 da belgilangan. Bu standartning qoidalari О‘z KT da akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, О‘z KT ga kirgan akkreditlash va boshqa idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi.
О‘V ni kalibrlash – О‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qо‘llanilmaydigan sohada о‘lchashlar birliligini ta’minlashga yо‘naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va о‘tkazishga о‘rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi subyektlar majmui.
Kalibrlash tо‘g‘risidagi sertifikat – О‘lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida о‘lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg‘a.
О‘z KT О‘zbekiston Respublikasida о‘lchashlar birliligini ta’minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bо‘lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va о‘tkazishda о‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimida о‘rnatilgan meyorlar va qoidalarga rioya qilinishini kо‘zda tutadi.
О‘z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi:
– tizimga ixtiyoriy ravishda kirish;
– kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish;
– davlat etalonlaridan va boshlang‘ich о‘lchash vositalaridan birliklarning о‘lchamlarini kalibrlanuvchi о‘lchash vositalariga majburiy berish.
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari:
– akkreditlovchi idoralarni rо‘yxatga olish;
– metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash;
– о‘lchash vositalarini kalibrlash;
– О‘z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini о‘rnatish;
– О‘z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash;
– akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda talablarga rioya qilinayotganligini inspeksion tekshirish.
Metrologiya bо‘yicha Milliy idora (О‘zstandart Agentligi), SMS ITI, hududiy SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, о‘z vazifalarini ushbu hujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi О‘z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi.
О‘z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan:
– О‘z KT ning Markaziy idorasi;
– О‘z KT ning Kengashi;
– О‘z KT ning akkreditlash idoralari;
– kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari.
Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari:
– О‘V ni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi;
– kalibrlash ishlarini о‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bо‘lishini ta’minlaydi;
– kalibrlash ishlarini о‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va normativ hujjatlar jamg‘armasini shakllantiradi va rivojlantiradi;
– normativ hujjatlarning о‘lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi;
– kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi;
– kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bо‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bо‘ladi:
– korxonalarda kalibrlanishi lozim bо‘lgan О‘V ning holatiga;
– bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga;
– korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga;
– kalibrlash intervallarining tо‘g‘ri о‘rnatilganligiga.
О‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi о‘z belgisiga ega. Bu belgining shakli va о‘lchamlarini mstrologiya bо‘yicha milliy idora tasdiqlaydi. О‘z KT ning belgisi blanklarga, shtamplarga, shuningdek О‘z KT ning boshqa hujjatlari va obyektlariga tamg‘alab bosiladi. О‘z KT ning belgisini tamg‘alash (qо‘llanish) joyi va tartibini О‘z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi.
Download 49.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling